Талаб, таклиф, бозор мувозанати



Download 17,97 Kb.
bet2/2
Sana06.01.2022
Hajmi17,97 Kb.
#323933
1   2
Bog'liq
2iqtisodiyot

2 Elastiklik — jismga taʼsir etuvchi kuchlar olinganda uning avvalgi geometrik oʻlchamlarini tiklash xususiyati. Jismlarning E.gi ularni tashkil qiladigan atomlar (molekulalar) ning taʼsir kuchlari (ichki kuchlar) mahsulidir. Ichki kuchlar normal va urinma kuchlarga boʻlinadi. Normal kuchlar atomlar orasidagi masofaga bogʻliq. Ular atomlarni yaqinlashtiruvchi yoki uzoqlashtiruvchi boʻladi. Urinma kuchlar atomni boshqa atomlar bilan tutashtiruvchi toʻgʻri chiziqlar orasidagi burchaklarga, jismning energiyasi atomlari orasidagi masofalarga va yuqorida aytilgan burchaklarga bogʻliq. Tashqi kuchlar taʼsir etmasa, qattiq jismlarda mutlaq nol trada atomlar muvozanat holatini egallaydi, yaʼni har bir atomga taʼsir etuvchi kuchlarning yigʻindisi nolga teng , atomning potensial energiyasi minimum qiymatda boʻladi. Tashqi kuchlar taʼsirida atomlar muvozanat holatidan chiqib, jismning potensial energiyasi ortadi (rasmga q.). Bu ortish miqdori jismning hajmi va shakli oʻzgarishi (deformatsiya) uchun tashqi kuchlar bajargan ishga teng . Tashqi kuchlar olib tashlanganidan keyin atomlari muvozanat holatidan chiqib, elastik deformatsiyalangan jismning hajmi va shakli nobarqaror boʻlib qoladi va oʻz-oʻzidan avvalgi muvozanat holatiga qayta boshlaydi (atomlar muvozanat holati atrofida tebranadi). Jismda toʻplangan ortiqcha potensial energiya tebranuvchi atomlarning kinetik energiyasiga, yaʼni issiqlikka aylanadi. Atomlar orasidagi masofa va burchaklarning oʻzgarishi ularning muvozanat holatlaridagidan kam farq qilsa, bu oʻzgarishlar atomlar orasidagi taʼsir etuvchi kuchlarga mutanosib (proporsional) boʻladi. Bu hol xuddi prujinaning qanchalik koʻp yoki kam choʻzilishi yoki siqilishi unga qoʻyilgan kuchga mutanosib ekanligiga oʻxshaydi. Shu sababli, jismni shartli ravishda prujinalar bilan atomlar toʻplami deb faraz qilish mumkin. Jismning E.ligini ifodalovchi konstanta materialning elastiklik modulini aks ettiradi. Jismning elastik deformatsiyasi unga taʼsir etuvchi kuchga bogʻliq boʻlib, elastiklik nazariyasi fanining asosi boʻlgan Guk qonunita. boʻysunadi.

Tashqi kuchlarni taʼsir ettirish va olish oʻrniga faqat trani (erish trasidan past tragacha) oʻzgartirsak ham jismning atomlari muvozanat holati atrofida kichik amplituda bilan tebrana boshlaydi, yaʼni issiqlik atomlarning kinetik energiyasiga aylanadi. Bu hol materialning elastiklik moduli oʻzgarishiga olib keladi, ammo jarayonlarning asl mohiyatiga taʼsir etmaydi.

Suyuqliklarda atomlarning issiqlikdan tebranish amplitudasi muvozanatdagi atomlar orasidagi masofalarga teng boʻladi, natijada atomlar oʻz joylarini osongina almashtiradi va issiqlikdan tebranish tezligiga qaraganda ancha kam tezlik bilan taʼsir qilayotgan urinma kuchga qarshilik koʻrsatmaydi. Shu sababli, suyukliklar va gazlar shakl E.ligi xususiyatiga ega emas.

Gaz holatidagi moddalarning atomlari yoki molekulalari orasidagi masofa ularning siqilgan (yaʼni suyultirilgan) holatidagidan ancha katta boʻladi. Gazlar (bugʻlar)ning E.ligi gaz molukulalarining gaz hajmini chegaralagan idish devoriga urilishi bilan aniqlanadi.

Jismlar va materiallarning E. xossasini bilish ularning xususiyatlarini oʻrganishda, ulardan mahsulotlar tayyorlashda, kiyimboshlar tikishda, ularni binolar va inshootlar qurishda ishlatishda juda muhim hisoblanadi.

3.


4. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi.

Oldingi boblarda iqtisodiy sub’ektlarning o’zaro manfaatlarini eng samarali tarzda muvofiqlashtiruvchi bozor mexanizmi to’g’risida so’z yuritgan edik. Unda mazkur mexanizmning amal qilishini ta’minlovchi asosiy unsuri sifatida talab va taklif ko’rsatilgan edi.

Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o’rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o’rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu erda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o’rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.

Shuningdek, bobning yakunida talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo’nalishlardan biriga aylangan iste’molchi hatti-harakati nazariyasi bilan tanishib chiqamiz.

1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir

qiluvchi omillar. Talab qonuni

Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.

Ehtiyojning faqat ‘ul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ‘ul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ‘ul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.

Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.



Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.

Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab
Download 17,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish