3. O‘yin qoidalarining rivojlanishi
Birlamchi gandbol qoidalari juda oddiy bo‘lib, asosan qiz bolalar jamoalari uchun moslashgan edi. Sekin-asta o‘yin qiyinlashishi bilan qoidalari xam takomilasha bord. Xozirda gandbol atletik o‘yin deb xisoblansada, erkaklar va ayollar o‘rtasida bir xilda ommoviylashgandir. Jahonda kuchli gandbolchilar - epchillik, tezkorlik, chidamlilik sifatlari va musqullari rivojlangan atletlar hisoblanadi. O‘yin qodidalarining rivojlanishi - ijodiy jarayon bo‘lib, bunda jihozlarning takomillashuvini ta’siri, maydon o‘lchamlarining o‘zgarishi, o‘yin vaqti, o‘yin texnikasi va taktikasining o‘zgarishlari va ularni jaxondagi keng tarqalishi bilan ifodalanadi. Zamonaviy o‘yin qoidalaridagi katta axamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlardan biri shundan iboratki, barcha maydon o‘yinchilari hujum va himoyachi vazifasini bajarish imkoniyatlariga egadirlar. Eski o‘yin qoidalariga ko‘ra o‘yin maydoni uch zonaga ajratilgan: birinchi jamoa maydoni, o‘rta maydon va keyingi, jamoa maydoni. Xar bir zonada ma’lum bir o‘yinchilar joylashishi mumkin: darvozabon va himoyachilar o‘zlarining maydonida harakat qilishi, yarim himoyachilar o‘rta zonada, hujumchilar o‘rta va raqib jamoasining himoyachilari zonasida harakatlanishi mumkin edi. Natijada hujumda uchta hujumchiga uchta himoyachi va darvozabon himoyalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Demak, o‘yinda murakkab taktik harakatlar to‘g’risida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas edi. O‘yin qoidalarining rivojlanishiga albatta maydon o‘lchamlari va jihozlari ham katta ta’sir etgan. Maydonni yuqori sifatli zamonaviy qoplamalar bilan qoplanishi, to‘pning kichik o‘lchamdaligi o‘yin usullarini bajarish tehnikasiga ta’sir ko‘rsatdi. To‘pni bir qo‘lda barmoqlar yordamida tutib turish mumkin. Bu esa to‘p uzatish va otishda turli hil usullarni egallash imkoniyatini yaratish bilan birga o‘yin taktikasini boyishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘yin qoidalarini takomillashib borishi bilan, taktik harakatlar ham qiyinlashdi. Endi barcha maydon o‘yinchilari himoyada xam va hujumda ham birday harakatlanishi mumkin. 60-yillargacha yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritish va erkin to‘p otishlar hakamlar hushtagi bilan amalga oshirilgan. Bu esa o‘yin sur’atini kamaytirishga olib kelgan. Keyinchalik yangi qoidaga asosan ushbu xolatlarda xakam xushtagisiz to‘p o‘yinga kiritilgan. Gandbolda bo‘ydor o‘yinchilarning ko‘payishi bilan himoya taktiksiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritilda. Markaziy himoyachilarning baquvvatligi va darvozabonlarning epchilligi natijasida darvozaga to‘p kiritish imkoniyati birmuncha cheklandi. Himoya hujum ustidan o‘z hukmini o‘tkaza boshladi, bu esa hujum vaqtini cho‘zilishiga olib keldi, kurashish va o‘yin jadali pasaydi. Buni oldini olish maqsadida 1975 yilda o‘yin qoidasiga o‘zgartirish kiritilib, hujumda to‘pni olib yurishga 45 soniya vaqt ajratildi. Hozirda esa sust o‘yin hakamlarga bog’liq. Shu kabi o‘zgarishlar yillar davomida kiritilib, gandbol o‘yin sura’tini oshishiga va jahonda ommoviylashishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |