TAVSIYA:
Har kuni bir hovuch yong'oq xotira bilan muammolardan qochishga yordam beradi. Ularning tarkibidagi polifenollar va yog'li kislotalar miya faoliyatini faollashtirish imkonini beradi, deyishadi olimlar. Faqat ehtiyot bo'ling: yong'oqlar juda kaloriyali bo'ladi. 50 gramm go'sht yoki bir osh qoshiq zaytun yog'ida qancha kaloriya mavjud bo'lsa, o'n dona yong'oqda ham shuncha kaloriya bor. Aytganday, zaytun yog'i o'z tarkibidagi olein kislotalari tufayli bosh miya faoliyatini ajoyib tarzda rag'batlantiradi.
Amerikalik mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, qisqa muddatli stress vaziyatlar yodda qolish jarayonlarini kuchaytiradi va xotirani yaxshilaydi. Bunda fikrlash faoliyatini ham nazorat qiladigan kortizol gormoni muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, boshliqning xonasidagi qizg'in yig'ilishlar siz uchun faqat foydali bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |