7.2.Bazada o‘rnashuvni tashkillashtirish o‘z ichiga oladi:
Baza o‘rnini va hududini tanlash; CHegara qo‘shinlari va birinchi eshelon qo‘shilmalarining javobgar zonasida shaxsiy tarkib va texnikalarni kiritishni muvofiqlashtirish; Baza joyini, tayniklarni muxandislik jihatdan jihozlash va niqoblash, u erda zaruriy miqdorda moddiy-texnik vositalarni saqlash; vazifani bajarishda guruh (otryad) ni tayyorlash; baza joyida yashirin o‘rnashish; bazada joylashgan davrda guruh bilan aloqani tashkillashtirish; bazani qo‘riqlash. Baza rayonini tanlab olish razvedka bo‘linmalarining ofitserlari tomonidan amalga oshiriladi. Baza rayonidagi hamma ishlar maxfiy tarzda olib borilishi kerak.
Ko‘rsatilgan rayonda guruh (otryad)ning o‘rnashuv bazasini tezkor ofitser va guruh (otryad) komandiri tanlab oladi va u tapminlab berishi kerak: yashirin o‘rnashishini va guruh (otryad) ning faoliyatini; bazaga olib keladigan yo‘lni kuzatuv sharoitini; guruh (otryad)ning (razvedkachilarning) yashirin chiqib ketishini.
Baza joyini tanlab olish lozim: tog‘li, jarlik, o‘rmon, chuqurliklar, zich butazor, botqoq orolchalar, tashlab ketilgan shaxtalar, g‘orlar, zanjirli va g‘ildirakli texnikalar o‘tishi qiyin bo‘lgan joylar; kommunikatsiya, aholi punktdan, suv bosmaydigan, yong‘in bo‘lmaydigan, vayron qilinmaydigan joylardan uzoq bo‘lishi; boshqaruv punkti, artilleriya, raketa qismlari va omborxonalarni yoyilishiga noqulay joylar.
DXXning chegara qo‘shinlari va birinchi eshelondagi umumqo‘shin qo‘shilmalarining javobgar zonasida shaxsiy tarkib va texnikalarni kiritishni Brigada komandiri birinchi eshelon qo‘shilmasining shtabi boshlig‘i va CHegara qo‘shinlarining Bosh shtabi bilan tayyorlangan legenda asosida muvofiqlashtiradi.
Muxandislik jihatdan bazani jihozlash guruh shaxsiy tarkibi tomonidan olib boriladi. Boshqa qism mutaxassislarini jalb qilish man etiladi. Baza hududida niqoblanishning buzilish (demaskirovka) alomatlarining (yangi qazilgan tuproq qoldiqlari, yangi arralangan (chopilgan) g‘o‘lalar, shox-shabbalar, kesilgan daraxtlar, ovqat qoldiqlari, qog‘ozlar, sigareta qoldiqlari va boshqalar) bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Hamma ishlar qo‘lda bajariladi. Kovlangan tuproqlar boshqa hududda olib chiqiladi. Baza hududini, dushman hujum qilganda yaxshi orientir vazifasini bajaruvchi mahalliy predmetlar yaqinidan tanlash maqsadga muvofiq emas (alohida tepaliklar, uncha katta bo‘lmagan daraxtzorlar, o‘rmon chekkalari). Muxandislik ishlarning izlari niqoblanib joy rangi bilan moslashtiradi.
Bazaning jihozlanishi tapminlanishi kerak guruh(otryad)ning uzoq vaqtda dushmandan yashirincha o‘rnashishiga, yuklatilgan vazifani bajarish uchun kerakli bo‘lgan moddiy-texnik vositalarni saqlashi va to‘ldirishi, dam olishni tashkil qilish va razvedkachilarni ovqatlanishi, yarador va kasallarga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yangi vazifalarni bajarish uchun tayyorgarlik ko‘rishga.
Bazada kamida ikkita har tomonga chiqadigan yo‘l bo‘lishi kerak
Kuzatuv postini bazada va uning tashqarisida jihozlash mumkin.
Guruh (otryad) tarkibidagi seksiya (6-7 kishi) uchun bitta pana joy tayyorlanadi, shtatli guruh bir nechta pana joyda joylashishi mumkin. Bunday holatda pana joylar bir biridan 3-5 km uzoqlikda joyning sharoiti va vaziyatga qarab jihozlanadi.
Muxandislik jihatdan jihozlash yakuniga etganda, baza joyi niqoblab bo‘linganda, tayniklarda achimaydigan zaxira joylashilganda (o‘q-dori, granatalar, konserva, portlovchi moddalar) guruh komandiri rahbarligida pana joy konservatsiya qilinadi. Agar o‘rnashish muddati belgilanmagan bo‘lsa yoki u uzoq muddatdan keyin egallansa (uch sutkadan ortiqroq) begona shaxslar kirmasligi uchun signal beruvchi vositalar, qopqon tuzoqlar qo‘yiladi. Pana joyda kirish yo‘li yaqinida uni qo‘riqlash uchun guruh tarkibidan sekret (maxfiy) qo‘yiladi (1-3km da).
Do'stlaringiz bilan baham: |