186
tadqiqot predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar asosiy axborot manbai vazifasini
bajaradi.
Shu sababli maxsus so‘rovlar ko‘pincha ekspertlar so‘rovi deb ham ataladi.
Ular marketing tadqiqotining boshida muammoni aniqlash uchun yoki tadqiqotning
oxirida qaror qabul qilish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.
Bir martalik so‘rovlar faqat bozor sub’ektlarining korxona faoliyati va uning
mahsulotlariga joriy reaksiyasini ko‘rsatgan bir paytda takroriy so‘rovlar tovarning
butun
hayot davrini, iste’molchilar so‘rovlari va did-istaklarini aniqlashga imkon
beradi.
So‘rovlar odatda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlardan foydalanuvchilar
fikrini o‘rganish uchun foydalaniladi, chunki ularning doirasi nisbatan cheklangan
bo‘ladi. Iste’mol bozorida potensial iste’molchilar soni shunchalik ko‘pki, amalda
ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar
o‘tkaziladi.
Anketa so‘rovlari usulining afzalligi uni amalda
hech qanday cheklashsiz
qo‘llash mumkinligi, ob’ektning oldingi va joriy xulq-atvori, kelajakdagi rejalari
haqida ma’lumot olishga imkon beradi.
Mazkur usulning kamchiligi so‘rovlarni o‘tkazish uchun katta xarajat va ko‘p
mehnat talab qilinishi, olingan axborotning noto‘g‘ri javoblar natijasida aniqlik
darajasi pasayishi mumkinligidan iborat.
So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi:
➢
auditoriya bilan aloqa usulini tanlash;
➢
anketani tayyorlash;
➢
sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish.
So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari
va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li
bilan birlamchi axborot
to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga
ega bo‘lishi mumkin; birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar
beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi.
187
So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq
etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun
bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va
gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot
darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot
o‘tkazadi.
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi:
1) respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan,
javoblarni
intervyuyer qayd etib boradi;
2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan;
3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan.
Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:
1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini
boshqarishga imkon beradi.
2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli
munosabat o‘rnatish imkoniyati.
3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish
imkoniyati — masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam
berish.
Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq
ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish.
Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan
savollarni juda tez berishi, tasodifan
tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini
hisobga olishi mumkin.
2. Intervyuyerning xatoga yo‘l qo‘ymasligi, kompyuter charchamaydi, uni
«sotib olib» bo‘lmaydi.
3. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish.
188
4. Ma’lumotlar bilan real vaqt rejimida ishlash. Olingan axborot bevosita
ma’lumotlar to‘plamiga jo‘natiladi hamda istalgan payt
tahlil qilish uchun ochiq
bo‘ladi.
5.
Intervyuyerning
sub’ektiv xislatlari olinadigan javoblarga ta’sir
ko‘rsatmaydi. Respondentlar intervyuyerga yoqmaydigan javoblarni bermaslikka
harakat qilmaydi.
Kompyuter usulining kamchiliklari kompyuter va dasturiy vositalarni xarid
qilish va undan foydalanish, har bir tekshiruvdan so‘ng kompyuterni viruslardan
tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat.
Uchinchi usulning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy jihati shundaki,
respondent unga
berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi.
Ushbu usulning afzalliklari:
1. Intervyuyer va kompyuter texnikasidan foydalanilmaslik sababli nisbatan
arzonlik.
2. Respondentlar tomonidan savollarga javoblarning mustaqil berilishi, ular
savolga javobberish tezligi va vaqtini o‘zlari belgilaydi.
3. Intervyuyer yoki kompyuter tomonidan ko‘rsatiluvchi biron-bir ta’sirning
yo‘qligi respondentlar uchun savollarga javob berishda yanada qulaylik yaratadi.
Bu usulning kamchiligi birinchi navbatda respondentning o‘zi anketa
savollariga javobni nazorat qilishi, uning javoblarida xatolar bo‘lishi mumkinligi, so‘rov
muddati buzilishi yoki anketalarning umuman qaytarib berilmasligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: