Tadqiqotning



Download 0,73 Mb.
bet11/64
Sana06.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#433916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
Taqlidlar

alpi-salpi alg’ov-dalg’ov ar-ar
baqir-buqur bag’-bug’ bez-bez bilang-bilang dag’-dag’
gangur-gungur gir-gir
hang-mang hap-hap hilp-hilp hil-hil
ilang-bilang ipir-ipir jilpang-jilpang jimir-jimir
jiq-jiq jiqqa-jiqqa
kuf

lang lim
lim-lim pil-pil pitpildiq pitpiliq pichir
pichir-pichir qaldir-quldir qalt-qalt
qah-qah qiy-chuv qilt
suf
suf-kuf tors
tors-tors visir-visir yum-yum yalt
yalt-yalt
yarq

yilt-yilt zirq-zirq
g’ala-g’ovur g’arq
g’idi-bidi g’idi-g’idi g’imir-g’imir
g’ing’ir-g’ing’ir g’iring
g’iring-g’iring g’iring-piring g’ovur
g’ovur-g’ovur g’ovur-g’uvur g’uvur
g’uvur-g’uvur g’uj-g’uj g’uldur-g’uldur
g’o’ldur-g’o’ldur g’o’q-g’o’q g’adir-budir
shalp

kuf-suf limmo-lim

yarq-yarq yilt

chuvur
chuvur-chuvur chuv-chuv

Fikrimizning isboti sifatida, shu xildagi so’zlarning ayrimlarini O’TILda berilgan izohi bilan birga keltirmoqchimiz. Masalan: pil-pil tez va yangi takrorlanadigan oniy harakatni bildiradi: O’rtadagi katta tekis tosh ustida fonar pil-pil yonmoqda. S.Anorboyev, Oqsoy (1,586); g’o’q-g’o’q: Cho’chqa, to’ng’izlar tovushi haqida (2, 668); zirq-zirq: zirq-zirq qilmoq (yoki og’rimoq) zirqirab, qaqshab og’rimoq. Oyoqlarim zirq-zirq og’riyapti. Yuragi zirq-zirq qiladi. Yuragi bezillaydi. Dori desa yuragim zirq-zirq qiladi (1, 307).


O’TILda ayrim taqlidiy so’zlarning berilishida noaniqlikka, chalkashliklarga yo’l qo’yilganligini, ba’zi taqlidiy so’zlarning grammatik xususiyati noto’g’ri izohlanganligini ham kuzatish mumkin. Masalan, xa-xa-xa, xe-xe-xe, xi-xi, vot-vot so’zlari lug’atda quyidagicha izohlangan: xa-xa-xa und.s. Kulgini ifodalaydi. -Xa- xa-xa, shamol sizdan o’chimni oldi, qani gapiring!- dedi Ra’no Anvarga. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon. -Xa-xa-xa…-Fazliddin Nurining so’zlaridan ta’sirlanib qattiq kuldi,- otangga pul kerak bo’lsa, bizdan qarz olsin. Oybek, Qutlug’ qon (2, 321); xe-xe-xe und.s. Xexelagan kulgi tovushini ifodalaydi. – Pari yigitga oshiqmisan?-xe-xe-xe! –Nega kulasan, Gulshan opa? A.Qodiriy, Mehrobdan chayon (2, 322); xi-xi und.s. Sekin, bosiq. Tovush bilan kulishni ifodalaydi. –Xi-xi-xi- bachkanacha kuldi chol. Oybek, Qutlug’ qon (2, 327); vot- vot und.s. Karnay ovozi haqida (1, 180).
Yuqoridagi so’zlarning ma’nosiga berilgan izohlardan va keltirilgan misollardan ularning undov so’z emas, balki taqlidiy so’zlar ekanligi anglashilib turibdi. Chunki xa-xa-xa, xe-xe-xe, xi-xi so’zlari turlicha holatdagi kulish, tovushni taqlidan ifodalasa, vot-vot so’zi karnay chalganda chiqadigan tovushning taqlididir. O’zbek tilida uchraydigan tasviriy so’zlarning R.Qo’ng’urov o’z kitobiga ilova

tarzida bergan qisqacha lug’atida ham xa-xa-xa, xi-xi, vot-vot so’zlari taqlidiy so’z sifatida o’rin olgan (3, 145)52.
Agar yuqoridagi kabi holatlarda masalaga to’g’ri yondashilganda edi, O’TILdagi taqlidiy so’zlar miqdori yanada ortgan bo’lar edi. Biz bu fikrlarimiz bilan o’zbek tilining lug’at boyligini o’zida aks ettirishga harakat qilgan amaldagi O’TILning qimmatiga putur yetkazmoqchi emasmiz. Maqsadimiz, bu kabi holatlarga kelajakda amalga oshiriladigan ishlarda aniqliklar kiritishdir. Bu esa o’z navbatida tilimiz lug’at boyligini tasvirlashda, lug’atdan foydalanuvchilar uchun aniqlik va yengilliklar yaratishda muhim rol o’ynaydi.
Ushbu vazifa O’TILning yangi nashrida uddalandimi, degan savol tug’iladi. Savolga javob topish maqsadida O’TILning ikki nashrini, ya’ni 1981-yilda Moskvaning «Rus tili» nashriyotida chop etilgan ikki jildlik va 2006-2008-yillarda Toshkentda – O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida bosmadan chiqqan besh jildlik lug’atlarda taqlidiy so’zlarning berilishini o’zaro qiyoslaymiz.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish