Tajriba uchun dala tanlash o’ta ma’suliyatli ish bo’lib, yetti o’lchab, bir



Download 146,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi146,21 Kb.
#890388
1   2
Bog'liq
Tadqiqot metatologiyasi

Mustaqil ish
Dala materiallarining oziga 
Reja


tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi. To‘q tusli bo‘z tuproqlar dengiz 
sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland 
qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati 
Chimkent-Sayram guruhi tumanlari g’o’za parvarishlanadigan maydonlarining 
salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, shuningdek, 
unchalik ko’p maydonlarni egallamagan Tojikiston Respublikasi maydonlari va 
O’zbekiston Respublikasining ba’zi tumanlari joylashgan.
Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial 
yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham 
yahshi. Bunday tuproqli erlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya eroziyasiga qarshi 
kurashish talab etiladi. To’q tusli bo’z tuproqlarda eng ertapishar g’o’za va g’alla 
navlari etishtiriladi. Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda 
tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo terrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol 
etgan. Bunday tuproqlardan iborat, g’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan 
maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida, 
Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va 
shimoliy hududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, 
Kofirnihon, Qizilsuv va Yahsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan.
Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba’zan allyuvial 
yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy hususiyatlari 
yahshiligi bois er tekislashdan tashqari mahsus melioratsiya tadbirlarini amalga 
oshirish talab qilinmaydi.
Tipik bo’z tuproqli erlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya 
eroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yahshilab tekislash zarur. Tipik 
bo’z tuproqlarda g’o’zaning o’rtapishar navlari ekiladi. Och tusli bo‘z tuproqlar 
dengiz sathidan 400 metrdan pastroqda, daryo terassalarining quyi tog’oldi 
tekisliklarida tarqalgan.


G’o’za va g’alla etishtiriladigan bunday tuproqli maydonlar Sirdaryo, 
Toshkent viloyatlarida, Farg’ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o’rta 
qismida va Qashqadaryo, Surhondaryo, Kafirnihon daryolari havzalarining quyi 
qismlarida, Vahsh va Panj vodiysida, Murg’ob va Tejan daryolari vodiylarinig 
yuqori qismlarida joylashgan.
Och tusli bo’z tuproqlar asosan turli mehanik tarkibli lyossimon qumoq va 
qatlamli, loyqali allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Ba’zi joylarda tuproq osti 
yotqiziqlari qumli va shag’alli jinslardan iborat. Havo harorati yuqoriligi, 
yog’ingarchilik kamligi va yer osti suvlari tabiiy harakati sekinligi tufayli 
minerallashgan sathi ko’tarilganda tuproq sho’rlanadi. Och tusli bo’z tuproqlar 
rivojlangan yotqiziqlar turlichaligi va ular bu yotqiziqlar sho’rlanganligi sababli 
avval ta’kidlangan tuproqlarga nisbatan turli-tuman.
Fizikaviy hususiyatlari juda yahshi bo’lgan hillari ham uchraydi, masalan, 
lyosslarda hosil bo’lganlari; noqulay fizikaviy hususiyatlari ham mavjud: 
yog’ingarchilikda juda ivib ketib, so’ng qalin qatqaloq hosil qiluvchi yoki shag’alli 
va qumli qatlam yuzaga yaqin bo’lganidan o’tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och 
tusli bo’z tuproqlar shular jumlasidandir.
Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar 
tabaqalashtirilishi, hususan, zararli tuzlar ta’sirini yo’qotish uchun kapital (tubdan) 
va joriy sho’r yuvish qo’llanilishi, bu jarayonda sarflanadigan suv me’yorlari 
tuproqning sho’rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko’ra belgilanishi zarur. Yerlarni 
tekislash va sug’orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo’llash 
muhim ahamiyatga ega.
Yerlarni sho’rsizlantirish uchun sho’r yuvish, zahira suvi va amal-o’suv suvi 
berish me’yorlariga, boshqa agrotehnik tadbirlar tizimiga ham aniqlik kiritilishi 
lozim. Och tusli bo’z tuproqlarda faqat o’rtapishar g’o’za navlarinigina emas, balki 
amal-o’suv davri uzoqroq bo’lgan ingichka tolali go’za navlarini ham ekish, 
parvarishlash mumkin. Masalan, Namangan viloyatida ingichka tolali pahta 


