Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


rasm. Almashtiriladigan jadval (Substitution table)



Download 0,66 Mb.
bet53/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

rasm. Almashtiriladigan jadval (Substitution table)


Masalan, darsda leksik materialni o‘rganilishi quyidagi jadval asosida osonlashtiriladi va uyga vazifa sifatida ota-ona va aka-ukalar haqida gaplar tuzish va yozish topshirig‘i beriladi (3-rasmga qarang):
Ushbu jadval mashqning oson va muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash vositasi vazifasini o‘taydi. Ya’ni, o‘quvchi mustaqil bajara olmaydigan topshiriqni ushbu vosita, ya’ni jadval ko‘magida uddalay oladigan bo‘ladi. Bunda jadval topshiriqning oson va to‘g‘ri bajarilishida o‘quvchi uchun havoza vazifasini o‘taydi. Ingliz tili ta’limining dastlabki bosqichlarida struktural nutq bo‘laklarini va ma’lum talaffuz elementlarini almashtiriladigan jadvallar ko‘magida mashq qilish maqsadga muvofiqdir.
Ingliz tili o‘qitish amaliyotida Scaffolding mashq bajarish jarayonini osonlashtirish va mazkur jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizlikning oldini olish maqsadida o‘rnatiladi. Ushbu maqsadni amalga oshirishning samarador vositasi sifatida almashtiriladigan jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki almashtiriladigan jadvallar xato qilishdan qo‘rqish sababli vujudga keladigan jur’atsizlanishning oldini oladi. O‘quvchilar o‘zlarini himoyalangan his qilishadi. Bu esa o‘z navbatida mashg‘ulotlarni stressdan xoli vaziyatda o‘tkazilishini ta’minlaydi. Umuman olganda, xorijiy adabiyotlarda uchraydigan scaffolding atamasini kompetensiyalar egallanishini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan pedagogik yordam, ko‘mak va vosita sifatida tushunish mumkin.
Dastlab tilga oid fonetik, leksik va grammatik kompetensiyalar egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar bajarilishini osonlashtirish haqida fikr yuritamiz. Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti va umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturiga muvofiq boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning asosiy amaliy maqsadi kommunikativ kompetensiyaning boshlang‘ich A1 darajada egallanishini ta’minlashdir. Amaliy maqsadga lingvistik (nutqiy va til), sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarning egallanishi orqali erishiladi.
DTSga muvofiq lingvistik kompetensiya nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv) va til kompetensiyasidan (leksik, grammatik, fonetik kompetensiyalar hamda grafika va orfografiya) iborat. O‘quv dasturida ushbu maqsaddan kelib chiqib, o‘qitish mazmunining ikki jihati farqlangan: nimani (til materialini) o‘rgatish va nima qilish (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)ni o‘rgatish. Ya’ni til materiali (leksika, grammatika, talaffuzni)ni o‘rganish va o‘rgatish orqali nutq faoliyat turlaridan ko‘nikma va malakalarga mansub kommunikativ (axborot almashish) kompetensiyaning egallanishi ta’minlanadi.
Lingvistik kompetensiya egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar o‘z navbatida til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv) bo‘yicha ko‘nikmalar egallanishida, sotsiolingvistik kompetensiyalar egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar sinf diskursi hamda kundalik vaziyatlardagi sodda muloqot modellarini o‘rganish, O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyati haqida asosiy madaniyatlararo ma’lumotlarni egallash, tilga oid dastlabki ko‘nikmalarni mustahkamlashda, pragmatik kompetensiyalar egallanishini ta’minlovchi mashqlar esa chet tilda bayon etilgan fikrning oshkora va yashirin (biron bir axborot yoki fikrni etkazish, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, uzr so‘rash, tabriklash, shikoyat) maqsadlarini idrok etib tushunish va ulardan foydalana olishga o‘rgatishga xizmat qiladi. Quyida tilga oid va nutqiy kompetensiyalarning egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlarni alohida ko‘rib chiqamiz.
O‘qituvchi yoki diktorga taqlid qilish (choral repetation, chain drill, repetition drill), so‘zlarning shaklini o‘zgartirib aytish (substitution drill), nuqtalar o‘rniga mos (artikl, predlog, modal fe’l, olmosh) so‘z qo‘yib gaplarni to‘ldirish (fill in the gaps) mashqlari leksik, grammatik va fonetik kompetensiyalar egallanishida muhim ahamiyatga ega.
TPR (Total Physical Responce), Simon Says, Look and say, Bingo, Chinese whispers, Mime and gesture, Role play, Act out, Listen and draw, Cued dialogue kabi mashqlar nutqiy kompetensiyalarning egallanishiga xizmat qiladi.
Nutq namunasi asosida ingliz tili o‘qitish, til mashqlarini nutq amaliyoti bilan bog‘lash va og‘zaki nutqning ilgarilashi boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitishning metodologik tamoyillari sifatida ko‘rib chiqildi. Ingliz tilida og‘zaki nutq shaklini o‘rgatishda (ruhshunoslikda «verbalizatsiya» tamoyilida) nutq namunasini o‘zlashtirishdan ish boshlanadi.
Boshlang‘ich ta’limda leksika, grammatika va talaffuz birliklarining nutqiy namunalarda o‘zlashtirilishini ommaviylashtirish maqsadga muvofiq amallardan sanaladi. Jahon metodikasida nutq namunasi ingliz tili o‘qitish birligi sifatida tan olingan. (Turli mualliflar ushbu atamani o‘zlari istagan so‘zlar bilan yuritishadi: struktura, konstruksiya, model, tipovoy gap/jumla, lexical phrases, formulas, routines, pre-fabricated patterns, formulaic chunks, gambits, speech patterns, ready made sentences, prifabricated sentences, multiword lexical units, lexical collocations, fixed/semi-fixed expressions,institutionalized utterances).
Ingliz tili o‘qitish amaliyotida drilling, ya’ni til kompetensiyalarining egallanishiga mo‘ljallangan takrorlash va taqlid qilish (imitatsion) mashqlari ommalashgan. Ular til hodisalarining shakliy (formal), ma’noviy (semantik), qo‘llanish (funksional) qiyinchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Bunday mashqlarda bir yoki ikki til shakli (grammatik yoki fonologik strukturalar) o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida va nazoratida bir necha marotaba takrorlanadi. Bunday mashqlar asosida imitatsion (taqlid qilish) o‘yinlarini tashkil etish mumkin.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish