Mavzu: O’zgaruvchan va O’zgarmas tok elektr magnitli kontaktorlarni tadqiqotlash
Nazariy qismi: To‘g‘rilangan kuchlanishning egri chiziqdi tavsifi, sinusoidal o‘zgaruvchan tok kuchlanishining musbat qismlaridan tashkil topgan bo‘lib, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilariga ega.
O‘zgarmas tok kuchlanishi iste’molchilari uchun to‘g‘rilangan kuchlanish va toklarda o‘zgaruvchan tashkil etuvchining bo‘lishi ilash jarayonida noqulayliklarga olib keladi (kuchlanish va tok qiymatlarining qo‘llanish vaqti oralig‘ida birxil bo‘lmasligi, quvvat isrofilarining oshishi va h.k.). To‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi Up kuchlanishni tepkili o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va qo‘shimcha quvvat isroflarini yuzaga keltiradi hamda ba’zi hollarda esa yuqori chastotali xalaqitlarni hosil qiladi. Shuning uchun iloji boricha iste’molchi kirishidagi kuchlanish tavsifida tepkili o‘zgarishlarni cheklashga harakat qilinadi.
Bunga erishish uchun to‘g‘rilagichning chiqish qisqichlari bilan yuklanish zanjirining kirish qismi qisqichlari orasiga filtr vazifasini bajaruvchi qo‘shimcha bo‘g‘in ulash bilan amalga oshiriladi.
Filtrlarning eng soddasi, bu RD yuklanish qarshiligiga parallel ulanadigan kondensator bo‘ladi (1 – rasm).
1– rasm. Sig‘im filtrli bir fazali yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi Kondensator filtr vazifasini bajarishida yuklanish qarshiligi RD dan bir necha marta katta bo‘dgan kichik sig‘im qarshiligi ni RDga parallel ulaganimmizda, kondensator to‘g‘rilagich zanjirida ma’lum miqdorda tokning sig‘imli tashkil etuvchisini hosil qiladi. Bu tok to‘g‘rilagichda va unga parallel ulangan qarshiliklarda qo‘shimcha kuchlanish pasayishini yuzaga keltiradi va bu o‘z navbatida chiqish kuchlanishi ud ning siliqlanishiga olib keladi.
Ko‘pgina hollarda to‘g‘rilangan kuchlanishni silliqlash maqsadida yuklanish qarshiligiga ma’lum L induktivlikka ega ketma-ket ulangan reaktiv qarshilikdan foydalaniladi. Induktivlikning ma’lum qiymatlarida reaktiv qarshilik da o‘zgarmas tok kuchlanishining o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining ma’lum mos qismi yo‘qotiladi. Induktivlik mustaqil ravishda yoki sig‘im bilan birgalikda G ko‘rinishdagi filtr tarzda bajarishi mumkin.
Iste’molchining talabiga ko‘ra filtr tanlash va uning elementlarini hisoblash uchun quyidagilarni bilish zarur:
a) kuchlanishning tepkili tavsifida ustun keluvchi o‘zgaruvchan kuchlanishning u yoki bu garmonik tashkil etuvchisining amplitudasi va chastotasi;
b) filtr chiqishidagi tepkilikning talab qilinadigan cheklanish darajasi (iste’molchining kirish qisqichlaridagi).
Tepkililikning asosiy chastotasi , to‘g‘rilangan kuchlanish tavsifi o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining bir davr ichida qiytarilishi bilan aniqlanadi. Umuman olganda uning qiymati ta’minot tarmog‘i kuchlanishi chastotasidan mmarta katta bo‘ladi ( ).
Birinchi garmonik tashkil etuvchisining amplitudasi ning to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati Ud ga nisbati tepkili koeffisient deb ataladi.
Fazalar soni m bo‘lganida to‘g‘rilagich chiqishidagi bu koeffisient (filtrning kirishida) quyidagiga teng bo‘ladi:
Iste’molchi ruxsat etadigan tepkili koeffisient (filtrdan chiqishdagi):
Uning qiymati iste’molchining turiga va ish rejimiga qarab beriladi.
To‘g‘rilagich chiqishidagi tepkili koeffisientning berilgan iste’molchi uchun ruxsat etilgan tepkili koeffisientiga nisbati filtrning silliqlash koeffisienti deb ataladi:
Ishning bajarilish tartibi: 1. Laboratoriya stendi sxemasi bilan tanishish.
2. Sig‘im filtrli bir fazali yarim davrli to‘g‘rilash sxemasini yig‘ish.
3. Utarmoi va Ud qiymatlarini olish; yuklanish toki va to‘g‘rilash koeffisientini hisoblash.
Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar: Hisobot quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi kerak:
1. Laboratoriya qurilmasining sxemasi;
2. Sig‘im filtrli bir fazali yarim davrli to‘g‘rilash sxemasining tok va kuchlanish diagrammalari;
3. Tajribada olingan elektr ko‘rsatkichlarning jadvali.