yetishtirilayotgan bunday maydonlar tobora kengaymoqda. Sahro mintaqasida taqir, 
taqirsimon bo’zrang-qo’ng’ir va sahro-qumli tuproqlar shakllangan. Ular tarkibida 
organik modda, yalpi azot juda kam uchraydi. Taqir tuproqlar noqulay fizikaviy 
hususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ivib ketish, sho’rlanganligi, kam suv 
o’tkazuvchanlik, past mikrobiologik faoliyat, umuman olganda, kam unumdorlik 
shular jumlasidandir. Odatda, bu tuproqlar kam yog’ingarchilik tushishi va yuzadan 
ko’p bug’lanishi tufayli sho’rlangan. Taqir va taqirsimon tuproqlar Turkmaniston 
Respublikasi, 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, 
O’zbekistonning 
Horazm, 
shuningdek, Buhoro, Surhandaryo, Qashqadaryo 8 viloyatlari va Tojikiston 
Respublikasining 
pahta 
yetishtiriladigan 
hududlarida 
tarqalgan. 
Sahro 
mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol eroziyasiga chalingan.
Unumdorligini oshirish uchun bunday tuproqlarning fizikaviy hususiyatlarini 
yahshilash, organik modda bilan boyitish, sho’rni yuvish mehanik tarkibi og’ir 
bo’lsa, qum sepish, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli o’tkazish 
kerak. Bu mintaqada, ayniqsa Markaziy Farg’onada, Buhoro, Surhandaryo 
viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi tadbirlarni 
qo’llash zarur. Yuqorida tafsiflari berilgan mintaqaviy tuproqlardan tashqari, 
introzonal, sizob sathi yuza bo’lgan sharoitda shakllangan turli gidromorf tuproqlar 
mavjud bo’lib, ular orasida o’tloq-botqoq, o’tloq-allyuvial, o’tloq-soz va botqoqlar 
ham uchraydi.
Bu tuproqlar bo’z tuproqlar va sahro mintaqalariga hos hususiyatlarini 
saqlagan holda yangi belgilarga ega bo’lganlar: yuza va chuqur qatlamda o’tloqlilik 
hosil kilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan. Sahro mintaqasi, shuningdek, och 
tusli bo’z tuproqlarda kapillyarlar orqali ko’tarilib, bug’lanayotgan suv miqdori 
yogingarchilikda tushgan suvga nisbatan ancha ko’p bo’lganligi bois o’tloq, 
gidromorf tuproqlar yuzasi va chuqur qatlamlari ham sho’rlangan; tuzlar miqdori va 
tarkibi bo’yicha sho’rlanganlik darajasi turlicha-kuchsizdan ancha yuqorigacha, 
ularda shishgan, qatqaloqli-shishgan yoki qatqoqli sho’rhoklar vujudga kelgan.


Bu esa, sahro va bo’z tuproqlar mintaqasi tuproqlari turlicha bo’lishiga olib 
kelgan. Ba’zi yerlarda bunday hilma-hillik shu qadar yuqoriki, bu ularning 
tuprog’ini alohida-alohida tuproq hillari majmualariga ajratishni taqazo etadi. 
Mintaqaning tabiiy tuproqlarida ziroatlar sug’orilishi oqibatida jiddiy o’zgarishlar 
sodir bo’ladi. Uzoq muddat sug’orilgani bois qishloq ho’jaligi ekinlari ham ba’zi 
hududlar tuproqlarida 2 m. va undan qalinroq agroirrigatsion qatlam hosil qiladi. 
Sug’orma dehqonchilik sharoitida yuqorida ta’riflangan tuproqlarning yuza 
qatlami orgnik va oziqa unsurlari, hususan fosfor bilan to’yinadi, fizikaviy 
hususiyatlari yahshilanadi; sho’r yuvishlar ta’sirida o’simliklar uchun zaharli 
tuzlardan halos bo’ladi, zovur tizimi ta’sirida sizob sathi pasayadi. Bularning 
barchasi sug’orma dehqonchilik hududlari tuproqlarining turli-tumanlik doirasini 
kengaytiradi, unumdorligini yanada barqarorlashtiradi. Shuni ham ta’kidlash 
zarurki, asosiy mintaqalarga hos tuproq hillaridan tashqari o’tkinchi bo’z-o’tloq, 
taqir-o’tloq va boshqa hildagi tuproqlar ham mavjud.
Tuproqlar turli-tumanligi yuza yoki ostki qatlamlari mehanik tarkibi, 
qatlamlari yahlitligi yoki qat-qatligi, zahi qochirilganlik darajasiga ko’ra ham ortib, 
boradi. So’nggi yillarda sug’oriladigan yerlarning o’zlashtirilganlik darajasi 
bo’yicha ma’lumotlar ko’proq to’planmoqda. Shu asosda sug’orish, ishlov berish, 
o’g’itlash kabi agrotadbirlar kam unumli tuproqlarga nisbatan yahshi samara 
beradigan yuqori unumli tuproqlar aniqlanmoqda.
Tajribalarni o’tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi, 
ular dastlab mintaqaning eng tipik tuprog’ida joylashtirilishi, shu bilan birga, 9 
ho’jalik yuritish jihatidan ahamiyatli bo’lgan tuproq hillarini ham qamrab olishi 
maqsadga muvofiq. Tajribani joylashrishdan avval dalalarning dehqonchilik tarihi 
bilan tanishish zarur.
Bunda tajriba o’tkaziladigan maydonga o’tgan 3 yil davomida ekilgan ekinlar, 
dalalarning o’t bosganlik darajasi, zararkunandalar va kasalliklar (ayniqsa, vilt) 
manbalari va agrotehnik tadbirlar tizimi bo’yicha farq aniqlanadi. Eng muhimi, 


