Rekognossirovkada quyidagilar aniqlashtiriladi:
batalon TKP ning o‘rni;
mudofaa harakatlari boshlangunigacha batalon TEGning (Ta’mirG) joylashish o‘rni;
tabiiy pana joylarning mavjudligi va shikastlangan mashinalarni tiklashda ulardan foydalanish imkoniyatlari;
mudofaaning oldingi chizig‘idan shikastlangan mashinalarni evakuatsiya qilish uchun qulay va afzal yo‘llari.
Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va texnikasini batalonnning TEGi (Ta’mirG) tarkibida harakatlanish uchun tayyorlashga, o‘q-dorilar, ZTMM zahiralarini to‘ldirishga, texnik ta’minotni boshqarishni tashkillashtirishga, bo‘lajak jangda shtatli va qo‘shib berilgan kuch va vositalarning yashovchanligini oshirishga alohida e’tibor beradi.
Dushman bilan bevosita to‘qnash kelgan holatdan mudofaaga o‘tishda batalon (vzvod) komandiri, mudofaaga o‘tish to‘g‘risidagi buyruqni olgach, ko‘rsatilgan (qulay) marrani egallash va mustahkamlashni tashkillashtiradi. Marrani mutaxkamlash davomida u qaror qabul qiladi, bo‘ysunuvchilariga va qo‘shib berilgan bo‘linmalarga vazifalar qo‘yadi, o‘zaro hamkorlik va o‘t ochish tizimini, bo‘linmalar boshqaruvini tashkillashtiradi, jangni har tomonlama ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi, jumladan texnik ta’minot bo‘yicha xam, mudofaa rayonini (tayanch punktini) muhandislik jihozlashni tashkillashtiradi.
Bunday sharoitda batalon komandirining texnik ta’minotni tashkillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalari o‘ta qisqa bo‘lishi lozim. Unda: bo‘linmalarda o‘q-dorilarni to‘ldirish va tenikalarga yoqilg‘i quyish tartibi; qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish xajmi, navbati va muddatlari; texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish vaqtida jangovar shaylikni ta’minlash choralari; o‘zining va qo‘shib berilgan texnik ta’minot bo‘linmalarining joylashgan o‘rinlari ko‘rsatiladi.
Batalon komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining batalon komandiridan ko‘rsatmalar olganidan keyingi ishining mazmuni va tartibi aniq vaziyatga bog‘liqdir.
Mudofaaga o‘tish davrida dushman atakalarini qaytarish chog‘ida batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari TKPda turib bo‘linmalarning jangovar tartiblarini kuzatadi, safdan chiqqan mashinalarni zudlik bilan ta’mirlash va evakuatsiya qilish choralarini ko‘radi.
Ataka qaytarib bo‘lingach komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifasi, qisqa fursatlarda bo‘linmalarning qurol-aslaha va harbiy texnikasini jangovarlik qobiliyatini tiklash va ularni dushmanning qayta atakasini qaytarishga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari va vzvodlarning texniklari bo‘linmalarga qaytib ketishadi, qurol-aslaha va harbiy texnikani ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan nosozliklar va shikastlanishlarni shtatli va qo‘shib berilgan texnik ta’minot kuch va vositalarini jalb etgan holda ekipajlarning (raschetlarning) kuchi bilan bartaraf etishni tashkillashtiradilar.
Keyinchalik, dushmanning faolligi pasaygani sari, komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalon komandirining ko‘rsatmalari va xizmat bo‘yicha katta boshliqning farmoyishlari asosida yuzaga kelgan taktik va texnik vaziyatni hisobga olgan holda, zarur texnik ta’minot tadbirlarini ko‘rsatilgan vaqtda bajarilishini tashkillashtiradi. Komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari doimo vaziyatni kuzatib borishi, qurol-aslaha va harbiy texnikani texnik holatini, ularni o‘q-dorilar, yoqilg‘i va moylash materiallari bilan ta’minlanganligini, texnik ta’minot kuch va vositalarining holatini, zirxlitank mol-mulki zahiralarining mavjudligini bilishi va batalon komandirining ko‘rsatmalarini o‘zining vzvod komandirlariga texnik ta’minot bo‘yicha farmoyishlari bilan to‘ldirishga tayyor turishi kerak.
