Jangga (marshga) tayyorgarlik vaqtida o‘tkaziladigan asosiy texnik ta’minot tadbirlariga quyidagilar kiradi:
qurol-aslaha va texnikani jangovar vaziyatning, joyning, yilning, sutkaning va ob-havoning muayyan sharoitlarida foydalanishga tayyorlash;
belgilangan o‘q-dori zahirasini yaratish, ularni jangovar foydalanish, tashish yoki saqlash uchun tayyorlash;
safdan chiqqan qurol-aslaha va texnikani tiklashni yakunlash;
texnik ta’minot bo‘linmalarini jang (marsh) davomida ishlash uchun tayyorlash;
ular belgilagan zarur harbiy-texnik mol-mulk zahiralarini yaratish;
shaxsiy tarkibning texnik va maxsus tayyorgarligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |