Kichik relef shakllari
Kichik relef shakllari (4-rasm) nisbatan kichik hududlarni egallagan va faqat bir jinsli relef shaklidan iborat bo‘lgan relef shakllaridir. Ularga jarlar, tog‘ tepalari, tog‘ cho‘qqilari, tepalar, o‘yiqlar, o‘ralar, soyliklar va h.k.lar misol bo‘la oladi.
Jarlar – bu o‘simlik qoplami mustahkam bo‘lmagan va bo‘sh tuproqli joylarda yog‘in suvlarining erni chuqur o‘yib kirib, yuvib ketishidan hosil bo‘lgan relef shakllaridir.
Tog‘larda relef kichik shakllarining ikki xil o‘ziga xos ko‘rinishi uchraydi. Ular tog‘ tepalari va tog‘ cho‘qqilaridir.
Tog‘ tepalari – bu tepaning tog‘ etagidan gumbazsimon, o‘tmas qirrali bo‘lib ko‘tarilgan shaklidir. Tog‘ tepalari asosan past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘larda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |