Usulning mohiyati: gips bog’lovchining suv bilan yondashuvi boshlanishidan qorishmaning qotish boshlanishi va tugallanishi o’rtasidagi vaqtni aniqlash.
Kerakli asbob-uskunalar: Vika asbobi (to’la jihojlari bilan), igna (l=64 mm, d=1,1 mm), kesik konusli halqa (balandligi 405 mm, yuqori diametri 655 mm, pastki diametri 755 mm), plastinka (tomonlari -100x100 mm), sopol kosa, o’lchamli shisha idish (0,5-1 l), analitik torozi va toshlar, kurakcha, standart elaklar to’plami, pichoq, sekundomer, mashina moyi, turg’un vaznli gips namunasi.
Tajribani boshlashdan oldin asbob sterjenini erkin tushib chiqishi hamda qo’zg’aluvchan qismining nol holati tekshiriladi (agar strelka nol chizig‘ida bo‘lmasa uni nol chizig‘iga olib kelinadi). Su bilan birga qorishma konusga joylashtirilgach ichidagi havo chiqarilishiga erishish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |