Tafakkur va ong jarayonlari



Download 78,5 Kb.
bet6/7
Sana30.12.2021
Hajmi78,5 Kb.
#192334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tafakkur va ong jarayonlari

5. TAFAKKUR TURLARI


Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va bir muncha shartli tasnifi tarqalgandir:

1. Ko`rgazmali - harakat; 2. Ko`rgazmali -obrazli; 3. Mavhum. 4.Nazariy; 5. Amaliy tafakkur.



Ko`rgazmali - harakat tafakkur - tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazardan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bog`langandir. Sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o`zi birlamchidir. YAna faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonini ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir. Guyo bu amaliy faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog`chadagi yosh (3 yoshgacha) asosan ko`rgazmali - harakat tafakkuri bo`ladi. Bola bilayotgan obrazli tafakkurni o`z qo`llari bilan amaliy ravishda va guyo tabiiy ravishda ajratadi. Masalan, o`yinchoqlarni buzib ko`rish va boshqalar. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko`pincha bog`cha yoshida bolalarda, ya`ni 4 - 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bola bo`layotgan obrazli tafakkurni aniq idrok qilishi va tasavvur qilishi shartdir. Bog`cha yoshidagi bolalar faqat ko`rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo`lmaydilar. Bog`cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo`qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo`ladi: 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil hajmi jihatdan teng 2 ta soqqa ko`rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko`z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko`p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko`rgazmali - obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to`la bo`ysunadigan bo`ladi. Ularning ko`rgazmali - obrazli shaklida o`tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi hamir ko`proq, degan xulosaga olib keladi.

MAVXUM TAFAKKUR (ABSTRAKT). Bolalarning amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarda avval sodda shakldagi mavxum tafakkur, ya`ni mavxum tushunchalarga asoslangan tafakkur rivojlanadi. Maktab o`quvchilarining matematika, fizika, tarix va boshqa fan asoslarini o`zlashtirish davomida tushunchalarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. eng mavhum tafakkurlarning ham hissiy bilish chegarasidan ancha chiqib ketishga qaramay, hech qachon sezgi, idrok va tasavvurlardan to`la - to`kis ajralib ketmaydi. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etishi jarayonida ko`rgazmalilik ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan, ko`rgazmalilik, tushunchalarning taraqqiy etishi ni engillashtiradi. Ikkinchi tomondan, har qanday ko`rgazmalilik sharoitida maktab o`quvchilarida mavxum tafakkurning tarkib topishiga qulay sharoit yarata bermaydi. Juda ko`p ko`rgazmalilik o`quvchilar diqqatini chalg`itib yuboradi.


Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish