2.3. Sportda qo’llaniladigan qayta tiklash vositalari.
Zamonaviy sportning eng muhim muammolaridan biri sportchilarning ish qobilyatini oshirishdir. Yetakchi dunyo sportchilarining bir kunda kamida 3-4 marta sport mashg‘ulotlarini bajaradi.
Sport mashg‘ulotlarini ko‘lami va jadalligi oshishi bilan birga sport musobaqalarining soni ham oshib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda ayrim yetakchi sportchilar davrida 51-54 marta musobaqalarda ishtirok etishgan.
Charchash – bu fiziologik jarayon bo‘lib, biror aqliy yoki jismoniy yuklamadan yuzaga keladi va qisqa vaqtli dam olishdan keyin o‘tib ketadi. O‘ta charchash esa charchash jarayonining usma-ust kelishi, kasalliklardan so‘ng tiklanmasdan mashg‘ulotlarda ishtirok etganda, trenirovka rejimi buzilganda paydo bo‘ladigan, patologiyaoldi holatini rivojlanishiga sabab bo‘ladigan holat.
Takroriy katta hajmli va quvvatli jismoniy yuklanishlar ta’sirida sportchi organizmida ikkita karama-qarshi holatlar rivojlanadi:
1. Jismoniy chiniqish va sport ish qobilyatini oshishi (sarflangan energetik resurslar qayta tiklangan holatlarida);
2. Surunkali charchash va sportchini darmoni qurishi (muntazamlik ravishda tiklanish jarayonlarining muddatlari uzaygan holda).
Zamonaviy sportda sportchining organizmi faoliyati va ish qobiliyatini oshirishda navbatdagi mashg‘ulotlar to‘liq tiklanmagan holatida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Sport mashg‘ulotlarini jarayonidagi jadallashtirish va sport ish qobilyatini oshirishda qayta tiklash vositalarli keng muntazamlik ravishda qo‘llanilishiga katta ahamiyat beriladi. Zamonaviy sportga ta’luqli haddan tashqari fizik va psixik (ruhiy) yuklanishlarda qayta tiklash vositalardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga etadir.
Hozirgi zamonda qayta tiklash vositalari ikki turli shaklda o‘tkaziladi:
a) sport mashg‘ulotlar va musobaqalar jarayonidagi sport-chilarni tiklash sistemasi
b) tibbiy reabilitatsiya sistemasi: boshqacha aytganda kasallanish, shikastlanish, o‘ta charchash va o‘ta zo‘riqishlardan keyin sportchilarni ish qobilyatini qayta tiklashdir.
Qayta tiklash vositalari uchta asosiy – pedagogika, psixologik va tibbiy guruhlarga bo‘linadi.
Pedagogik vositalari:
• asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi, chunki ratsional ravishda tuzilgan sport mashg‘ulotlarnigina qayta tiklash jarayonlarini tezlashtiradi va sport natijalarni oshiradi. Bunda quydagi faktorlarga katta ahamiyat beriladi: mikro va makrosikllarda shu bilan sportchini ko‘p yillar davomida tayyorlanishida yuklanish va dam olishni birga qo‘shib to‘g‘ri olib borilishi. maxsus qayta tiklash sikllarini kiritish, dam olish kunlar, mashg‘ulotlarni har xil sharoitlarda o‘tkazilishi, mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar, yengil krosslar, mashg‘ulot-larni kirish va tugash qismlarini ratsional ravishda tuzilishi va h.k.
Psixologik vositalari: – psixologik – asab tangligini (tarangligini) chetlatadi, shu bois organizmining harakat va fiziologik funksiyalari tezda qayta tiklanadi.
Bularga har xil asabiy va ruxiy holatlarini boshqarish usulublar: uxlab dam olish, o‘z kuchiga ishontirish, o‘z-o‘zini irodasini mustahkamlash, mushaklarni bo‘shashtirish usullari, bo‘sh vaqtlarni sermazmunli o‘tkazish, gipnoz va h.k. kiradi.
Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda qo‘llaniladigan tibbiy vositalar asosiy rolni o‘ynaydi. Tiklanish deganda organizmning funksional holati o‘zgargandan keyin uning fiziologik holatini ishdan oldingi yoki unga yaqin gomeostaz (ichki muhitni saqlash) holatiga qaytishi tushiniladi. Aerob reaksiyalar va assimilyatsiya ustun kelishi tiklanish jarayonlarining xarakterli tomonidir.
Ma’lumki, ishdan keyin davrda faqat organizmning sarf qilgan resurslari va shuningdek, uning fiziologik funksiyalari tiklanibgina qolmay balki muhim funksional struktur qayta qurilishlar ham bo‘ladi. Shuning uchun tiklanish jarayonlarini bilib hisobga olish trenirovka yuklamalariga doimo to‘g‘ri yordam beradi.
Xulosa
Taekwondo boshqa sport turlaridan sportchilar qo’l va oyoqlardan foydalanishlari bilan farqlanadi, ya’ni butun tana jarohat olish xavfi ostida bo’lishi qayd qilinadi. O’z navbatida, jarohatlanishning oldini olish uchun bunday vaziyatning yuzaga kelishi sabablarini bilish talab qilinadi.
Taekwondoda jarohatlanish umumiy holatda tashqi teri qoplamining jarohatlanishi va tananing funksional holati buzilishi shaklida guruhlarga ajratiladi.
Tananing sportcha ish qobiliyatini va musobaqalardan so'ng, ya'ni qayta tiklash va me'yoriy faoliyat ko'rsatish, yuklamalarni umumiy tartibiga nisbatan sport mashqlarini to'g'ri tashkil etishning ajralmas qismidir.
Jismoniy yuklama, toliqish asosida yotgan tananing ma'lum faol va tarkibiy-tuzilish o'zgarishlari bilan kechadi.
Toliqish - bu qonuniy fiziologik xulosa bo'lib, bajarilgan ishning oqibati - charchash sezgisining rivoj topishi. moddalar almashinuvini boshqarishni, asosiy fiziologik tizimlaming faoliyatini, yuklamalarga javobni, quvvat zaxiralarini kamayishi, umumiy va maxsus ish qobiliyatini vaqtinchalik yomonlashuvi bilan ifodalanadi.
Yuklama moslashuvini rivoj topishini rag'batlantiradi, ish qobifiyalni, уа'ш uni yuqoriroq darajaga ko'tarilishiga ko'maklashadi.
Shuning bilan birga, toliqishning sezgisini vujudga kelishi muhofaza ahamiyatiga ega, chunki bu paytda tanani o'ta darajada zo'riqishi, haddan tashqari mashq amallariga berilganligini oldini olish maqsadida, tanani ma'lum darajada zo'riqqaniigi haqida ogohlantiradi. Mohtyat jiliatidan toliqishsiz chiniqishning o'zi ham yo'q.
Muhimi shuki, toliqqanlik darajasi bajarilgan ishga mos tushishi va standartdan oshib ketmasligi lozim. Ish tugagach, toliqish hodisasi asta-sekinlik bilan qaytadi, asl holatga qaytish jarayoni amalga oshadi.
Qayta tiklanish - asl holatga qaytish - bu tananing ish qohtliyati va faoliyatini, ish boshlangunicha bo'lgan darajaga yoki unga yaqinroq holatga qaytishidir.
Toliqish chuqurligi, uning davomiyligi va namoyon bo'lishi, xuddi qayta tiklanish tezligidek, quyidagi asosiy guruh omillari bilan bog'liq bo'ladi:
1) bajarilgan ish (uning ifodasi, yo'nalishi, hajrai, jadalligi, davomiyligi uning ta'siri, kelib chiqadigan zo'riqish va boshqalar);
2) mashq qiluvchining holati (yoshi, jinsi, kayfiyati, xohishi, sihat-salomatligi, chiniqqanlik darajasi, shaxsiy jihatlari va boshqalar);
3) tashqi muhit sharoitlari va yuklamagacha bo'lgan davr tartibining jihatlari.
Murabbiyning toliqish holatini va qayta tiklanish jarayonlarini boshqarish mahorati, mashq o'tkazishning madaniyatini va samaradorligini belgilaydi. Charchashning yig'ilib qolishi (mos kelmagan qayta tiklanish), o’ta darajada toliqish va haddan tashqari mashq qilish, ish qobiliyatini pasayishmi, sport yutuqlarini o'sishini barham topishini belgilaydi.
Qayta tiklanishni ikki xili taqozo qilinadi:
Ish jarayonida qayta tiklanishni erta tiklanish (bevosita yuklamadan so'ng kislorod qarzim to'lash) va quvvat zaxiralarini anabolizm tomonga ortiqcha siljishining tugallanishi asosiy faoliyatlar va ish qobiiiyatni qayta tiklash va oshirishni kechki qayta tiklanish deyiladi.
Charchash, toliqish, horish — organizmga haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat. Aqliy Ch. intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, eʼtiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan belgilanadi. Jismoniy charchash muskullar kuchi va bir tekisda harakatlanishi kabi funksiyalarning buzilishi bilan kechadi.
Oʻta va surunkali charchash farq qilinadi. Oʻta charchash zoʻr berib jismoniy mehnat qilish natijasida roʻy beradi. Surunkali charchash turli funksional sistemalar va butun organizmdagi oʻzgarishlarning oylar va yillar davomida toʻliq tiklanmasligi bilan bogʻliq.
Charchashning tezligi mehnatning xususiyati bilan belgilanadi: bir tarzda turib muskullarga zoʻr keladigan ish bajarilganda kishi ancha tez, bir maromdagi ish bajarilganda birmuncha kam toliqadi. Charchashning yuzaga kelishida odamning bajarilayotgan ishga nisbatan munosabati ham muhim rol oʻynaydi. Koʻpchilik odamlarda emotsional qoʻzgʻalish davrida uzoq vaqtgacha charchash belgilari paydo boʻlmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Бабак Ю.М., Константинова Ю.А., Волкова И.Н., Пашков И.Н., Мутьев А.В. Таэквондо. Методика построения тренировочного процесса и начальных и учебно – треноровочных группах. – Киев, 2010.
Кьенг Ли, Новицкий Д. Таэквондо. – Варшава, 1988.
G. B. Abdurasulova, Baek Mun Jong, S.S.Tajibayev, Sh.N.Nuritdinova, M.S.Axmatov – Taekwondo nazariyasi va uslubiyati. Chirchiq – 2018.
Do'stlaringiz bilan baham: |