yuqori me’yorda mineral va argonik o’g’itlar (ayniqsa, fosfor 300-400 kg/ga dan 
ortiqroq) va go’ng (30-40 t/ga dan ko’proq) sepilgan, chuqur shudgorlangan (40 sm) 
va yumshatilgan (50-70 sm dan chuqurroq) variantlar joylashtirilgan yerni belgilab 
qo’yish kerak.
Chunki bu tadbirlarning davomiy ta’miri o’rganilmasa, qo’yilayotgan tajriba 
natijalari noto’g’ri talqin qilinishi mumkin. Bu ta’sirni aniqlash uchun ishlab 
chiqarish sharoitida 1-2 yil davomida muvozanatlashtiruvchi bir yillik ekinlar 
bug’doy, javdar, makkajo’hori ekish zarur. Muvozanatlashtiruvchi ekinlar 
rivojlanishida har hillik kuzatilsa, ularning hosilini aniqlash maqsadida alohida 
hisobga olish, dalaning ola rivojlangan qismi rejadan ajratib ko’rsatilishi shart. 
Sho’rhok dog’lari bor sho’rlangan dala, tajriba o’tkazishga yaroqsiz hisoblanadi.
Notekis relefli yerlarda tajriba qiyalikning bir hil qismi (janubiy, shimoliy, 
g’arbiy yoki sharqiy ekpozitsiya)da joylashtirilishi kerak, chunki ekinlar turli 
qiyaliklarda turlicha rivojlanadi. Tajriba uchun tanlangan dalalar tuprog’ining to’liq 
tipikligiga, yuza qatlamining mehanik tarkibi, haydov qatlami, gumus qatlami va 
pastki qatlamlarning bir hilligiga ishonch hosil qilish uchun batafsil o’rganilishi 
kerak. Tanlangan dala tuproqlaridan uzoq muddat davom ettiriladigan tajriba 
qo’yishdan avval 1,5-2 metrgacha yoki sizob sathigacha chuqurlikdan, agar u (sizob) 
2 m. atrofidagi chuqurlikda bo’lsa, kavlab kesmasi morfologik tavsif etilib, 
namunalari genetik qatlamlar bo’yicha olinadi.
Bu namunalarga asosan barcha qatlamlardagi tuproq tarkibida mavjud bo’lgan 
gumus, yalpi NPK oziqa moddalari, nitratlar, amiyak, harakatchan P2O5 va 
almashinuvchi K2O miqdorlari, shuningdek, uning mehanik tarkibi va hajm massasi 
aniqlanadi. Kesmalar genetik qatlamlari (gorizontallari) tekshirilishi natijasida 
olingan dalillar asosida tajriba, uchun tanlangan dala tuprog’ining tipikligi va hili 
mo’ljaldagi mosligi, tajriba joylashadigan paykal chegarasidagi sharoitlar bir hilligi 
aniqlanishi zarur. Buning uchun paykal har 40-50 m.da muayyan izlanish (marshrut) 
bo’yicha kuzatiladi va har bir yo’nalish (marshrut) bo’yicha shunday masofada 50-
60 sm li chuqurcha kavlanadi. Iloji bo’lsa, tajriba olib boriladigan dalaning 5 nuqtasi 


(konvert shaklida) yoki 3 nuqtasi (dioganal bo’yicha) haydov va haydov osti 
qatlamlaridan tuproq namunalari olinib, bir hil qatlamlar tuproqlari aralashtirilib, 
bitta o’rtacha namuna hosil qilinadi.
Bu amal dalaninig haydov va haydov osti qatlami faqat tuproq kesmasi 
bo’yichagina emas, balki shu qatlamlardagi gumus va azot, fosfor va kaliyning 
harakatchan shakllari miqdori bo’yicha ham bir hilligi ishonch hosil qilish uchun 
o’tkaziladi. Agar dalaning tuproq sharoiti bo’yicha hech qanday gumon paydo 
bo’lmasa, u tajribani joylashtirish uchun to’liq yaroqli, degan hulosaga kelish 
mumkin.
Ko’p yillik dala tajribasi davomida olingan barcha tuproq namunalari shu 
tajriba nihoyasiga yetkazilgunga qadar saqlab qo’yiladi. Tahliliy ma’lumotlarda 
uchrashi mumkin bo’lgan u yoki bu hatoni bartaraf etish uchun shunday qilinadi. 
Zarurat tug’ilsa, tajriba qayta o’tkaziladi. Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari 
hilma-hil bo’lsa, u holda mo’ljaldagi tajriba bir hilroq maydonga ko’chirilishi, 
shuningdek tajriba dalasini suv bilan ta’minlash va agrotehnik tadbirlar tizimini 
muddatida va sifatli amalga oshirish choralari ko’rilishi zarur. Yuqorida qayd etilgan 
sharoitlarga to’liq rioya qilingandagina tajriba uchun dala to’g’ri tanlanganligiga va 
muvaffaqiyatli o’tkazishga ishonch hosil qilish mumkin. 

Download 146,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish