Ta’Iim jarayonini loyihalashtirish
Ta’Iim jarayonini loyihalashtirishda quylgan maqsadlar
Pedagogik obyektni loyihalashtirishning tartibi
O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da yangi chuqur bilimlar talab etuvchi Informatikalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash, kasbiy mahorat chо‘qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik xislatlariga ega bо‘lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa о‘z navbatida о‘quv jarayonini ilm-fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika va Informatikalardagi yangiliklarni о‘zida aks ettiradigan ta’limni har tomonlama uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining integratsiyasini, ta’lim dasturlarining variativligini ta’minlashni talab etadi. Qо‘yilgan vazifalar oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish davrining barcha bosqichlarida hal etib borilishi kerak.
Bu vazifalarni amalga oshirishga faqatgina mustahkam nazariy tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga, chuqur bilimlarga, amaliy kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislargina qodir bо‘ladilar.
Respublikamizda tez rivojlanishi yuqori malakali ishchi va texnik xodimlarga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi, buning asosiy negizi esa о‘z navbatida umumta’lim maktablarida Informatika fanlaridan dars beradigan Informatika fani о‘qituvchisi kasbini egallagan mutaxassislarga bо‘lgan talabni oshiradi. Informatika fani yо‘nalishi bо‘lajak о‘qituvchisi tabiiy, texnik va texnologik bilimlarga ega bо‘lishi zarur. U faqat bilimlarni о‘quvchilarga yetkazish bilan bir qatorda ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, loyihalash, konstruksiyalash hamda kasbiy pedagogik madaniyatga ega bо‘lishi kerak. Olib borilgan tajribalar shuni kо‘rsatadiki, о‘sib kelayotgan yosh avlodni konstruktorlik-texnologik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun har xil axborotlar va faoliyat turlarini о‘quv grafik faoliyat mazmuni orqali integratsiyalashgan holatda yetkazish asosiy sharti hisoblanadi.
tuzilganligiga bog‘liq” ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan1. Informatika fani yо‘nalishi bо‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida umumkasbiy va pedagogik turkum fanlari mazmunini loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega. Endilikda asosiy e’tibor Informatika ta’limining о‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan, fundamental hamda umumkasbiy va pedagogik turkum fanlar mazmunini loyihalashtirishga qaratilmoqda.
Ta’lim tizimida mazmun didaktik jarayonning ijtimoiy maqsadlariga erishishini ta’minlaydigan asosiy elementi hisoblanadi. Ta’lim mazmunini quyidagilar tashkil etadi:
– samarali pedagogik faoliyat tajribalari, ya’ni mehnat faoliyati, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish;
– umumiy maqsadlarga erishish jarayonida ijtimoiy jihatdan о‘zaro ta’sir eta bilish tajribalari;
– insonlar hamjamiyatining axloq, huquq va boshqa normalarda aks etgan axloqiy va etik tajribalar;
– ma’naviy-madaniy tajribalar, hayotni obrazli-hissiy idrok etish, uning kо‘rinishlariga estetik munosabatlar.
strukturasini tashkil etuvchi asosiy elementlari sifatida ta’limning maqsadi, mazmuni, didaktik jarayonlari va ta’limni tashkil etish shakllari hisoblanadi. Pedagogik tizimni loyihalashtirish uchun dastlab, pedagogik tizim faoliyatining maqsadlari aniqlab olinadi va oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilariga qо‘yiladigan malaka hamda umumdidaktik talablar hisobga olingan holda, ta’lim va tarbiyaning mazmuni tavsiflanadi. Ta’lim mazmuni ta’lim maqsadlariga mos ravishda tanlanadi. Keyingi bosqichda didaktik jarayonlarni tanlash va ishlab chiqish amalga oshiriladi. Loyihalashtirishning sо‘nggi bosqichida ta’limni tashkil etish shakllari aniqlanadi va ishlab chiqilgan loyiha о‘quv-metodik majmua hujjatlarida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |