Тактиканинг фан сифатида вазифалари


Motoo‘qchi guruh (seksiya) blokpost tarkibida



Download 15,2 Mb.
bet35/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

6.2.Motoo‘qchi guruh (seksiya) blokpost tarkibida

Blokpost – avtomobil magistrali (yo‘li) ning yoki joyning muhandislik jihatdan jihozlangan qismi bo‘lib, unga tayinlangan umumqo‘shin bo‘linmasi IIV va DCHQQ vakillari bilan hamkorlikda terrorchi tashkilotlar qurolli tuzilmalarining o‘zlariga topshirilgan zonaga kirib kelishiga (yorib o‘tishiga), shuningdek, unga noqonuniy ravishda qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalarning olib kirilishiga va u erdan olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida topshirilgan vazifani bajaradi.

Blokpost avtomobil yo‘llarining kesishgan joylarida, ko‘priklarning oldida, tonnellar, tor vodiylarning kirish (chiqish) joylarida, tog‘ dovonlari oldida, hukmron balandliklarda joyning sharoitlari tufayli blokpostni ylanib o‘tish amalda mumkin bo‘lmagan yoki juda qiyin bo‘lgan joyda qo‘yiladi (barpo etiladi).

Blokpost pozitsiyasi dushmanning harakatlari uchun qulay bo‘lgan yo‘nalishni to‘sib turishi, muhandislik nuqtai nazaridan puxta barpo etilishi va niqoblanishi zarur. Har bir o‘t ochish vositasi (jangovar texnika) ga ularning eng uzoq masofaga va blokpost marralarining bevosita yaqinida o‘t ochishni ta’minlaydigan asosiy bir-ikki zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyalari barpo etiladi. O‘lik (o‘qqa tutilmaydigan) uchastkalar minali-portlovchi va muhandislik to‘siqlari bilan to‘sib qo‘yiladi. Blokpost chegaralarida signalli minalar o‘rnatiladi.

Blokpostning jihozlanishi quyidagi asosiy jihozlarga ega bo‘lishi lozim:

- yo‘l qatlamining o‘tish qismini to‘sish vositalari;

- axborot-ko‘rsatkich belgilari, harakat tezligining cheklanishi va to‘xtash hamda blokpost marrasini bildiruvchi belgilari;

- transport vositalarini qarab chiqish va hujjatlarni tekshirish joyi;

- jangovar texnika va o‘t ochish vositalarining asosiy hamda zaxiradagi pozitsiyalari;

- shaxsiy tarkibning dam olish uchun turar joy moduli;

- radio va simli aloqa vositalari;

- muhandislik g‘ovlari va blokpostni aylanib o‘tishga yo‘l qo‘ymaydigan boshqa to‘siqlar.

O‘zining vazifasi, muhandislik jihozlanishi va joylashgan o‘rniga ko‘ra blokpost dala (vaqtinchalik) blokposti va statsionar (doimiy) blokpost bo‘lishi mumkin (17-rasm).

Vaziyatning shart-sharoitlari va qo‘yilgan vazifalar bilan bog‘lik ravishda, umumqo‘shin bo‘linmasi blokpostda xizmat qilishni, odatda, IIV organlari vakillari, chegaraga yaqin tumanlarda esa chegara qo‘shinlari vakillari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Blokpostda xizmat qilish sutka davomida tashkil etiladi.

Blokpostda xizmat qilishda shaxsiy tarkib quyidagi guruhchalarga bo‘linadi:

- ko‘rib chiqish va nazorat guruhchasi, uning tarkibiga avtomobillar va boshqa texnikani ko‘rib chiqish (tekshirish) ni hamda pasport rejimi va fuqarolarning shaxsini aniqlashni nazorat qilishga oid tadbirlarni amalga oshiruvchi IIV bo‘linmalari (organlari) ning va chegara qo‘shinlarining vakillari kiradi.

Umumqo‘shin bo‘linmalari tarkibidan quyidagi guruhlar tayinlanadi:

- blokpostga qilingan qurolli hujumni qaytarish va blokpostni o‘t ochib muhofaza qilish vazifasi yuklatilgan madad berish va o‘t ochishga ta’minlash guruhchasi;

- blokpostni o‘t ochish bilan muhofaza qilishni kuchaytirish uchun jalb etilgan piyodalarning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) dan iborat zirhli guruh;

- blokpost komandiri tomonidan belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng, madad berish va o‘t ochishni ta’minlash guruhchasining o‘rnini olishi lozim bo‘lgan zaxira guruhchasi.

Bundan tashqari, eng xavfli yo‘nalishlar (blokpostga yaqin kelish yo‘llari) ni kuzatish uchun, zarur bo‘lganda ikki-uchta harbiy xizmatchidan iborat tarkibda kuzatuv postlari tayinlanishi mumkin.

Blokpost harakatlarining avtonomligini ta’minlash uchun uning qoshida o‘t ochish vositalarining barcha turlari uchun zarur o‘q-dorilar, aloqa vositalari, akkumulyatorlarning zaxira to‘plamlari, suv zaxiralari, oziq-ovqat va boshqa zarur moddiy-texnik vositalarning zaxiralari yaratiladi. Blokpostning shaxsiy tarkibi tungi ko‘rish vositalari, tungi mo‘ljallar va yoritish vositalari bilan ta’minlanadi.

Blokpostda xizmat qilishga tayinlangan motoo‘qchi guruh AGS-17 va PKM raschyotlari, muhandislik-sapyorlik bo‘linmasining shaxsiy tarkibi, tibbiy yo‘riqchi bilan kuchaytirilishi mumkin.

Blokpostda xizmat qilishga tayinlangan motoo‘qchi guruh komandiri, vazifani olgandan so‘ng, ko‘rsatilgan vaqtda guruhni blokpost rayoniga olib chiqadi, IIV va chegara qo‘shinlarining blokpost tarkibiga kiruvchi shaxsiy tarkibi bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi, joydagi ishni amalga oshiradi, jangovar buyruq beradi, o‘t ochish tizimini, o‘zaro hamkorlikda harakat qilishni, boshqaruvni, zarur bo‘lgan holda esa blokpost rayonining muhandislik jihozlanishi (jihozlanishni tamomlash) ni tashkil qiladi.

Blokpostda xizmat qilishni tashkil etishda guruh komandiri quyidagilarni belgilab berishi lozim:

- dushmanning blokpostga yorib kirishga (yo‘q qilishiga, aylanib o‘tishiga) urinishi jarayonida eng ko‘p xavf solishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini (yaqin kelish yo‘llarini);

- o‘t ochish vositalarining vazifalarini (o‘t ochish pozitsiyalarini, asosiy va qo‘shimcha o‘qqa tutish sektorlarini), yo‘nalish mo‘ljallari (orientirlari) ni va ulargacha bo‘lgan uzoqlikni, tunda, ko‘rish imkoniyatlari cheklangan sharoitlarda otishma uchun ma’lumotlarni;

- blokpostning jamlab o‘t ochish uchastkalari va ularga qarata o‘t ochish tartibini;




Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish