tajriba ishi №2
ISHLAB CHIqARISHDA SHOVqIN O‘LCHAMLARINI ANIqLASH.
Ishning maqsadi
Talabalarni o‘lchov asboblari yordamida ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan shovqin o‘lchamlarini aniqlashga va sanitariya me’yorlari bilan solishtirib tahlil qilishga, xulosalar tayyorlash va shovqin darajasini kamaytirish bo‘yicha zarur texnik tadbirlarni ishlab chiqishga o‘rgatishdan iborat.
Bajarish uchung topshiriqlar:
1. SHovqinni o‘lchash asbob-uskunalari bilan tanishish va ularni ishlatish tartibini o‘rganish va o‘qituvchi savollariga javob berish;
2. Tajriba uskunalarini tajriba o‘tkazishga tayyorlash.
3.SHovqinga qarshi to‘siqlarni tovush to‘lqinlarini yutish darajasini aniqlash;
4.Tajriba natijalarini sanitariya me’yorlari bilan solishtirib, tahlil qilish;
5. Mavjud tartibda hisobot yozib, xulosalar va ish sharoitini yaxshilash borasida zarur texnik tadbirlarni tavsiya qilish.
Umumiy ma’lumotlar.
Zamonaviy texnik taraqqiyot davrida inson salomatligi uchun o‘ta havfli bo‘lgan shovqindan himoyalanish muammolari dolzarb masalalar qatoriga kiradi. SHovqin odamning eshitish a’zolariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni qisman yoki butunlay eshitish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Asab tizimi markazi hisoblanmish miya va yurak-qon tomirlari hamda, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini buzilishiga, va natijada surunkali asab (nevrit) kasalligini paydo bo‘lishiga olib keladi. SHovqinning sanitariya me’yoridan oshib ketishi, asabni tez toliqishiga zamin tayyorlaydi va organizmda modda almashinish faoliyatini buzilishiga, ish unumdorligini pasayishiga, brakni ko‘payishiga hamda baxtsizlik xodisalarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari yuqori darajadagi shovqin ba’zi ishlarni bajarishda mehnat samaradorligining pasayishiga olib keladi. SHu munosabat bilan shovqin darajasini kamaytirish, insonni shovqindan himoya qilish–juda muhim vazifa hisoblanadi.
SHovqin har xil uzunlikdagi to‘lqin va amplitudalarning yig‘indi tebranishlaridan iborat bo‘lib, uning sanitariya me’yorlaridan oshib ketishi, odam organizmiga salbiy ta’sir etishiga sabab bo‘ladi. qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqaladigan tovush to‘lqinlarini hosil qilib titraydigan, tebranadigan jismlar shovqin manba’lari bo‘lishi mumkin, inson ularni tovush to‘lqinlari sifatida qabul qiladi. SHunday tebranishlarning fizik qiymatini o‘rtacha kvadratik ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular tovush amplitudasi A va tebranish davriyligi f (bir sekunddagi tebranish soni), Gs bilan ifodalanadi. Insonning eshitish a’zolari 16 da 20000 Gs oralig‘dagi tovush to‘lqinlari davriyligini qabul qilish imkoniyatiga ega. Tovushning 16 Gs dan past chegarasini infratovush va 20000 Gs dan yuqorisini ultra tovush to‘lqinlari deb yurtiladi va bizning eshitish a’zolarimiz ularni qobul qilish imkoniyatiga ega emas. Odam organizmini eshitish qobiliyati 1000 Gs dan 3000 Gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini juda yaxshi qabul qiladi.
Tovush maydoni deb, tovush to‘lqinlarini havoda tarqalish chegaralariga aytiladi. Tovush to‘lqinlari havoda kuchayib, atmosfera bosimiga nisbatan davriy ravishda bosimining ortishiga yoki kamayishiga olib keladi. To‘la bosim oniy qiymati bilan o‘rtacha bosim orasidagi farq tovush bosimi deb yuritiladi va R bilan belgilanib N/m2 birligida o‘lchanadi.
Tovush to‘lqinlari o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha akustik energiyani bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi bilan ifodalanadi. Havo muhitining har bir nuqtasida ma’lum bosimli tovushni tarqatuvchi zarrachalar, muayyan tovush tezligi ta’siri ostida tarqaladi. Tovush to‘lqinlarining havoda tarqalish jarayonida ularning quvvati muayyan yo‘nalishga qarab kuchayadi. SHunda uning quvvati yuza birligiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi va quyidagicha ifodalanadi:
(Vt/m2)
Bunda, R- tovush bosimining vaqt birligidagi qiymati, Pa;
S- tovushni tarqalish tezligi, m/s;
γ-muhitning zichligi, kg/m3;
Sγ –muhitning solishtirma nisbiy qarshiligi, masalan havo uchun 410 Pa.s/m ga teng.
Inson qulog‘i tovush to‘lqinlarining quyi chegarasi – eshitish bo‘sag‘asi-16 gs.dan to og‘riq chaqiruvchi yuqori chegarasi-20000 gs.gacha bo‘lgan katta qismini qabul qila oladi.
YUqori chegaradagi tovush to‘lqinlarining yuza bo‘ylab tarqalish quvvati quyi chegaranikiga nisbatan 1018 marotaba kattadir. SHu sababli inson eshitish a’zosining tovush bosimi va quvvatining nisbiy miqdoriga, akustika fanida ularning nisbiy logarifmik darajasi “L” va uning birligi sifatida bel (Bl) qabul qilingan. Bel, bu tovush quvvatining quyi chegarasi qiymatiga nisbatining o‘nlik logarifmiga teng.
(dB)
Bunda Jm – manbadan chiqayotgan tovush quvvati, Vt / m2;
J0 – 1000 Gs davriylikdagi tovush to‘lqinlarining eshitilish bo‘sag‘asidagi quvvati, J0 =1014 Vt/m2.
Tovushning bosim darajasi akustik hisoblashda Belning 0,1 bo‘lagini eng kichik o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan va detsibel (dB) deb ataladi, ya’ni 1Bl=10 dB, 10 Bl=100 dB va hokazo. Tovushning o‘rtacha logarifmik bosim darajasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(dB)
Bunda Rm-manbadan chiqayotgan tovushning bosimi, N/m2;
P0-tovushning eshitish bo‘sag‘asidagi qiymati, 2x10-5 N/m2.
SHovqin, tovushning quvvati va davriylik qiymatlari yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, uning grafik tasviri tovushning spektri deyiladi. Bir hil bosimdagi harxil davriylikdagi tovushlar insonning eshitish a’zolariga harxil ta’sir etadi. Buni qurilish inshootlarini loyixalashda hisobga olinib, ularni davriyligiga qarab tovushni yutuvchi ashyolar ishlatiladi.
Tovush spektrlarini shovqin analizatorlari yordamida, ma’lum tovush to‘lqinlarini o‘tkazuvchi filtrlar yordamida aniqlanadi. Filtrlar orqali ma’lum davriylikdagi, quyi chegarasi f1, yuqori chegarasi esa f2 belgilanib, o‘rtacha geometrik qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
F o‘r =√ f1* f2 (4)
SHovkinni chiziqli xarakteristikasidagi bosim darajasini 63 dan 8000 Gs gacha bo‘lgan davriylik aktava yo‘laklarida o‘lchanadi.
SHovqinni aktavalar bo‘yicha chiziqli tavsifiga binoan o‘rtacha davriylik chegaralari 63 dan 8000 Gs gacha belgilangan.
Jadval №20.
Aktavalarning
tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
O‘rtacha aktava
davriylik
chegaralari, Gs
|
63
|
125
|
250
|
500
|
1000
|
2000
|
4000
|
8000
|
Aktava yo‘laklarida davriylik chegarasi, Gs
|
45-
90
|
90-
180
|
180-
355
|
355-
710
|
710-
1400
|
1400-2800
|
2800-5600
|
5600-11200
|
Qurilish sanoati korxonalarida shovqinni o‘lchash uchun xozirgi kunda ko‘plab shovqin o‘lchagich asboblari foydalanib kelinadi. SHulardan, ISHV-1, ISHV-2, SH-63, SH-71, VSHV-003-M2 (rasm 25) va boshqa xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan asboblarni aytish mumkin. Bu asboblarning deyarli xammasi tovush to‘lqinlarini elektr (tebranma) zaryadlariga aylantiruvchi mikrofon, ovoz kuchaytirgich va raqamli yoki millik indikator o‘lchov moslamalari to‘plamidan iborat.
Rasm 25. VSHV-003-M2 rusumli shovqinni o‘lchash asbobi.
Ish joylarida shovqin ta’sirini kamaytirish usullari. YA’ni shovqinni me’yordan kam bo‘lgan holatiga keltirish tadbirlari asosan 3 xil bo‘ladi:
1).SHovqin darajasini manbalarning o‘zida kamaytirish;
2).SHovqin yo‘lini to‘siqlar yordamida pasaytirish (shovqindan himoyalanish);
3).Xona devorlarini tovush yutgich materiallar bilan yopib akustik pardozlash.
SHovqinni manba’larda kamaytirish asosan dastgoxlarni loyihalashda amalga oshiriladi. Uning uchun tishli uzatmalardagi oraliq, tirqishlarni barham topishi, metaldan yasalgan detallarni plastmassa bilan almashtirish, o‘z vaqtida ta’mirlash va moylab turish, sirpanib ishqalanuvchi podshibniklarni dumalanib ishqalanuvchi podshibniklar bilan almashtirish va hokazolar kiradi. Biroq loyihalarda ushbu tadbirlarni barchasini mukammal bajarish qiyin.
SHovqindan ihotalanish. SHovqinning asosiy qismi havo bo‘ylab tarqaladi. SHu boisdan uning yo‘liga biror to‘siq qo‘yilsa ma’lum darajada bosimini kamaytirish mumkin bo‘ladi. SHunday to‘siqlar yordamida shaovqindan ihotalanishning mohiyati shundan iboratki, unga kelib urilayotgan tovush to‘lqinlarining ko‘proq qismi undan qaytadi, bir qismi esa yutiladi va faqat ozgina qismi undan o‘tadi. Tovushning to‘siqda yutilishi, tovushning yutilish koeffitsenti “τ” bilan aniqlanadi. U to‘siqdan o‘tayotgan tovush quvvatini (Ro‘ta), manba’dan chiqayotgan tovush, ya’ni to‘siqqa tushayotgan tovush quvvatiga (Rtush) nisbati bilan aniqlanadi.
Tovushni to‘suvchi to‘siqning samaradorligi (dB) quyidagicha aniqlanadi.
Tovushni to‘suvchi to‘siqlar bir va ko‘p qavatli bo‘lishi mumkin. Birxil materiallardan tayyorlangan to‘siqlardagi tovush yutilish koeffitsentini (R) quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin.
R= 20 lg(Gf)- 60
bunda G -himoya to‘sig‘ining massasi, 1m2/kg;
f -tovushto‘lqinlarining davriyligi, Gs.
SHovqinni yutilish samaradorligi. SHovqin har qanday materiallardan o‘tish davrida uning zichligi va qalinligiga qarab yutiladi va ishqalanish natijasida issiqlik energiyasiga aylanadi. Bino va inshootlarda shovqinni kamaytirish maqsadida orasi g‘ovak materiallardan ishlangan harxil shovqin yutuvchi to‘siqlar pardozlash davrida ishlatiladi. Materiallardagi shovqinni yutilish samaradorligi (ΔL) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi va dB bilan ifodalanadi.
Bunda A1 va A2 –bino devoriga tovush yutgich qoplamasi qo‘yilmasdan oldin va qo‘yilgandan keyingi umumiy shovqinni yutilish samaradorligi, m2.
A1= akop* S
Bunda akop–qoplamaning tovushni yutish koeffitsenti;
Tovush yutilish koeffitsenti akop= 0,1 deb qabul qilinadi.
S-sinalayotgan qoplamalarning yuzasi, m2.
A2= A1 + ΔA
Bunda ΔA - qoplama qo‘yilgandan keyin, tovushni yutilish miqdori, m2.
ΔA = akop* Skop
Bunda akop-qoplamaning tovush yutish koeffitsenti;
Skop-binoga qo‘yilgan tovush yutuvchi qoplamaning yuzasi, m2.
Binodagi shovqinning pasayish darajasini quyidagicha ifodalash mumkin:
)
Binolarda o‘rnatiladigan shovqin yutuvchi qoplamalar manbadan chiqayotgan shovqinni umumiy miqdoridan 6-8 dB ga kamaytiradi, shovqin chiqaruvchi manbaga yaqin joylarda esa 2-3 dB ga kamaytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |