Sintaksisi:
from modul fayli nomi
import *
from… import * -modulni yuklovchi kalit so’z
>>> from random import * >>> randint(1,5)
|
Standart kutubxonadan random moduli
funksiyalarini yuklab oldi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi.
|
4
|
3-usul. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas, kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul.
Sintaksisi:
from modul fayli nomi import funksiya nomi
>>> from random import randint >>> randint(1,5)
|
Standart kutubxonadan random modulining
randint funksiyasi yuklab olindi.
Funksiya qaysi modulga taalluqli
ekanligi ko‘rsatilmaydi.
|
3
|
Mabodo, qaysi modulda qanday funksiyalar mavjud, ular nimaga xizmat qiladi singari savollar tug‘ilsa, Python kutubxonasining ma’lumotnomasini ko‘rib chiqish mumkin. Dastur tuzish jarayonida vaqtni bekorga sarflamaslik uchun, standart kutubxona, modul va funksiyalar haqida batafsil bilish hamda tayyor kodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumotnomani ishga tushirish uchun menyular qatoridan Helpni bosib Python Docs bo‘limi tanlanadi.
random moduli tasodifiy sonlarni generatsiya qilishni boshqaradi.
random modulining funksiyalari
Funksiyalar
|
Tavsifi
|
random(x)
|
0 dan 1 gacha tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
|
randint(start, stop)
|
startdan stopgacha bo‘lgan oraliqdagi tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
|
randrange(start, stop, step)
|
qandaydir sonlar to‘plamidan startdan stopgacha bo‘lgan oraliqda step qadami bilan tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
|
Mustahkamlash
1. Dasturlash tili kutubxonasi nima?
2. Modul nima va u nima maqsadda ishlatiladi?
3. Qanday modullarni bilasiz?
4. Matematik hisoblashlarni amalga oshiruvchi modul qanday nomlanadi?
5.Chap ustundagi funksiyalar va modulllarni ni o’ng ustundagi tavsiflari bilan moslashtiring
Funksiyalar, modullar
|
Tavsifi
|
1)random(x)
|
A) Modul nusxalash bilan bog’liq masalalarni hal qilishga mo’ljallangan
|
2)randint(start, stop)
|
B) 0 dan 1 gacha tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
|
3)randrange(start, stop, step)
|
D)Modul murakkab matematik ifodalarni hisoblash uchun qo’llaniladi
|
4)math
|
E) startdan stopgacha bo‘lgan oraliqdagi tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
|
5)copy
|
F) qandaydir sonlar to‘plamidan startdan stopgacha bo‘lgan oraliqda step qadami bilan tasodifiy sonlarni hosil qiladi.
|
Uyga vazifa
1.0 va 1 ning oralig‘idan 10 ta tasodifiy sonni chiqarish dasturini tuzing.
from random import*
for i in range(10):
a=randint(0,10)
i+=1
print(i,'- son',a)
Do'stlaringiz bilan baham: |