Tajriba ishi № Turbo Paskalda bеrilganlarning bir o’lchоvli massivlariga doir masala-lar yechish ko`nikmalari hosil qilish



Download 16,28 Kb.
Sana18.06.2021
Hajmi16,28 Kb.
#69273
Bog'liq
8 Tajriba ishi



Tajriba ishi № 8.

Turbo Paskalda bеrilganlarning bir o’lchоvli massivlariga doir masala-lar yechish ko`nikmalari hosil qilish.
Ishdan maqsad: Turbо Paskalda bеrilganlarning bir o’lchоvli massivlariga doir masala-lar yechish ko`nikmalari hosil qilish.
Nazariy qism:

Paskal tilida ishlatiladigan maʼlumotlar 2 turga, oddiy (real, integer, boolean, char qayd qilingan va chegaralangan) va murakkab turdagi maʼlumotlarga (muntazam turdagi maʼlumotlar, yozuvlar, faylli turlar, toʼplamlar va koʼrsatkichli turlar) boʼlinadi. Oddiy turdagi maʼlumotlarning boshqa turdagi maʼlumotlardan asosiy farqlanuvchi belgisi ularning tartiblanganligi va yaxlitligidadir, yaʼni masalan integer toifasiga mansub ixtiyoriy kattalik alohida raqamlarga boʼlinmaydigan yaxlit kattalikdir (integer toifasidagi kattalik sifatida bitta butun son tushuniladi). Lekin sonli oʼqning ixtiyoriy boʼlagini butun sonlar ketma – ketligi deb qarasak, u holda shu ketma – ketlik i- chi raqam toʼgʼrisida gapirish, bu elementlar (butun sonlar) toʼplamiga «butun son» degan umumlashtiruvchi nom berish mumkin.


Paskal tilida bunday kattaliklarni maʼlumotlarning muntazam toifasi koʼrinishida ifodalash mumkin. Umumiy nomga ega, tartiblangan kattaliklar ketma – ketligi muntazam toifadagi maʼlumotlar yoki massivlar deb yuritiladi. Ularning tashkil etuvchilari massiv elementlari va elementlari toifasi bazaviy toifa deb nomlanadi. Masalan, quyidagi tartiblangan haqiqiy sonlar ketma – ketligi

1.5, 14.7, - 5.0, 8.5, 0.45


Haqiqiy sonlar massivi, bu massivning bazaviy toifasi esa haqiqiy (real) toifadir.

Massiv tushunchasini А(5) = a1, a2, a3, a4, a5 – umumiy nomga ega va bir toifadagi qoʼzgʼalmas kattaliklar ketma – ketligidan iborat boʼlgan sonli vektor misolida tushuntirish mumkin.

Bu yerda a1, a2 - massiv elementlaridir. Ularni ifodalashda koʼrsatkichli (indeksli) oʼzgaruvchilardan foydalaniladi.

Matematika kursidan maʼlumki. Koʼrsatkich (indeks) oʼzgaruvchanligining tartiblangan ketma - ketlikdagi oʼrnini bildirib, qavslar ichiga olinib yoki massiv nomidan bir muncha pastda koʼrsatilar edi, masalan А(1) yoki А1, umumiy holda esa А1,bu yerda I = 1,2,3,…,n.


Paskal tilida oʼzgaruvchining koʼrsatkichi toʼrtburchak qavslar ichiga olinib yoziladi, yaʼni

А [1]=1.5, A[2]=14.7, A[3]=5.0, A[4]=8.5, A[5]=0.45.


Аgar dasturda massiv ishlatilayotgan boʼlsa, u holda uni oʼzgaruvchilar boʼlimi VAR yoki toifalar boʼlimi TYPEda tavsiflash zarur, masalan, VAR boʼlimida massiv quyidagi koʼrinishda tavsiflanadi:

VAR :Array [] OF ;

Bu yerda ixtiyoriy identifikator, Аrray (massiv) va OF (-dan) – xizmatchi soʼzlar, – koʼrsatkichli ifoda, bu toifa qiymatlari massiv elementlarining sonini belgilaydi va koʼrsatkichlarni yozish uchun ishlatiladigan belgilarni koʼrsatadi, shuning uchun bu toifa sifatida REAL va cheklanmagan INTEGER toifasidan tashqari barcha oddiy toifalarni ishlatish mumkin, - massiv elementlarining toifasi boʼlib, bu toifa sifatida fayl va toʼplam toifasidan boshqa barcha toifalarni ishlatish mumkin.

Yuqorida koʼrib oʼtilgan А vektorini massiv koʼrinishda dasturda quyidagicha tavsiflash mumkin:

VAR A: ARRAY [1..5] OF REAL;

Indeks sifatida faqat aniq son emas, qiymati massiv elementining tartib raqamini belgilovchi ifoda ham ishlatilishi mumkin, masalan, A[I+5], B[I div (J+5)], C[n1 or n2], YEAR[1988] va hakoza. Koʼrsatkichli ifoda qiymatining toifasi massiv elementi koʼrsatkichining toifasi deyiladi va bu toifa qiymatlarining toʼplami massiv elementlarining sonini va ularnng tartiblanganligini aniqlovchi toʼplam boʼlishi kerak. Quyida koʼrsatkich toifasi sifatida Paskalda ishlatilishi mumkin boʼlgan toifalar bilan tanishamiz.

Maʼlumki, Paskalь tilida INTEGER va REAL toifasidagi maʼlumotlar toʼplami cheklanmagan, REAL toifa esa shuningdek tartiblanmagandir ham. Shu sababli koʼrsatkich toifa sifatida INTEGER va REAL toifasiga mansub maʼlumotlardan foydalanish mumkin emas, yaʼni quyidagicha yozish mumkin emas:
VAR A: ARRAY [5] OF REAL;

C: ARRAY [INTEGER] OF REAL;

B: ARRAY [1.20..1.45] OF INTEGER;

Koʼp hollarda koʼrsatkich toifasi sifatida chegaralangan toifa, koʼpincha chegaralangan butun toifa maʼlumotlari ishlftiladi. Masalan, 100 ta haqiqiy elementlardan iborat massiv quyidagi koʼrinishda tavsiflanishi mumkin:

VAR A: ARRAY [1..100] OF REAL;

Bu yerda 1 dan 100 gacha chegaralangan butun toifa А massiv elementlari soni yuzta ekanligi va ularning tartiblanganligini (birinchidan yuzinchigacha) bildiradi.

Toʼgʼri tavsiflangan massivlarga misollar:
VAR MASSIV: ARRAY [-745..-1] OF REAL;

YEAR: ARRAY [1477..1988] OF CHAR;



L: ARRAY [BOOLEAN] OF CHAR;

A,B,C: ARRAY [1..50] OF REAL;
Download 16,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish