Safdan chiqqan deb buzilgan (nosoz yoki ishlash qobiliyatini yo‘qotgan) va botib qolgan (ko‘milgan, cho‘kkan yoki ag‘darilib ketgan), hamda ekipajlari janggovar qobiliyatini yo‘qotgan soz yoki ishga yaroqli qurol-aslaha va texnikaga aytiladi.
Buzilishlar jangovar va foydalanish sabablariga ko‘ra bo‘lishi mumkin.
Dushmanning talofat etkazish vositalari ta’sirida sodir bo‘lgan buzilishlar jangovar buzilishlar deb ataladi.
Foydalanish sabablariga ko‘ra buzilishlar tabiiy eyilish (eskirish), tuzilishidagi kamchiliklar, ishlab chiqarishdagi nuqsonlar, sifatsiz ta’mirlash, hamda to‘qnashib ketish, botib qolish, cho‘kish, ag‘darilib ketish, yonib ketish va boshqa foydalanish qoidalarini buzilishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |