Guruhning jangovar tarkibi qo‘yilgan vazifa va joydagi shart-sharoitlar bilan bog‘liq ravishda tuziladi. Motoo‘qchi guruhlari seksiyalarining pozitsiyalari (3-rasm) odatda, bitta xandaqda chiziq bo‘ylab joylashtiriladi.
Tank guruhining jangovar tarkibi burchagi orqaga yoki oldinga qaratilgan holda, yon tomondan hujum qilish xavfi bo‘lganda esa o‘ngga yoki chapga moyil holatda tuziladi (4-rasm).
Motoo‘qchi guruhning mudofaadagi tarkibi (variant).
Mudofaadagi tank guruhining jangovar tarkibi (variant).
Piyodalarning jangovar mashinasi va tanklar guruhning tayanch punktida front bo‘ylab va ichkari tomonga qarab piyodalarning jangovar mashinalari orasida 150 m va tanklar orasida 200 m oraliqni saqlagan holda joylashtiriladi. Ular uchun o‘t ochish pozitsiyalari joyning sharoitlarini hisobga olib tepaliklarning oldi va ortidagi qiyaliklarida shu tarzda tanlanadiki, bunda dushmanni kuzatish va to‘plardan, pulemyotlardan va tankka qarish boshqariluvchi raketalardan to‘g‘ri nishonga olish orqali eng uzoq masofaga o‘t ochish, o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlash va tayanch punktining oldingi marrasi va yon qanotlarida bir nuqtaga jamlangan o‘t ochishni olib borish hamda aylanma mudofaaga, o‘t ochish vositalarining yashirin joylashtirilishi va niqoblanishi ta’minlanishi kerak.
Bronetransportyorlar, odatda, pulemyotlardan ko‘proq yon qanotlar va oraliqlar tomon o‘t ochish imkoniyatini ta’minlash uchun tayanch punktining ichkarisida o‘t ochish pozitsiyalarini egallaydilar.
Motoo‘qchi guruhga biriktirilgan ognemyotlar seksiyasi seksiyalarning pozitsiyalarida, kuchaytirish vositalari — granatomyot va pulemyot raschyotlari (seksiyalari) ularning oraliqlarida yoki guruh tayanch punktining yon tomonida joylashtirilishi mumkin. Bu raschyotlar (seksiyalar) ning jang davomida eng xavfli yo‘nalishlarda hamda aylanma mudofaani uyushtirish davomida manyovr qilish imkoniyati ko‘zda tutiladi.
Guruhning tayanch punktida va uning qanotlarida guruh komandiriga bo‘ysundirilmagan holda tanklar o‘t ochish pozitsiyalarini egallashlari mumkin. Guruh komandiri mazkur vositalarning vazifalarini yaxshi bilishi va ular bilan yaqin, jips o‘zaro hamkorlikda bo‘lishi lozim.
2.2.Mudofaaga qo‘yilgan talablar va uning xususiyatlari
Mudofaaga qo‘yilgan talablar - bu quyilgan maqsadlarga erishishni ga’minlash uchun u ega bo‘lish kerak bo‘lgan asosiy sifatlar (xususiyatlar)dir. Mudofaa turg‘un va faol bo‘lishi, barcha qurol turlari zarbalariga, dushmanning havo desanti, aeromobil, havo qiruvchi-razvedka guruxdari madadidagi kuch jihatdan ustun bo‘lgan hujumiga qarshi tura olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Mudofaaning mustahkamligi deganda uni dushman zarba-lariga, barcha yakson etish vositalari bilan qarshi tura olishi, kuch jihatdan ustun bo‘lgan dushman hujumini qaytarishi va hududning muhim rayonlarini qag’iy saqlab turishi hamda dushman fuppirovkalari mudofaani yorib kirganda ularni yakson etish qobiliyati tushunila-di. Mudofaaning faolligi - dushmanni barcha o‘t ochish vositalari bilan to‘xtovsiz yakson etish, dushmanga o‘z xohish irodasini o‘tkazish, unga jang olib borish uchun noqulay sharoitlarni yaratish, o‘t ochish, kuch va vositalar bilan manyovrlar o‘tkazish hamda shiddatli qarshi hujumlar o‘tkazish bilan ifodalanadi.
Mudofaaning mustahkam va faol bo‘lishi talablari o‘zaro bog‘likdir va ularning bajarilishiga quyidagilar bilan erishiladi:
mudofaada turgan bo‘linmalarning dushman hujumini qaytarishdagi chidamlshshgi, matonati, qagiyligiva ularning yuksak ruhiy holati bilan;
mohirona tashkillangan mudofaa va o‘t ochish tizimi orqali;
dushmanni uzluksiz razvedka qilish;
tayanch punkti (o‘t ochish pozitsiyasini) puxta yashirish;
hududning qulay sharoitlari va uning muhandislik jihatdan jihozlanganligidan mohirlik bilan foydalanish bilan;
ommaviy qirgin qurollari ta’siridan himoyalanish bo‘yicha tadbirlarni bajarish orqali;
jangovar harakatlarni, shuningdek, to‘la qurshov sharoitida ham olib borishga shaxsiy tarkibni har tomonlama ta’minlashga tayyorlash bilan.
Zamonaviy mudofaa jangiking o‘ziga xos xususiyatlari qatiyatlik, kuch va vositalar bilan yuqori sur’atlardaga manyovrlar; harakatidagi kutilmaganlik; jangni front bo‘ylab va ichkariga yoyilmshning notekisligi; dushman hujumi yo‘naltpida mudofaa jangani olib borish, bo‘linmalarning taktik mustaxkamligi; vaziyatni tez va keskin o‘zgarishi; uning tezkorligi; tashabbusni qo‘lga olish va saqyaab qolishga doimiy intilish; axloqiy-ruhiy omil ahamiyatining o‘sib borishi va boshqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |