Ironiya (grekcha eironeia – zimdan kulish, kesatish so`zidan) – zohiran
jiddiy aslda esa masxaraomuz, ya’ni zimdan kulish bilan, kesatib aytilgan piching
so`z va iboralar. Ironiya hajvning yoki hazil mutoyiba – yumorning bir ko`rinishidir.
Ayni zaminda, ironiya o`z ma’nosidan ko`chirilgan so`zlarning ham bir turi bo`lib,
bunda so`z va iboralar teskari ma’noda, ya’ni sirtqi mohiyatiga nisbatan qarama-
qarshi ma’noda keladi. Yozuvchi personaj yo uning biror harakati to`g`risida bir
xil gapirib boshqacha hukm chiqaradi. Masalan:
“Azamat” kolxozining raisi hovuz bo`yida cho`g`dek yongan gilam
ustida oppoq yostiqlarga yonboshlab… kayf qilmoqda ekan… Sayramov xo`mrayib
dedi:
- Planlarni bajaryapsizlar, erta-krch bazm, kayf-safolaring yarashadi”.
(Oybek,
“Oltin
vodiydan
shabadalar”.)
Do'stlaringiz bilan baham: |