Topografik va maxsus kartalarning mo‘ljallanishi
A) Topografik kartalar joyni batafsil tasvirlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular barcha jangovar harakatlarda qo‘llaniladi.
1:25 000 masshtabli kartalar – joyni yoki uning ayrim qismlarini batafsil o‘rganish maqsadida hamda suvli to‘siqlarni jang bilan kechib o‘tish, havo desantini tushirish, shaharlarda harbiy harakatlar olib borish va muhandislik inshootlarini barpo etishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular qo‘shinlar jangovar tartiblarining topografik bog‘lanishini aniq o‘lchash maqsadida ham ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |