Doimiy qorlar deb, bir yil davomida erimaydigan qorlarga aytiladi. Doimiy qorlar baland tog‘larda paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda doimiy qorlar odatda, 3800 m.dan balandda hosil bo‘ladi. SHamol doimiy qorlarni uchirib, tog‘ning past joylariga to‘playdi. Yillar o‘tishi bilan katta miqdordagi qor massalari muzliklarni hosil qiladi. Muzliklar erning tortish kuchi asosida tog‘ tepasidan pastga harakatlanadi.
Bundan tashqari, tabiiy gidrografik ob’ektlarga buloq, sharshara (shovva) va h.k.lar kiradi. Ular karta masshtabiga to‘g‘ri kelmaydigan shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |