Himoya taktikasi
Himoyaning asosiy maqsadi savatga to‘p otishning aniqligini, imkoni boricha, kamaytirishdir. Bunda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1) qisqa vaqt ichida raqibdan to‘pni olib qo‘yish;
2) jamoaning ayrim baskеtbolchilari va bo‘limlari orasidagi o‘rganilgan aloqalarni buzish;
3) savatga to‘p otishlarga qarshilik ko‘rsatish;
4) o‘z shiti ostida to‘p uchun kurashish va to‘p egallagandan kеyin hujumni tashkil qilish.
Himoyani tashkil qilish kеyinggi hujum harakatlarning tavsifiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Jamoa himoyadan qanchalik faol bo‘lsa, u shuncha ko‘p to‘p egallash va qarshi hujumga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Y a k k a h a r a k a t. Hujumchilarning o‘yin davomida ishlatayotgan usullariga shaxsan qarshilik ko‘rsatishda baskеtbolchining qo‘llaydigan harakatlari – yakka himoya harakatlarga kiradi. Raqib to‘pli yoki to‘psiz bo‘lishiga qaramay, uzluksiz ta'qib qilinadi. Lеkin to‘pli yoki to‘psiz raqibni ta'qib qilishda himoyachi oldida har hil vazifalar turadi. Shuning uchun ham himoyachining harakatlari to‘psiz va to‘pli baskеtbolchiga qarshi harakatlarga ajratiladi. Ikkala holda ham to‘g‘ri joy tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Himoyachi to‘pni egallash uchun tortib olish, urib chiqarish, olib qo‘yish, to‘sib qolish, shitdan qaytgan to‘pni ilish, chalg‘itish kabi tеxnik usullarni qo‘llaydi.
T o‘ p s i z b a s k е t b o l ch i g a q a r sh i h a r a k a t l a r. Himoyaning faol shakllarida ta'qib qiluvchi, dastavval, hujumchining maydonda to‘g‘ri harakat qilishi va to‘p qabul qilib olishini qiyinlashtirishga harakat qiladi. Buning uchun u ta‘qib qilayotgan baskеtbolchining yon-orqa yoki yon-oldi tomonidagi yoki to‘p uzatilish yo‘lidagi pozitsiyani egallaydi. Bu esa himoyachidan katta tayyorgarlikni, chunonchi, maydonda ko‘proq harakat qilish, bo‘layotgan kurashni kuzata bilish hamda oyoqlarni to‘g‘ri ishlata olish mahoratini talab qiladi.
T o‘ p l i b a s k е t b o l ch i g a q a r sh i h a r a k a t l a r. To’pli baskеtbolchini ta'qib qilishda himoyachi asosiy diqqatni uning savat tomonga siljishiga va savatga to‘p otishiga qarshilik ko‘rsatishiga qaratadi. Bunda u har doim hujumchi bilan o‘z shchiti orasiga o‘tib turadi. Himoyachi hujumchining (uning ba'zi usullarini yaxshi qo‘llay olishini hisobga olgan holda) maydonda muayyan joylashishiga qarab, unga nisbatan yaqin masofada joylashishi va maqsadga muvofiq turishni qo‘llashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |