Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining о‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini о‘zgartiradi. Masalan, qо‘y gо‘shti narxining pasayishi mol gо‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol gо‘shti narxining tushishi qо‘y gо‘shti taklifini oshiradi.
Narx о‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining о‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |