Tadqiqotlari


  Fokus – guruhlar, ularni rejalashtirish va faoliyatini yuritish



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

8.3.  Fokus – guruhlar, ularni rejalashtirish va faoliyatini yuritish 
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda, avvalom bor, axborot to‘plash usullariga 
murojat  qilamiz.  Ushbu  tadqiqotlarning  eng  samarali  usullaridan  biri  bu  –  so‘rov 
usulidir. Chunki so‘rov orqali iste’molchilarning individual tarzda ichki kechinmalari 
va  dunyosini  aniqlab  olish  mumkin  va  bu  olingan  axborotlar  natijasida  kishilarning 
ichki  tuyg‘usi  va  dunyosidan  ishonchili  ma’lumotlarga  ega  bo‘lamiz.  So‘rov 
kishilarga  ularning  bilim  darajasi,  mahsulotga  munosabati,  did-istaklari  va 
iste’molchi  xulq-atvoriga  doira  savollar  berish  yo‘li  bilan  birlamchi  axborot 
to‘plashda namoyon bo‘ladi.  
Shuningdek,  so‘rov  o‘tkazishda  ijtimoiy 
sohada axborotlarni  guruhlar orqali to‘plashda 
oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun, eng 
keng  tarqalgan  samarali  va  sifatli  uslublardan 
foydalanishadi.  Bu  uslubni  guruhlar  orqali 
tadqiqotni  tashkil  etish  ko‘rinishini  –  fokus  –
guruh deb atashadi. 
Fokus  guruhi  usulini  qo‘llashning  beshta  asosiy  maqsadini  ajratib  ko‘rsatish 
mumkin: 
1.  G‘oyalar  generatsiyasi  –  masalan,  chiqarilayotgan  mahsulotlar  sifati, 
dizayni, o‘rovini takomillashtirish yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha. 


 
196 
 
2.  Iste’molchilarning  so‘zlashuv  lug‘atini  o‘rganish  reklama  kampaniyasi 
o‘tkazish, savolnomalar tuzish va hokazolarda katta foyda keltirishi mumkin. 
3.  Iste’molchilar  so‘rovlari,  motivlari,  ularning  o‘rganilayotgan  mahsulot  va 
uning  markasi,  harakatlantirish  usuliga  munosabati  bilan  tanishish,    bu  marketing 
tadqiqotlari maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
4.  Miqdoriy  tadqiqotlar  o‘tkazishda  to‘plangan  ma’lumotlarni  yaxshiroq 
tushunish.  Ba’zida  fokus-guruh  a’zolari  o‘tkazilgan  so‘rov  natijalarini  to‘g‘ri  anglab 
olishga ko‘maklashadi. 
5.  Ma’lum  bir  reklama  turlariga  his-tuyg‘u  va  xulq-atvor  reaksiyalarini 
o‘rganish. 
Odatda  ishni  guruhlar  audio  va  videotexnika  vositalari  yordamida  qayd 
etadilar,  uning  natijalari  esa  masalan,  so‘rov  yo‘li  bilan  miqdoriy  tadqiqotlar 
o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Ko‘rinib  turibdiki,  mazkur  usuldan  foydalanish  imkoniyatlari  va 
samaradorligiga  turli  mamlakatlar  va  mintaqalarning  madaniyati,  muloqot  an’analari 
va hokazolar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Fokus-guruhning  optimal  hajmi 
8  kishidan  12  kishigacha  hisoblanadi. 
Ishtirokchilar soni bundan kam bo‘lsa, 
guruh  ishi  mahsuldorligi  uchun  zarur 
dinamika  ta’minlanmaydi  va  guruhning  ishini  faollashtirish  uchun  guruh 
yetakchisining ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Guruh a’zolari soni 12 kishidan ortiq 
bo‘lsa,  mahsuldorligi  yuqori  munozaralar  tashkil  qilish  qiyin  bo‘ladi.  Guruh  bir 
nechta  kichik  guruhlarga  taqsimlanib,  keraksiz  mavzularda  suhbat  yuritilishi, 
munozaraning o‘zi esa bir nechta kishigina ishtirok etishi mumkin. 
Afsuski,  guruh  tarkibini  oldindan  belgilash  qiyin.  Masalan,  munozarada  12 
kishi ishtirok etish istagini bildiradi, amalda esa faqat 6 kishigina qatnashadi, xolos. 
Guruh  tarkibiga  keladigan  bo‘lsak,  uni  qatnashchilar  tarkibining  gomogenligi 
(yoshi,  faoliyat turi, oilaviy  holati  va  hokazolar bo‘yicha) tamoyilidan kelib chiqqan 


 
197 
 
holda  shakllantirish  tavsiya  etiladi.  Bu  holatda  munozaralar  uchun  eng  qulay  sharoit 
yaratiladi deb hisoblanadi. 
Guruh 
qatnashchilarini  tanlashni 
avvalo 
o‘tkazilayotgan 
tadqiqot 
maqsadlari 
belgilab  beradi.  Masalan, 
agar 
tadqiqot 
maqsadi 
mahsulot  o‘rovi  bo‘yicha  yangi  g‘oyalar  ishlab  chiqish  bo‘lsa,  fokus-guruh 
qatnashchilari  sifatida  ma’lum  bir  markali  tovar  xarid  qilgan  iste’molchilar  taklif 
etiladi.  Odatda  munozaralarda  ishtirok  etish  uchun  potensial  qatnashchilar  telefon 
orqali  taklif  qilinadi,  ba’zida  esa  hohlovchilar  do‘konning  o‘zida  xaridorlar  orasidan 
tanlab  olinadi.  Guruhni  shakllantirish  jarayonida  guruh  yetakchisining  ishtirok  etishi 
maqsadga muvofiq. 
Guruh  qatnashchilarini  «yollash»da  ularning  mehnatiga  pul  to‘lash  shaklidan 
ham,  ma’lum  bir  tovarlarni  bepul  taqdim  etish  orqali  natural  shaklidan  ham 
foydalaniladi.  Ko‘p  hollarda  fokus-guruhning  ish  kuni  arafasida  potensial 
qatnashchilarga  bu  haqda  eslatib  qo‘yiladi.  Bu  holda  munozarada  ishtirok  etishdan 
bosh tortilsa, ularning o‘rniga boshqa kishilarni jalb qilish imkoniyati bo‘ladi. 
Fokus-guruh  ishining  muvaffaqiyatga  erishuvi  ko‘p  jihatdan  guruh 
yetakchisining faoliyati samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. U diskussiyaning maqsad va 
vazifalarini  chuqur  tushungan  holda  bevosita  aralashmasdan  uning  borishini 
boshqarib  turadi.  Guruh  yetakchisi  qatnashchilar  o‘rtasida  tabiiy  munozara  va 
muhokama  qilinayotgan  mavzu  doirasidan  chetga  chiqish  o‘rtasida  muvozanat 
bo‘lishi intilishi lozim. U guruh qatnashchilarining nuqtai nazari va sharhlariga katta 
e’tibor  qaratishi  hamda  har  bir  kishi  bilan  muloqotga  kirisha  olishi  lozim.  Odatda 
fokus-guruhda munozara boshlanmasdan oldin guruh yetakchisi uning ishi bo‘yicha detalli 
rejani ishlab chiqib, muhokama mavzusi bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishga harakat qiladi. 
Fokus-guruhning asosiy afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
 
 


 
198 
 
1.  O‘z  fikrini  ochiq  va  erkin  bayon  qilish,  yangi  g‘oyalarni  ishlab  chiqish 
imkoniyati,  ayniqsa,  munozara  davomida  «miya  hujumi»  usulidan  foydalanilgan 
hollarda.  
2.  Buyurtmachi  uchun  munozaraning  maqsad  va  vazifalarini  shakllantirishda 
ishtirok  etish,  guruh  ishini  kuzatish  imkoniyati  uning  ish  natijalariga  ishonch 
darajasining  yuqori  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Bu  natijalardan  buyurtmachi  ba’zida 
amaliy ishda rasmiy hisobot olmasdan turib ham foydalanishi mumkin. 
3.  Mazkur  usuldan  foydalanish  yo‘nalishlarining  turli-tumanligi,  bu  haqda 
yuqorida aytib o‘tildi. 
4.  Respondentlarni  o‘rganish  imkoniyati,  ularni  rasmiy  va  strukturalangan 
vaziyatlarda o‘rganish qiyin kechadi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur usulning 
kamchiliklari  qatoriga  olingan  natijalarni  sub’ektiv  interpretatsiya  qilish,  har  bir 
guruh qatnashchisiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarning kattaligi kiradi. 
Zamonaviy  kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish  fokus-guruhdan 
foydalanish doirasini kengaytirish uchun imkon beradi.  
Umuman  olganda,  fokus-guruhning  asosiy  maqsadi  sifatli  va  samarali  interv 
o‘tkazishdan iboratdir. 
 
Intervyu olishda so‘rov uslubining boshqa shakllariga ham e’tiborni qaratamiz. 
So‘rov strukturalangan  va strukturalanmagan xarakterga ega bo‘lishi  mumkin; 
birinchi  holatda  barcha  so‘ralayotganlarga  bir  xil  savollar  beriladi,  ikkinchi  holatda 
esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi. 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish