Kamaytirilmaydigan resurs – bu namunaning navbatdagi ta’mirlash yoki hisobdan chiqarishgacha qolgan eng kam ruxsat etilgan zahirasi.
Kamaytirilmaydigan, hamda qo‘mondon (komandir) tayinlagan resursga belgilangan resurs deyiladi.
Qurol-aslaha va texnikaning ishlatish vaqti o‘tgan masofasi km, motosoatlar, soatlar, bajargan ishi, davri, uchirishlar, otishlar, yoqilishlari soni va foydalanishda bo‘lgan vaqti (oy, yil) bilan belgilanadi.
Qurol-aslaha va texnikadan foydalanishga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, ularning tuzilishini, ulardan foydalanishni va xavfsizlik qoidalarini biladigan shaxsiy tarkibgagina ruxsat etiladi. Haydovchilarning, mexanik-haydovchilarning tegishli turkumdagi transport vositalarini yoki ushbu turdagi mashinani boshqarish xuquqini beruvchi guvoxnomalari bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |