Tadqiqotlari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.
Marketing tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz? 
2.
Marketing tadqiqotlari turlariga qanday usullar kiradi? 
3.
Yozuvli tadqiqotlarga nimalar kiradi? 
4.
Kazual tadqiqotlar usullariga qanday axborot to‘plash usullari kiradi? 
5.
Marketing tadqiqotlarining ayrim belgilari bo‘yicha qanday tavsiflanadi? 
6.
Dala tadqiqotlarining tavsifini aytib bering. 
7.
Miqdoriy va sifat tadqiqotlari o‘rtasidagi farqni aniqlab bering. 
8.
Marketing 
tadqiqotlarining 
asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha qanday 
tavsiflanadi? 
9.
Marketing tadqiqotlarida statistikaning roli va ahamiyati nimalardan iborat? 
10.
Marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning 
metodologik asoslari 
nimalardan iborat? 


123 
6 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA AXBOROT TIZIMI VA
AXBOROTI MANBAALARI 
 
6.1.
Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar 
tizimining ahamiyati 
 
Axborotlar deyilganda, hodisa yoki jarayonlar haqidagi dalil, ma’lumot, xabar, 
baho va raqamlarda ifoda etilgan, ularni tahlil qilib, tegishli boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar tushuniladi. 
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Axborot” atamasiga “Ish, voqea-hodisalar 
haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot”
1
, degan izoh berilgan. Ko‘rinib 
turibdiki, axborotlar korxona va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ish, hayotda 
voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumotlardan iborat. Demak 
hayotda qanchalik voqea-hodisalar ko‘p bo‘lsa, ular haqida tushuncha beruvchi 
xabarlar ham, ularni ifoda etadigan ma’lumotlar ham shunchalik ko‘p. Ularni 
o‘rganish uchun ma’lum darajada tizimlashtirishni taqozo qiladi. Bu esa, o‘z 
navbatida ularni ma’lum belgilari bo‘yicha tasniflash zaruratini tug‘diradi. 
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri, bu axborotlarning to‘laqonli 
bo‘lishidadir. Umuman olganda hozirgi kun sanoat, industriya asri axborotlar 
almashuvi bilan xarakterlanadi. 
Industrial asr uchun xos bo‘lgan xususiyatlar: moddiy ne’matlar, sanoat ishlab 
chiqarishning ustun darajada rivojlanishi, sanoat ishchilarining xissasi bilan oshib 
borish bilan xarakterlansa, ishlab chiqarish esa yalpi, yirik pog‘onali va katta 
sig‘imdagi bozorga mo‘ljallangan bo‘lsa, ishlab chiqarish samaradorligini oshishi esa 
jonsiz va jonli mehnatni, xomashe, moddiy resurslarni tejash hisobiga, korxonani 
kengaytirish va tannarxni pasaytirish hisobiga amalga oshiriladigan bo‘lsa, axborotlar 
davriga kelib iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining ulushi ortib boradi va 
ayniqsa axborotlar xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik xizmati 
yuqori darajada o‘sadi. 
Marketing tadqiqotlarida axborotning mohiyati va ahamiyatini o‘rganar 
ekanmiz, avvalam bor marketing axborot tizimi (MAT)ga murojat qilamiz. MAT – 
1
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. DIN, 2015. – 119-120 betlar. 


124 
insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va 
to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing 
sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
Marketing axborot tizimi o‘zaro mushtarak, bog‘langan elementlar va munosabatlar 
majmuini tashkil etadi. 
Marketing axborot tizimi marketingli rejalashtirishning takomillashtirish, 
marketing tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida 
foydalanish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish uchun zamonda axborotlarni 
to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va tarqatish yuzasidan uzluksiz va 
o‘zaro bog‘liq kishilar, asbob- uskunalar va jarayonlar yig‘indisiga kiradi. Quyidagi 
rasmda marketing axborot tizimining ko‘rinishi aks ettirilgan. (6.1-rasm). 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish