“O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning
tuzilmasi
I -bob. Umumiy qoidalar (1 – 9 mod.)
II -bob. Bankning moliyaviy ahvoli (10 – 14 mod.)
III -bob. Markaziy bankni boshqarish (15 – 22 mod.)
IV -bob. Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari (23 – 31 mod.)
V -bob. Pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish (32 – 39 mod.)
VI -bob. Valyutani tartibga solish va xalqaro zahiralarni boshqarish (40 – 43 mod.)
VII -bob. Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlari (44 – 49 mod.)
VIII -bob. Banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini,
shuningdek qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat
qilish (50 – 54 mod.)
IX -bob. Banklar bilan o’zaro munosabatlar (55 – 60 mod.)
Yuqorida bayon etilganidek, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat. Ushbu
maqsad pul birligining ichki (past va barqaror inflyatsiya) va tashqi (so’mning
51
kursi) barqarorligini ko’zda tutadi. Modomiki, Markaziy bank yaqin kelajakda o’z
oldiga inflyatsiyani to’liq targetlashga o’tish maqsadini qo’yayotgan ekan, pul-
kredit siyosatining bosh maqsadi qonunchilikda aniq belgilab qo’yilishi kerak.
Inflyatsiyani to’liq targetlashga o’tgan mamlakatlarda markaziy bank to’g’risidagi
qonunchilikka, faqat narxlar barqarorligini ta’minlashgina bosh maqsad ekanligini
nazarda tutuvchi o’zgarishlar kiritilgan. Bugungi kunda bizning Markaziy bankka
oid qonunchilikda bunday aniqlik mavjud emas.
Markaziy
bankning
valyuta siyosati inflyatsiyani targetlash
siyosati
tamoyillariga zid bo’lmasligi kerak. Ushbu ziddiyat moliyaviy inqirozlar davrida
yaqqol namoyon bo’ladi. Inqiroz davrida regulyator bank sektorini
barqarorlashtirish uchun banklarning likvidlilik darajasini oshirishi, ayni damda
esa so’mning kursini himoya qilish uchun uning darajasini kamaytirishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasman siyosiy va iqtisodiy
mustaqillik alomatlariga ega. Ammo amalda uning monetar siyosati Hukumatning,
jumladan Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining umumiy iqtisodiy siyosatiga
bog’liq.
Markaziy bank pul-kredit dasturi va prognozlarini tuzishda, shuningdek
maqsadli mo’ljallarni belgilashda to’la mustaqillikka ega emas. Har yili ishlab
chiqiladigan pul-kredit siyosati loyihasida eng muhim makroiqtisodiy parametrlar
Iqtisodiyot vazirligi hujjatlaridan o’zlashtiriladi. Xalqaro amaliyotda esa, aksincha
hukumat tomonidan mustaqil ravshda markaziy bank uchun maqsadli mo’ljallarni
belgilash eng kam tarqalgan variant hisoblanadi. Aslida, Markaziy bank o’zining
mavjud imkoniyatlarini hisobga olib, maqsadli mo’ljallarni mustaqil aniqlashi,
so’ngra esa ularni hukumat bilan kelishishi darkor. Bunga o’xshash holat valyuta
kursi siyosatini va iqtisodiy o’sishning maqbul sur’atlarini muhokama qilishda ham
yuzaga keladi.
MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari markaziy banklarining rasmiy
mustaqilligiga asoslanib o’tkazilgan tahlillar natijasi, Sharqiy Yevropa va Boltiq
mamlakatlarining markaziy banklari eng yuqori darajada, O’zbekiston, Ukraina va
52
Belorusiya mamlakatlariniki esa eng past darajada mustaqil ekanligini
ko’rsatmoqda
1
.
Shunday qilib, makroiqtisodiy siyosat maqsadlarining zaruriy birin-ketinligi
bo’lmas ekan, pul-kredit siyosatining inflyatsion tartibi samaradorligi ham past
darajada qolaveradi. Markaziy bankning nominal emas, amadagi mustaqilligini
oshishi, faqat so’mning kursi va inflyatsiyani boshqarish masalalariga
hukumatning ongli ravshda aralashmasligi natijasidagina yuzaga kelishi mumkin.
Respublika Markaziy bankning mustaqilligi uning yuqori darajada hisobdorligi
va javobgarligi hisobidan bo’lishi kerak. Bugungi kunda u o’z siyosatining
natijalari uchun past darajada javobgarlik olmoqda.
Markaziy bankning javobgarligini oshirish uchun muayyan rag’batlantirish
choralari va pul-kredit siyosatida yo’l qo’yilgan xatolar uchun jarimalardan
foydalanish kerak. Agarda inflyatsiya bo’yicha maqsadli mo’ljallar ketma-ket uch
yil bajarilmasa, jarima tariqasida Markaziy bank raisini lavozimidan ozod qilish
chorasi qo’llanilishi kerak.
Bundan tashqari, Respublika Markaziy banki jamiyat oldida hisobdor bo’lishi
shart. Bugungi kunda u “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi
Qonunning 5, 13 va 23-moddalarida belgilangan darajada o’z faoliyati yuzasidan
hisobdor:
Markaziy bankning yillik hisoboti 15- maydan kechiktirilmay Oliy Majlis
Senati ko’rib chiqishi uchun taqdim etiladi;
Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning
asosiy yo’nalishlari to’g’risida har yili matbuotda ma’ruza e’lon qiladi.
Yuqoridagi Markaziy bankning bor-yo’q transparentligini ko’rsatuvchi
hisobotlarda uning moliyaviy balanisi, pul aylanishi, jumladan pul masasining
dinamikasi va tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlar to’la hajmda berilmayapti.
Yanada aniqroq qilib aytganda, transparentlik tamoyillaridan biri ya’ni barcha
1
Трунин П., Князев Д. Независимость центральных банков стран СНГ и Восточной
Европы // Экономическая политика. 2010. № 4. С. 176-188.
53
manfaatdor tomonlarga axborotlarni yetarli darajada ochib berishga zid bo’lgan
axborot siyosati olib borilmoqda. Bunday holatda inflyatsiyani to’liq targetlashga
o’tish istiqbollari mavhum bo’lib qolyapti va o’tish muddatlari cho’zilib ketmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |