Tafakkur filogenezida faoliyat motivlarining ifodalanadi
Tafakkur motivlari 2 xil bo„ladi:
1) maxsus bilish motivlari;
2) maxsus bo„lmagan motivlar
Maxsus bilish motivlarida shaxsni tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilish ehtiyojlari namoyon bo„ladiganqiziqish va motivlardan iborat bo„ladi.
Maxsus bo„lmagan motivlarda tafakkur sof bilish bilan bog„liqbo„lmagan qiziqishlar ta‟sirida emas, balki ozmi-ko„pmi tashqi sabablarta‟sirida boshlanadi. Masalan: talaba o„z oldiga maqsad qo„yib, bilishgaqiziqib, unga ehtiyoj sezib a‟lo baholarga o„qisa unda maxsus bilishmotivlar amal qiladi. Agar talaba «2» olib stipendiya ololmasligidanqo„rqib o„qisa, dars tayyorlasa (stipendiya ololmaslik – tashqi ta‟sir)unda maxsus bo„lmagan bilish motivlari amal qilmaydi.Lekin tafakkurning dastlabki motivlari qanday bo„lmasin, tafakkurqilish jarayonida xususiy bilish motivlari ta‟sir qila boshlaydi.
|
Tafakkurning ijtimoiylashuvi nutqning rivojlanishi bilan uzviy bog‟liq. Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo„lishi mumkin, chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo„zg„atuvchilardan iboratdir (masalan: “Marsh”, “Salom”). Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson “signallarning - signali” (I.P.Pavlov) tarzdagi so„zlardan foydalanishi mumkin. Mazkur jarayon
bosh miya katta yarim sharlarining po„stida amalga oshadi. P.Broka (1861 y.) miya po„stining ma‟lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va “so„z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz” deb atagan. K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida “so„zlarning sensor obrazlari” joylashgan deb dalillashga harakat qiladi. P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta‟minlashda juda ham sodda elementar “stimul-reaksiya” tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishni ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo„lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar
|
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq ontogenetik taraqqiyotni ifodalagan holda tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida namoyon bo’ladi:
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi.
|