13.4. Tajriba modellarini tasniflash
Eksperimentni loyihalashtirish shundan iboratki, bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchiga
faqat
o‘rganilayotgan mustaqil o‘zgaruvchi tomonidan ta’sir ko‘rsatishni
kafolatlovchi sharoitlar yaratish va bunda qo‘shimcha omillar ta’sirini yo‘qqa
chiqarish lozim.
Masalan, bizning maqsadimiz do‘kon rastalarida bananlarning joylashuvi sotuv
hajmiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini aniqlash hisoblanadi.
Siz barcha meva-cheva do‘konlarini ikki guruhga – eksperimental va nazorat
guruhiga ajratasiz. Ikkala guruh imkoniyati bo‘yicha barcha jihatlardan bir xil kuchga
ega, ya’ni shahar markazi va chetida joylashgan katta va kichik do‘konlar soni bir xil
284
va hokazo. Ikkala guruhdagi do‘konlarda ma’lum bir muddat davomida sotilgan
bananlar hajmi aniqlanadi. Shundan so‘ng faqat eksperimental guruh do‘konlarida
bananlarning do‘kon rastalarida joylashuvi ma’lum tarzda o‘zgartirib chiqiladi va
belgilangan vaqt o‘tgach ikkala guruhdagi do‘konlarda sotuv hajmi yana bir bor
o‘lchanadi. Mazkur eksperiment natijalari bo‘yicha bananlarning do‘kon rastalarida
joylashuvi sotuv hajmiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi. Biroq eksperimental
do‘konlarda aniqlangan sotuv hajmining o‘zgarishi faqat bananlarning joylashuvini
o‘zgartirishgagina emas, balki ishlab chiqaruvchilar reklamasi, ob-havo kabi boshqa
bir qator qo‘shimcha omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Lekin bu omillar ta’siri nazorat
guruhidagi sotuv hajmining o‘zgarishini ham tavsiflaydi. Shu tariqa, nazorat va
eksperimental guruhda sotuv hajmining o‘zgarishi bananlarni sotish hajmiga (bog‘liq
bo‘lgan o‘zgaruvchi) ularning do‘kon rastasida joylashuvi (mustaqil o‘zgaruvchi)
ko‘rsatuvchi ta’sirni tavsiflaydi.
Endi esa olingan natijalarning ishonchlilik darajasini baholash zarur. Bunda
ichki va tashqi ishonchlilik foydalaniladi.
Ichki ishonchlilik bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchining qanday doirada o‘zgarishi
haqiqatda ham mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi bilan izohlanishini aniqlab
beradi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda nazorat va eksperimental guruhlarning
to‘liq ekvivalentlik sharti ta’minlanmagan – aytaylik, bu guruhdagi do‘konlarga yoshi
va moddiy ahvoli turlicha bo‘lgan xaridorlar tashrif buyuradi. Bu farqlar nazorat
qilinmaydigan omillar tarkibiga mansub bo‘ladi va mazkur eksperiment ichki
ishonchlilik talablariga javob bermay qoladi. Bunday eksperiment natijalari unchalik
katta qiymatga ega bo‘lmaydi.
Tashqi
ishonchlilik
eksperiment
davomida
olingan
va
aniqlangan
bog‘liqliklardan foydalanish mumkin bo‘lgan doirani tavsiflaydi. Masalan,
bananlarning do‘kon rastasida joylashuvi va sotuv hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
(agarda u mavjud bo‘lsa) boshqa turdagi do‘konlarga ham tarqatish mumkinmi?
Reklamani sinovdan o‘tkazishda xaridorlarning har xil reklama turlariga
reaksiyasi baholanadi, bunda sinovdan o‘tkazish maxsus namoyish xonasida amalga
oshiriladi. Biroq xaridorlarning tovarni ilgari surishdagi turli usular, jumladan,
285
reklamaga haqiqiy reaksiyasi namoyish xonasi va haqiqiy savdo zalida bir-biridan
farq qilishi mumkin.
Amaliyotda muayyan marketing tadqiqoti o‘tkazishda qoidaga ko‘ra bitta
emas, balki barcha tadqiqot turlaridan, buning ustiga istalgan ketma-ketlikda
foydalaniladi. Masalan, tavsiflash xarakteriga ega tadqiqot asosida razvedka tadqiqoti
o‘tkazish haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Buning natijalari kazual tadqiqot
yordamida aniqlashtirilib, o‘z navbatida, bu tadqiqotga asos qilib eksperiment
o‘tkazish olinadi.
Eksperiment usuli o‘rganilayotgan ob’ektlar xulq-avtori haqida axborot
to‘plash usuli bo‘lib, ushbu ob’ektlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillar
ustidan nazorat o‘rnatishni nazarda tutadi.
Bu usuldan maqsad marketing omillari va o‘rganilayotgan ob’ektlar xulq-
avtori o‘rtasida sabab-oqibat aloqalarini aniqlashdir. Eksperiment natijalarining
ishonchliligini ta’minlash uchun o‘rganilayotgan omildan tashqari boshqa barcha
omillar qiymati o‘zgarmas bo‘lishi lozim.
Eksperiment
marketing
tadqiqotlari
usuli
sifatida
tahlil
davomida
o‘rganilayotgan omildan boshqa barcha omillar ta’siri yo‘q qilinishini nazarda tutadi.
Shu sababli eksperiment kamida ikkita o‘rganilayotgan guruh bo‘lishini talab qiladi,
ulardan biri eksperimental, ikkinchisi esa nazorat guruhi sanaladi.
Sun’iy vaziyatda o‘tkaziluvchi eksperimentlar laboratoriya eksperimenti,
haqiqiy sharoitlarda o‘tkaziluvchi eksperimentlar esa dala eksperimenti deb ataladi.
Dala tadqiqotlari eng murakkab va qimmatli bo‘lsada, shu bilan bir paytda u
bozorni o‘rganishning eng samarali usuli hamdir. Uni faqat yirik kompaniyalargina
qo‘llaydi. U bozor talablari, sotuv
usullari, narx va boshqa ko‘plab shartlar
bilan tezda va har tomonlama tanishib
chiqish,
potensial
xaridorlar
bilan
shaxsiy
muloqot
o‘rnatish, mazkur
bozorda talab eng katta bo‘lgan tovar
namunalarini xarid qilishga imkon beradi.
286
Do'stlaringiz bilan baham: |