Tafakkurning kõrgazmali obrazli turi
Reja:
Tafakkur va uning turlari
Olimlarning fikrlari
Kõrgazmali- obrazli tafakkur
Tafakkur turlari:
Shakliga ko’ra:
1.Ko'rgazmali-harakat,
2.ko'rgazmali-obrazli,
Topshiriq xarakteriga ko'ra
.Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy
Fikr yoyiqligiga ko'ra Konkret abstrakt, realistik, autistik intuitiv, diskursiv
Fikrning originallik darajasiga ko'ra Reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual, fazoviy
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lug’at"da ta'riflanishicha u konkret tafakkuming bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor E.G’oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasawur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali- obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalaming aniq obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ulaming mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkuming mazkur ko’rinishi 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda namoyon bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ko’rgazmali-obrazli tafakkur bosqichiga o’tgandan se’ng ham saqlanib qoladi, lekin u o’zining yetakchi rolini yo’qota boshlaydi.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko’pincha boqcha yoshidagi bolalarda, ya'ni 4-7 yoshgacha bo’igan bolalarda paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkuming amaliy harakatlar bilan alohasi awalgidek to’g’ri va bevosita bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo’lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalaming yo’qligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin bolalaiga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalaming ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalaming ko’rgazmali-obrazli tafakkurlari hali ulaming idroklariga bevosita to’la bo’ysimadigan bo’ladi. Ulaming ko’rgazmali-obrazli shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalami soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi
74%
64%
64%
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma'lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko’pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to’satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og’irlik qonunini zo’r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho’milib turgan paytida kashf etgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. Shunda D.I.Mendeleev uyqudan, uyg’onib, bir parcha qog’;ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib qo’ygan.
Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izoqlashicha, bunday kutilmagan jarayonlaming ro’y berishiga asosiy sabab bu o’rganilayotgan masala to’g’risida uxlashdan oldin zo’r berib bosh qotirish, o’ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e'tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to’ia-to’kis yo’nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir.
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalami idrok yoki tasawur qilish mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob'ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasawur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol- obrazli tafakkur deb ataladi.
THANK YOU
Do'stlaringiz bilan baham: |