Ko‘rgazmali geografik kartalar – bu joyning umumiy holatini ko‘rsatuvchi, masshtabi 1:1 000 000 va undan kichik bo‘lgan kartalar. Ular aniq bir nomenklatura asosida tuzilmasdan, siyosiy-ma’muriy bo‘linishga asosan yoki qandaydir bir joy uchun tuziladi. Ularni bir-biriga yopishtirib bo‘lmaydi.
Topografik kartalar – bu yagona nomeklatura tizimi asosida tuzilgan, masshtabi 1:1 000 000 va undan yirik bo‘lgan umumgeografik kartalardir. Topografik kartalarning asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ularning yagona nomenklatura tizimi asosida tuzilishida;
bir nomenklatura tizimi asosida tuziladigan topografik kartalarning hammasida yagona kartografik proeksiyaning ishlatilishida;
yirik masshtabli topografik kartalarning o‘zidan kichik masshtabga ega bo‘lgan topografik karta asosida varaqlanishida, ya’ni razgrafkasida;
topografik kartalarning bir-biriga ulanish yoki yopishtirish imkoniyati mavjudligida;
joy to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni o‘zida mujassam ettirishida va boshqalarda.
Topografik kartalarning masshtabi va mo‘ljallanishiga ko‘ra turlanishi 1-jadvalda bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |