2- TAJRIBA ISHI.
BIR NECHTA E.YU.K.LI ELEKTR ZANJIRLARINI TEKSHIRISH.
1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.
a) Bir nechta EYUKli elektr zanjirlarini tajribada tekshirish va ularning hisoblashni o`rganish.
b) Potentsial diagramma qurishni o`rganish.
v) Tajribada ustma-ustlash usulida toklarni hisoblashni tekshirish.
2. Nazariy qism.
Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan va tarmoqlangan zanjirlarga bo`linadi. 3.1.a-rasmda oddiy tarmoqlanmagan elektr zanjiri tasvirlangan sxemani hamma elementlaridan bir xil tok oqadi, chunki bu elementlar ketma-ket ulangan.
Oddiy tarmoqlangan elektr zanjiri 2.1. b-rasmda ko`rsatilgan. Bu sxema ikki tugun va uchta tarmoqdan iborat. Sxemaning har bir tarmogida o`zining toki oqadi. Bunday sxemalarda toklarni va potentsiallarni hisoblash Om va Kirxgof qonunlariga asoslangan holda bajariladi. Potentsial diagramma deganda, yopiq kontur yoki zanjirni ma'lum bir qismi bo`ylab potentsialning taqsimlanish grafigi tushuniladi. Grafikning absissa o`qiga zanjir ketma-ket qismlarining ketma-ketligi tartibi bo`yicha qarshiligi quyiladi va shu tartibda ordinata o`qiga zanjir nuqtalarining potentsiallari quyiladi.
Potentsialni aniqlash uchun odatda nuqtaning potentsiali nol deb olinadi (shu nuqta yerga ulangan deb faraz qilinadi).
Ustma-ustlash usulida chiziqli elektr zanjirini hisoblashda quyidagicha foydalaniladi:
Oldin bitta EYUK hosil qiladigan tarmoqlardagi toklar alohida hisoblanadi, keyin esa har bir EYUK hosil qiladigan xususiy toklar hisoblanadi. Qoldirilgan EYUKdan boshqa EYUKlarni ichki qarshiligi sxemada qoldirilib (qisqa tutashtirilib) o`zlari sxemadan uzoqlashtiriladi. Tarmoqlardagi haqiqiy toklar alohida topilgan xususiy toklarni algebraik qo`shish orqali aniqlanadi.
3. Tajriba ishini bajarish tartibi.
3.1. Bir nechta EYUKli tarmoqlanmagan zanjirni o`rganish. 2.2-rasmda tasvirlangan elektr sxemasi yig’iladi.
Oldin ampermetr va voltmetrlar usullari orqali reostatlarni surgichini ixtiyoriy holatida kuchlanish va toklar o`lchanadi. Har bir EYUKning kattaligini ham o`lchash zarur. EYUK manbalari mos ulangan holda o`lchashlar bajariladi va bitta EYUK sxemadan uzoqlashtirilgan holda o`lchashlar bajariladi va 2.1-jadvalga yoziladi. Olingan o`lchashlar asosida toklarning hisobiy qiymatlari topiladi va tajriba natijalari bilan solishtiriladi, xatoliklar baholanadi.
Hisoblash va tajriba natijalariga tayanib quyidagi xulosalar chiqariladi:
-tajriba va hisoblashlar natijalarini bir-biridan farq qilish sabablari;
-tarmoqlanmagan zanjirga berilgan EYUK bilan alohida EYUKlarning kattaligini va yo`nalishi orasidagi munosabatlar;
-zanjirdagi EYUKlarning yigindisi bilan zanjir qismlari kuchlanishlar tushuvlarining orasidagi munosabatlar.
Potentsial diagramma qurish.
3.1-punktdagi hisoblash natijalaridan foydalanib va 2.2-rasmdagi elektr zanjiri uchun EYUK manbalarining ichki qarshiliklarini hisobga olmasdan sxemadagi barcha nuqtalarning potentsiallari hisoblansin.
Elektr zanjirining barcha nuqtalarini potentsiallari voltmetr yordamida o`lchansin va hisoblash natijalari bilan solishtirilsin. Tajriba va hisoblash natijalari jalvallarda ko`rsatilsin. Ikkala kuzatish bo`yicha potentsial diagramma qurilsin va potentsial diagrammaning amaliy ahamiyati bo`yicha xulosa chiqarilsin.
2.1-jadval
O’lchashlar
|
Т
№
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
А
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
V
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |