Ёнгинни кул ва механизациялаштирилган сув билан учиришга мулжалланган машина ва аппаратлар
Кул билан учиришга мулжалланган аппаратлар ва асбоблар гидропульт – пакир, гидропульт – стремянка в акул насосолари киради.
Гидропульт – пакир – 1,5 л пакир. Дифференциал насос ва ствол билан таъминланган резинали рукавалардан иборат. Уни иш унумдорлиги 6 л/мин. Тенг, сув 10 м га берилиши мумкин.
Гидропульт – стремянка кичик кул поршенли дифференциал насосдан иборат. Унда икки киши ишлаши керак.
Центробежный насос – ПН 1200 тоза сувни утказиб беришга хизмат килади, уни унумдорлиги 200 л/мин га тенг.
Ёнгин – мотопомпалар – ёнгинда ишлайдиган мотор ва йентробеж насосидан иборат, унинг унумдорлиги 600 – 1200 л/мин га тенг.
O’t o’chirgichlar yong’inni boshlang’ich fazasida o’chirish uchun ishlatiladi. Ular sig’imi, o’t o’chirish moddasi, o’t o’chiruvchi moddani chiqarish usuli bo’yicha turlicha bo’ladi.
Ximiyaviy ko’pikli o’t o’chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong’inini o’chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o’t o’chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko’pik karraligi 5 ga teng bo’lganda 60 sek ni tashkil etadi. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l, zaryadlari ishqorli va kislotali kismdan iborat. Ishqorli qismi 450…460 gr bikorbanatnatriy va qizilmiya ildizi ekstraktining suvdagi aralashmasida, kislotali qismi-15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o’t o’chirgichlarning korpusi foydalanilgandan 1 yil o’tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir partiyadagi o’t o’chirgichlarning 25 %). Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan keyin esa 100 % o’to’chirgichlar sinovdan o’tkaziladi.
Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko’lda olib yuriladigan o’t o’chirgichlari: OVP-100, OVPU-25 markali yuqori karrali statsionar o’t o’chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko’pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
Uglekislotali o’t o’chirgichlar turli xil moddalar materiallar, elektr qurilmalaridagi yong’inni o’chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (SO2) foydalaniladi. Bunday o’t o’chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o’t o’chirgichlar kiradi. Ular tortib ko’rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo’lsa (mos holda, OU-2, OU-5, OU-8 o’t o’chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi.
Uglekislotali - brometilli o’to’chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. Ularning hajmi 3,2 va 7,4 l bo’lib, brometil va kislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi qo’lda olib yuriladigan o’t o’chirgichlarini ta’sir etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir.
Kukunli o’t o’chirgichlar OP-1, ,,Moment", OP-2A, OP-10A, OP-100, OP-250 va SI-120 markali bo’lib, ular uncha katta bo’lmagan yong’inlarni o’chirishda ishlatiladi. OP-1 va ,,Moment" o’t o’chirgichlaridan avtomobillar va kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi.
OP-10A o’t o’chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog’och va plastmassalardagi yong’inlarda ishlatiladi.
SI-2 ko’chma o’t o’chirgichi neft’ mahsulotlari, metalloorganik birikmalar va shu kabi boshqa moddalar yonishini o’chirishda, SJB-50 va SJB-150 o’t o’chirgichlari tok ta’siridagi elektr qurilmalar yong’inini o’chirishda hamda aerodrom xizmatidagi o’t o’chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi.
a) OXP-10 (KKO’-10), o’t o’chirgichi:
1-qobiq; 2-dastak; 3-stakan; 4-klapan; 5-stakandan chiqish teshigi; 6-ishga tushirish dastagi; 7-shtok; 8-sachratgich; 9-tiraluvchi (zapornaya) membrana.
b) OXVP-10 (KXKO’-10) o’t o’chirgichi:
1-qobig’; 2-stakan; 3-klapan; 4-chiqish teshigi; 5-ishga tushirish dastasi; 6-to’siq membrana; 7-sachratgich; 8-havoni ejektrlovchi tuynuk; 9-ko’piklatuvchi moslamasini qobig’i; 10-setka (to’r).
v) OU-2 (UO’O’-2) o’t o’chirgichi:
1-ballon; 2-sifonli trubka (quvur) 3-saqlagich membrana; 4-klapan; 5-shtok; 6-ishga tushiruvchi moslama (kulisa); 7-ishga tushirgich dasta (richag); 8-halqali saqlagich, cheka; 9-kengaytirgich quvur (rastrub)
Ishlab chiqarish binolari uchun talab etiladigan o’t o’chirgichlar soni quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |