125
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra
dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining
nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida
tobora namoyon bo‘layotganligida ko‘rinmoqda. Marketing xususida to‘plangan
axborotni o‘z vaqtida ishlatish, undan zaruriy yo‘nalishlarni aniqlashda foydalanish
natijasida, ko‘pgina firmalar mashxurlikka erishdilar, doimiy xaridorlar ko‘lamiga,
ular e’tiboriga sazovor buldilar.
Bunday firmalar jumlasiga, «Maykrosoft», «Nayk»,
«Ribok», «Simens» kabi bir kator firmalarni kiritish mumkin. Marketing faoliyatini
tashkil etish va marketing axborotiga bo‘lgan ommaviy zaruriyat quyidagi
o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq.
Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e’tibor
xaridor ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi paytda asosiy e’tibor
xaridorlar istaklarini qondirishga qaratilgan. Ehtiyoj – inson tomonidan his etilgan
moddiy va ma’naviy ne’matlarga nisbatan yetishmovchilik demakdir. Ehtiyoj
umumlashgan tarzda ushbu ne’matlarga egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi
– alohida insonning moddiy va ma’naviy yetuklik darajasiga ko‘ra, muayyan tovarga
bevosita egalik qilish va uni o‘zlashtirish borasida zaruratidir.
Lekin, xaridor istagi tushunchasi to‘la ma’noda xaridorning muayyan tovarni
sotib olishga, foydalanishga qodir va tayyor ekanligini anglatmaydi. Shu sababli, bu
o‘rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi –
muayyan
tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining
aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, xaridorning xarid qilishda
to‘lovga qodirlik darajasi va imkoniyatida bo‘lgan qismigina xaridor talabi
chegarasini ifodalaydi.
Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi o‘ringa
xaridorlarning umumlashgan tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning
istagi, didi, xoxishi va o‘zlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar
ishtiyoqini qondirishga talab etadi.
Shunday qilib turar joyga, ovqatlanishga, dam
olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan tarzdagi xaridorlar istagini
qondirishga, ya’ni ularning salmog‘i, turmush tarzi, odatlari, mavqelari va boshqa
126
xususiyatlarni
nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi hozirgi paytdagi
tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Ikkinchidan, mahalliy mikyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan
xalqaro marketing faoliyati sari o‘tilishi oqibatida, firmalar o‘z imkoniyatlarini
samarali jihatlarini internatsionalizatsiya jarayonida qurmoqdalar. Mahalliy bozor
talablarini qondirish uchun kurashda geografik cheklanishlarning yo‘qolishi,
yangi
tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirish samarali ekanligini ushbu
xususiyatning asosiy mohiyatini belgilaydi.
Ushbu nuqtai nazardan, marketing axborotiga bo‘lgan zarurat tobora ortib
bormoqda. Marketing jarayonini samarali tashkil etishda marketing tadqiqoti muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan marketing tadqiqoti
jarayoni uchun to‘rt muhim manfaatdorlikni ta’minlash lozim.
1.
Tovarlar va xizmatlarni xaridorlarga yetkazishning firma va xaridor
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va samarali shaklini axtarish. Xaridor uchun o‘ta
manfaatli savdo va xizmat ko‘rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik,
fiziologik va boshqa xaridor istaklarini qondirish. Bu jihatdan, «xaridor doim haqdir»
tamoyili asosida firma o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim.
2.
Xaridor uchun manfaatli va foydali bo‘lgan
manzildagi tovarlar va
xizmatlarni taklif etishga intilish. Xaridor geografik jihatdan cheklanish va
xizmatlardan foydalanishdan yetishmovchilikni sezmasligi lozim.
3.
Xarid etish vaqti xaridor uchun qulay va ko‘p jihatdan manfaatli bo‘lishini
ta’minlash yoxud kerakli va zaruriy vaqtda sotuvchining xaridorga tegishli tovarlar
va xizmatlarni taklif eta olish qobiliyatini oshirish.
4.
Xarid qilish va foydalanishdan xaridorning mamnunligi va manfaatdorligini
ta’minlash. Ko‘pgina xollarda, xaridor o‘zi uchun zarur tovarlarni sezmay qoladi va
e’tibor bermaydi. Ana shu vaziyatda sotuvchi xaridor ishtiyoqini seza bilishi, uni
ushbu bozorda kerakli tovarlar bilan ishtiroki muhim ekanligini anglashi zarur
bo‘ladi.
Ushbu manfaatdorlikka erishish uchun zaruriy shart –
sharoitni marketing
tadqiqoti amalga oshiradi. Yetarli axborotni to‘plash kelgusi o‘zgarishlarni belgilash
127
uchun ushbu tadqiqotning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yuqorida qayd etilgan
manfaatdorlikni ta’minlash marketingning tarkibiy elementlarida o‘z aksini topadi,
ya’ni «Marketing – Miks» dasturi tarzida: boshqacha qilib aytganda turt «P»., ingl.
«R» tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga moslashtirish bo‘yicha kelgusi amaliy
tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha
axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi.
Tovar ishlab chiqaruvchi istalgan korxona rahbariyati bozordagi holat,
qo‘yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalar
xarakteri hamda belgilangan
strategiyadan kelib chiqqan holda qaysi marketing tadqiqotlarini va qanday ketma-
ketlikda o‘tkazish, qanday inson va moliya resurslarini ishga solish, nimani o‘z kuchi
bilan qilish, qaysi tadqiqotlarni chetdan bajaruvchilarga buyurtma qilish foydali
ekanligini hal qilishga majbur. Inson va moliya resurslarini tejash va bunda
marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda katta natijaga erishish uchun ushbu muammoni
istiqbolda qanday bo‘lishini konseptual jihatdan ko‘rish zarur.
Ushbu
konsepsiyani
ishlab
chiqish
marketing
tadqiqotlarini
butun
murakkabliklarini bilan ko‘rishdan tashqari uni yanada oqilona usullari bilan hal
qilish yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Bu esa yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: