Tadqiqotlari


-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
8.1-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari 
 
So‘rovlarni  o‘tkazishda  olinuvchi  axborot  ko‘p  jihatdan  panel  tarkibiga  ham 
bog‘liq  bo‘ladi.  Oila  va  yakka  holdagi  iste’molchilar  panelini  tuzish  eng  qiyin 
jarayon  hisoblanadi.  Savdo,  sanoat  korxonalari  va  ekspertlar  panellarining  ustunligi 
ularning  a’zolari  soni  iste’molchilar  paneliga  nisbatan  kamligida  bo‘lib,  bu  ularni 
shaklantirish va kuzatish xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. 
O‘rganilayotgan  muammolar  bo‘yicha  panellar  umumiy  va  ixtisoslashgan 
turlarga  taqsimlanadi.  Ixtisoslashgan  panellar  ayrim  tovar  yoki  tovarlar  guruhini 
o‘rganish  uchun  tuzilishi  mumkin.  Masalan,  ular  yordamida  tovarlar  va  yangi  tovar 
konsepsiyalari  sinab  ko‘riladi;  bozor  tendensiyalari  kuzatib  boriladi;  iste’molchilar 
yangi tovar haqida ma’lumot oluvchi manbalar aniqlanadi. 
Axborot olish usuli bo‘yicha to‘rt xil panelni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1)  panel  a’zolari  talab  qilinuvchi  axborotni  (to‘ldirilgan  kundaliklar,  so‘rov 
varaqalari) pochta orqali jo‘natadi; 
2) panel a’zolaridan intervyu olinadi; 
3)  panel  a’zolari  kundalik  yoki  so‘rov  varaqalarini  to‘ldiradi,  lekin  axborotni 
maxsus xodimlar to‘playdi; 
4)  panel  a’zolaridan  ma’lum  vaqt  oralig‘idan  so‘ng  intervyu  olinadi,  bu  vaqt 
ichida axborot pochta orqali jo‘natiladi. 
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi: 
Panel turlari
istemol
sanoat korxonalari
savdo
ekspertlar


 
201 
 
1)  respondentlarga  intervyuyer  tomonidan  savol  berish  yo‘li  bilan,  javoblarni 
intervyuyer qayd etib boradi;  
2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan; 
3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. 
Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:  
1.  Respondentlar  bilan  qaytuvchan  aloqaning  mavjudligi  so‘rov  jarayonini 
boshqarishga imkon beradi. 
2.  Respondentlar  va  intervyuyer  o‘rtasida  so‘rovning  boshidayoq  ishonchli 
munosabat o‘rnatish imkoniyati. 
3.  So‘ralayotganlar  ma’lumot  darajasi  yoki  xususiyatlarini  hisobga  olish 
imkoniyati  –  masalan,  respondentga  qo‘llanuvchi  shkalalar  gradatsiyasida  yordam 
berish. 
Mazkur  usulning  kamchiliklari  xuddi  ikkinchi  usulniki  kabi  bo‘lib,  keyinroq 
ko‘rib chiqiladi. 
Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.  Mazkur  yondashuvni  shaxsiy  intervyuga  nisbatan  tezroq  amalga  oshirish. 
Kompyuter  oldingi  savollarga  moslashtirilgan  savollarni  juda  tez  berishi,  tasodifan 
tanlangan  telefon  raqamlarini  tez  terishi,  har  bir  so‘raluvchining  xususiyatlarini 
hisobga olishi mumkin. 
2.  Intervyuyerning  xatoga  yo‘l  qo‘ymasligi,  kompyuter  charchamaydi,  uni 
«sotib olib» bo‘lmaydi. 
3. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish. 
4.  Ma’lumotlar  bilan  real  vaqt  rejimida  ishlash.  Olingan  axborot  bevosita 
ma’lumotlar  to‘plamiga  jo‘natiladi  hamda  istalgan  payt  tahlil  qilish  uchun  ochiq 
bo‘ladi. 
5. 
Intervyuyerning 
sub’ektiv  xislatlari  olinadigan  javoblarga  ta’sir  
ko‘rsatmaydi.  Respondentlar  intervyuyerga  yoqmaydigan  javoblarni  bermaslikka 
harakat qilmaydi. 


 
202 
 
Kompyuter  usulining  kamchiliklari  kompyuter  va  dasturiy  vositalarni  xarid 
qilish  va  undan  foydalanish,  har  bir  tekshiruvdan  so‘ng  kompyuterni  viruslardan 
tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat. 
Uchinchi  usulning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  asosiy  jihati  shundaki,  respondent  unga 
berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish