Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Joyning jangovar vaziyatini elementi



Download 15,2 Mb.
bet71/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

8.1.Joyning jangovar vaziyatini elementi
Joy va uning elementlari
Bizga ma’lumki, joy – er yuzasining kichik bir bo‘lagidagi barcha past balandliklar va undagi jamiki ob’ektlar yig‘indisidir.

Joy tarkibi o‘z turiga ko‘ra ikki yirik guruhga ajratiladi: relef va joyning mahalliy elementlari.

Geologik kelib chiqishi yoki yoshiga ko‘ra turli xil ko‘rinish va o‘lchamga ega bo‘lgan quruqlik hamda okeanlardagi baland-pastliklar yig‘indisi relef, deb ataladi. SHu relef ustida joylashgan barcha ob’ektlar joyning mahalliy elementlari, deb ataladi (1-rasm). Tabiiyki, joyning mahalliy elementlari yaratilishi boshqarilishi (ya’ni bu ob’ekt inson tomonidan nazorat qilinmoqdami yoki undagi tabiiy jarayonlar tabiat qonuniyatlari asosida kechmoqdami) nuqtai nazaridan ikki yirik guruhga ajratiladi – tabiiy va texnogen (sun’iy). Tabiiy ob’ektlarga daryolar, ko‘llar, o‘rmonlar, botqoqliklar, sho‘rxoklar, to‘qaylar, butazorlar, o‘tloqlar va h.k.lar misol bo‘lsa; texnogen ob’ektlarga suv omborlari, kanallar, gidrotexnik inshootlar, aholi punktlari, sanoat ob’ektlari, aeroportlar, dengiz va daryo portlari, avtomobil yo‘llari, yo‘l inshootlari, temir yo‘llar, aloqa yo‘llari, elektr uzatish liniyalari va h.k.lar misol bo‘ladi.

Joyning topografik elementlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Misol uchun relef suv oqimining yo‘nalishiga, aholi punktlarining rejalashtirilishiga, er osti suvlarining joylashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Joyning topografik va mahalliy elementlari o‘sha joy uchun xos bo‘lgan iqlim bilan birgalikda turli xil joy tiplarini hosil qiladi. Har bir joy tipi faqat ungagina xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lib, ular o‘z navbatida jangovar harakatlar olib borilishiga, jumladan, maxsus razvedka qidiruv ishlarining olib borilishi, mudofaa va hujum janglarida qo‘shinlar jangovar tartibining tuzilishi, hujum sur’ati, marsh sodir etilayotganda uning tezligi va ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish sharoitlariga ta’sir qiladi.

Aynan shuning uchun joy harbiy sohada jangovar vaziyatning muhim bir elementi sifatida o‘rganiladi.



O‘zbekiston Respublikasida eng keng tarqalgan joy tiplari – bu voha, vodiy, cho‘l, tog‘, tog‘-o‘rmon, tog‘ oldi va dasht joy tiplaridir.











Joy






































































Relef







Joyning mahalliy elementlari












































































Yirik relef shakllari







Kichik relef shakllari







Tabiiy ob’ektlar







Texnogen ob’ektlar


























































Tog‘lar







Jarlar







Daryolar







Kanallar


























































Tog‘ tizmalari







Tog‘ tepalari







Ko‘llar







Suv omborlari


























































Tog‘liklar







Soyliklar







O‘rmonlar







Bog‘lar


























































Tekisliklar







Tog‘ cho‘qqilari







Botqoqlar







Sanoat korxonalari


























































Pasttekisliklar







Tepalar







SHo‘rxoklar







Avtomobil yo‘llari


























































Platolar







O‘yiqlar







To‘qaylar







Temir yo‘llar


























































Qirlar
















Butazorlar







Aloqa yo‘llari


























































Tektonik cho‘kmalar
















O‘tloqlar







Elektr uzatish liniyalari


























































Tog‘ oralig‘i vodiylari

























Aholi punktlari























Joyning tarkibiy qismlarga bo‘linishi.
Relef
Bizga ma’lumki, relef – er yuzasi, suv osti tubining past balandliklari yig‘indisidir. Relef joyning topografik elementlarini eng muhimlari va barqarorlaridan biridir. Relef shakllarining ozgina bir o‘zgarishi uchun yuzlab yillar talab qilinadi. Ular mavsumiy o‘zgarishlarga uchramaydi. Relef qo‘shinlarning joyda yura olish sharoiti, kuzatish imkoniyati, niqoblanish (niqoblanish), jangovar tartib tuzilishi, joyning muhandislik inshootlari bilan ta’minlanishi va boshqa ko‘plab jangovar xususiyatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Relef to‘g‘risida oddiy tasavvur beruvchi vositalardan biri joyning gidrografik tarmoqlaridir. CHunki suv soylardan pastga qarab oqadi, ko‘llar joyning pastqam qismlarida hosil bo‘ladi. Daryolar ikki tomonga oquvchi chiziq – suvayirgichlar esa tepalikning eng baland nuqtalaridir. Relef betartib past balandliklar jamlanmasi emas, balki u er osti kuchlarining asrlar davomidagi harakati natijasidir. Relef shakllari va ularning hosil bo‘lish qonuniyatlarini geografiyaning maxsus tarmog‘i, ya’ni geomorfologiya o‘rganadi.

Relef shakllari ikki asosiy guruhga bo‘linadi: yirik relef shakllari va kichik relef shakllari. Ular o‘lchamlari, tarkibiy qismlarga bo‘linishi va boshqa ko‘plab xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.


Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish