2
TAFAKKUR VA SUN’IY INTELLEKT MASALASI
MUNDARIJA
KIRISh…………………………………………………………………………..3
I BOB. TAFAKKURNING MOHIYATI……………………………….……..5
1.1. Tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati…………………………………….5
1.2. Tafakkur operatsiyalari-fikrlashning jarayoni…………………...….……11
1.3. Tafakkurning yoshga bog`lik xususiyatlari…………………..…………...17
II BOB. PSIXOLOGIYADA
“SUN’IY INTELLEKT” …………..………..23
2.1. Psixologiyada “Sun’iy intellekt” tushunchasi…………………………...23
2.2. Psixologiyada til va sun’iy intellekt…………………………..………….25
2.3. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha………………………..………..28
2.4. “Sun’iy intellekt” borasidagi nazariyalar………………………….…….30
XULOSA …………………………………………………………….………..34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………36
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida
ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilinishi, uzluksiz ta’lim jarayonida yetakchi ijrochi bo’lgan
o’qituvchi faoliyatini tubdan o’zgartirishga olib kelmoqda. Shuning bilan bir qatorda ijtimoiy
jarayonning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimiga,
uning maqsadi va mazmuniga,
o’qituvchining pedagogik faoliyati va mahoratiga yangicha talablar qo’yilmoqda.
Ma’lumki, mustaqil O’zbekiston buyuk kelajak sari yuz tutar ekan shubhasiz dunyoning
rivojlangan davlatlari tajribalariga tayangan holda barcha sohalarda izchil islohotlarni amalga
oshirmoqda. Ayniqsa, mustaqillikning birinchi qadamlaridanoq ta’lim-tarbiya va ilm-fanni
rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Zero, respublikamizning iqtisodiy,
siyosiy va
ma’naviy ravnaq topishi yuksak malakali va har tomonlama shakllangan barkamol shaxslarni
tayyorlanishiga ko’p jihatdan bog’liq. Barkamol shaxsni shakllantirishda esa eng muhimi bu
uning tafakkur jarayonlarini,
intellektual darajasini, ongini rivojlantirishdir.
Tafakkur - yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik
sub’yektiv bo’lishi mumkin, ya’ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo’lishi mumkin. Lekin
sub’yekt tafakkur jarayoni yordamida uni o’zi uchun yangitdan kashf etadi,
aks holda biz
ko’proq xotira, o’tgan tajriba-larimizni qayta tiklagan bo’lamiz. Bolalarni o’qitishda
tafakkurning shu muhim xarakteristikasini asos qilib olish lozim. Pedagoglarni bolalar bilan
muammoli darslar o’tishga doimiy intilishlarining asosida ham tafakkurning aynan shu
xarakteristikasi yotadi. Agar biz tafakkurni, uning individual xususiyatlarini
rivojlantirishni
xoxlasak, unda dars davomida imkon qadar ko’p muammoli vaziyat yaratishimiz lozim bo’ladi.
O’quvchilar faqat xotira jarayonlari /o’tmish tajribasini qayta tiklash/ bilangina kifoyalanib
qolmay, balki o’ylanishga, nimanidir yangitdan yaratishga /subyektiv bo’lsada/ harakat qilishlari
lozim.
Tafakkur jarayoni bizni o’rab turgan olamni fikriy operatsiyalar: analiz, sintez,
taqqoslash, abstraktsiyalash, umumlashtirish,
sistemalashtirish, klassifikatsiyalash yordamida aks
ettiradi. Ushbu operatsiyalar ko’magida inson idrokdan yashiringan narsalarni bilish
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Inson tafakkur yordamida nafaqat hodisalarni, balki ularning mazmunini ham bilib oladi.
Tafakkur orqali inson turli aloqa va munosabatlarni tiklashga va shu bilan ob’yektiv qonunlarni
topish va ochish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Inson bilimi qanchalik keng va chuqur bo’lsa, uning aqliy faoliyatining tajribasi
shunchalik mukammalikka ega, u shunchalik ko’p hal etilmagan muammoni ko’ra oladi,
ongidan
shunchalik tez-tez yechimini talab etuvchi fikriy vazifalar yuzaga keladi, va aksincha, sodda,
past darajadagi bilim egasi uchun qoidaga ko’ra hal etilmagan savollar yuzaga kelmaydi.
Inson tafakkurini o’rganish bo’yicha bir qator olimlar, jumladan A.V.Petrovskiy,
V.V.Bogoslovskiy, O.K.Tixomirov, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va boshqalar
faoliyat olib borishgan va tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan.