SHKNING FUNKCIONAL-STRUKTURALI
TASHKIL ЕTILISHI
SHAXSIY KOMPYUTERNING ASOSIY BLOKLARI VA
ULARNING VAZIFALARI
Shaxsiy kompyuterning strukturali tuzulish sxemasi 14-rasmda keltirilgan.
Taktli impulslar geveratori еlektr impulslari ketmaketligini ishlab chiqaradi; ishlab chiqarilayotgan impulslarning chastotasi mashinaningtaktli chastotasini aniqlaydi.
14-rasm. SHaxsny kompo�sherniyag strukgurayan sxemasi.
Qo�shni impulslar orasidagi vaqt oralig�i mashina ishining bitta takti vaqtini yoki oddiygina, mashina ish taktini aniqlaydi.
Mikroprocessor
Mikroprocessor (MP) SHK ning markaziy bloki bo�lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo�ljallangan.
M ikroprocessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni ЕHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) � sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo�ljallangan (SHK larning ba�zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo�shimcha matematik soprocessor ulanadi).
Mikroprocessorli xotira (MPX) � mashina ishlashining еng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo�ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta�minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprocessorning samarali ishlashi uchun kerak bo�lgan ma�lumotni yozish, qidirish va o�qish tezligini har doim ham ta�minlayvermaydi. Registrlar � turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka еga bo�lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o�laroq,).
Mikroprocessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo�ljallangan, u o�z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli еslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP),boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |