6.6. Noqonuniy qurollangan tuzilmaning tashkiliy shtat tuzulishi,
qurol-aslaxalari va taktik harakatlari.
Zamonaviy xalqaro vaziyat yangi mepyoriy o‘zgarishlarga ahamiyat kasb etib ikki tuzum shavqatsiz qarama qarshiligdan o‘tib davlatlararo munosibatlarga olib keldi. Bu qurolli nizolar va mahalliy urushlar xavfi shakllanishini pasaytirdi. Buning mazmun mapnosi muqarrarlashib borayotgan sunpiy jihatdan yaratilgan alohida davlatlararo koalitsiyalar, milliy, siyosiy, diniy, jinoiy guruhlarning orasidagi ziddiyatlarni qurol quchi bilan hal qilishni bartaraf etdi.
Lekin shunga qaramasdan hozirgi kunda Ukrainada, Suriyada, Iroqda, Afg‘onistonda, Emenda, Liviyada qurolli nizolar avjida. O‘z manfaatini ko‘zlagan ayrim davlatlar, tashkilotlar maqsadlariga erishish uchun hech qanday umuminsoniylik tamoyillarga rioya etmasdan noqonuniy qurolli tuzilmalar yordamida xunrezlikni amalga oshirmoqdalar.
Xalqaro ekstremistik va terroristik tashkilotlarining noqonuniy qurollangan tuzilmalarining jangovar otryad (guruh) larini kontroperatsiyalar jarayonida bartaraf etish tajribasidan kelib chiqib ko‘rsatish mumkinki jangarilarning hukumat qo‘shinlari bilan jang olib borish taktikasi jiddiy ravishda o‘zgardi. Buni hozirgi paytda IGIL, TOLIBON jangarilari Suriya, Ukraina, Liviya, Emen mamlakatlarida muxolifat tomonidan qurolli nizolar olib borishlarida ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda anpanaviy shakllardan tashqari o‘z ichiga strategik obpektlarni qo‘lga kiritish va saqlab turish bo‘yicha keng masshtabli hujum va mudofaa harakatlari olib borilmoqda. Hozirgi zamonaviy taktik harakatlarni olib borishda yirik shaharni (aholi punktni) qo‘lga kiritilsa jangni natijasi hal bo‘ladi.
Jangarilar taktik harakatining o‘ziga xos xususiyatlarining muhim omillaridan biri “Bezovta qilish” bo‘lib hukumat qo‘shinlarini mudofaaga o‘tishga majburlaydi. “Bezovta qilish” va “ Holdan toydirish” operatsiyasi jangarilarning taktik harakatining negizini hosil qiladi.
Hanuzgacha jangarilarning taktik harakatining asosiy tamoyili qo‘qqislik, keskinlik, dadillik, qisqa muddatli bosqinlar, pistirma, qo‘poruvchilik, garovga olish va ommaviy qatl etib ruhiy tapsir o‘tkazish bo‘lib kelmoqda.
Jangarilar hukumatning muntazam qo‘shinlari bilan jangovar harakatlarni olib borishda partizanlar urushini asosan qo‘llab ko‘p talofatga uchraganlari sababli harakatining asosini quyidagi tamoyillarga qaratilgan:
-kuch jihatdan ustun bo‘lgan hukumat qo‘shinlarning muntazam kuchlari va harakatlarni pozitsion urushga aylantirmaslik;
-jangovar harakatni o‘tkazishda asosiy usul qo‘qqisdan hamla qilish;
-qurolli kurash mobaynida mafkuraviy g‘oya va terrorni keng qo‘llash;
-jangovar harakatlarni pozitsion urushga aylantirmaslik;
- joyni yaxshi tanlab undan ustalik bilan foydalanish;
-keskinlik; qo‘qqislik; dadillik; harbiy hiyla qo‘llash
Do'stlaringiz bilan baham: |