Agarda vaziyat taqozosi bilan farmoyish berish uchun bo‘ysunuvchilarni yig‘ishning imkoni yo‘q bo‘lsa (ko‘p uchraydigan xodisa), bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari uni bo‘ysunuvchilarga shaxsiy muloqot chog‘ida, simli aloqa tarmog‘i va radiotarmog‘ orqali uzatish yo‘li bilan etkazadi.
Mudofaa jangida texnik ta’minotni tashkillashtirish bo‘yicha o‘z qarorini komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari batalon komandiri o‘tkazadigan rekognossirovka davomida aniqlashtirishi mumkin.
Dushman bilan bevosita to‘qnashuv holatida mudofaaga o‘tishda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatilgan (qulay) marrada mustahkam o‘rnashib, o‘t ochish pozitsiyalarini tayyorlab, mudofaa rayonini (tayanch punktini) muhandislik jihatidan jihozlab bo‘lgach qorong‘i tushgach o‘tkaziladi. (Agar dushman jangovar harakatlar olib bormayotgan bo‘lsa, texnik xizmat ko‘rsatishni vaqtliroq boshlash ham mumkin).
Birinchi navbatda jangovar mashinalar o‘q-dorilar va yoqilg‘i bilan to‘ldiriladi; qurol-aslaha, mo‘ljallash va kuzatish asboblarining sozligi va qo‘llashga shayligi, qurol-aslaha va harbiy texnikaning ehtiyot qismlar, asboblar, ashyolar va boshqa tabel vositalari bilan butlanganligi tekshiriladi va ularni to‘ldirish tashkillashtiriladi; shundan so‘ng rostlash ishlari bajariladi, agregatlar va uzellarni mahkamligi tekshiriladi, kichik nosozliklar bartaraf etiladi va h.k.
Qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish ekipajlar (raschetlar, haydovchilar) tomonidan, mashinalar va guruhlar komandirlarining bevosita boshchiligida o‘tkaziladi. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va nosozliklarni bartaraf etishda ekipajlarga yordam ko‘rsatish uchun bo‘linmalarga, batalon va harbiy qismning kuch va vositalari ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari bilan ajratiladi.
Har qanday holatda ham qurol-aslaha va harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarning dushmanni qo‘qqisdan qiladigan atakasini qaytarishga shayligini ta’minlovchi choralarga rioya etgan holda o‘tkazilishi kerak.
Qurol-aslaha va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish ishlari birinchi navbatda mashinalarning jangovarlik qobiliyatini tiklash bilan bog‘liq ishlarni o‘tkazgan holda amalga oshiriladi.
Qurol-aslaha va harbiy texnikalarning jangovarlik qobiliyatini pasaytiruvchi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha ishlar (harakatni boshlashda oldin o‘tkaziladigan nazorat ko‘rigi vaqtidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etuvchi operatsiyalar), vzvodlar (guruhlar) bo‘yicha, zarur holda jangovar mashinalarning uchdan ikki qismi dushmanni qaytarishga shay bo‘lishini ta’minlagan holda o‘tkaziladi.
Bo‘linmalarning texniklari bo‘linmaning mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ekipajlarga yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan batalonning (harbiy qismning) ko‘chma xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vositalarining ishlariga umumiy rahbarlik qiladilar, texnik yo‘riqnomalar berish, murakkab rostlash va sozlash ishlarini bajarishda shaxsan qatnashish yo‘li bilan ekipajlarga yordam ko‘rsatadilar. Belgilangan vaqtda u bo‘linma komandiri va batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga mashinalarning holati va bajarilgan ishlar haqida bildiruv beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |