Tazod arabcha so`z bo`lib, (antiteza (q)) qarshilantirish usulining klassik
adabiyotda qo`llangan bir ko`rinishi. Tazodda qarama-qarshi qo`yilgan ikki tomon
ayni zamonda uzviy ravishda bir-biriga bog`lanib keladi. Masalan:
E Masihodam begim, bir dam birla bergil shifo,
Sheva birla ko`zlaring jonimni bemor ayladi. (Sakkokiy.)
Yoki:
Aning obi hayotdek so`zidin –
Bordi, o`lgan kishi kabi, o`zidan (Navoiy.)
Afsonaga ko`ra, “obi hayot” o`lgan kishini tiriltiradi, ammo bu yerda muaofirning
“obi hayot kabi so`zidan” Bahrom o`lgan kishi kabi o`zidan ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |