Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

7.7.
 
ETOM makromuhit xatarlari va imkoniyatlari tahlili uslubiyoti 
 
Makromuhit omillari ta’sirini tahlil qilish uchun shuningdek YeTOM-tahlildan 
foydalanish mumkin. “YeTOM” atamasi – Environmental Threats and Opportunities 
Matrix – tashqi muhit xavf-xatarlari va imkoniyatlari matritsasining qisqartmasidir. 
Mazkur tahlilning afzalligi ekspertlar tomonidan ajratiladigan omillar va hodislarning 
cheklangan sonini (odatda 15) kiritishdan iborat.
YeTOM-tahlil uslubiyotini amalga oshirish bosqichlari: 
1.
Tahlil ob’ektini aniqlash: korxona, alohida bo‘linmalar (filiallar) yoki biznes-
birliklar. 
2.
Tanlash mezonlarini aniqlash va ekspertlarni tanlab olish (tahlil ekspert 
baholari yoki Delfi usulida o‘tkaziladi). Zaruriyatga qarab, turli ekspertlar uchun 
reyting koeffitsiyentlarini o‘rnatish. 
3.
Ekspertlar tomonidan omillar tahlili natijalarini kiritish uchun shaklni ishlab 
chiqish va yakuniy shaklni ishlab chiqish. Zaruriyatga qarab tahlil shaklini testdan 
o‘tkazish. Jadval shakli 7.3-jadvalda berilgan ko‘rinishga ega. Ayrim hollarda 
makromuhit omillarining standart ro‘yxatlaridan foydalanish taklif etiladi va 
ekspertlar ulardan eng muhimlarini tanlab oladi. Omillar to‘plamini o‘z navbatida 
tahlilning dastlabki bosqichida shu ekspertlarning o‘zi ajratib olishi mumkin. 
7.3-jadval 
YeTOM-tahlil matritsasi 
 
Omillar guruhi 
Hodisa/omillarnin
g ta’rifi 
Xavf-
xatar 
(-) 
Imkoniyat 
(+) 
Salmoq 
bahosi 
(1-5) 
Muhimlilik 
bahosi 
(1-15) 
Kompaniya 
strategiyasiga 
umumiy ta’sir 







Iqtisodiy 





Jami
Sotsial va 
madaniy 





Jami


181 
Demografik





Jami
Geografik





Jami
Siyosiy va 
yuridik 





Jami
Texnologik





Jami
Raqobat





Jami
Hammasi (-)
Hammasi (+) 
4.
YeTOM-tahlil shaklini to‘ldirish. Shakl har bir ekspert tomonidan mustaqil 
quyidagicha to‘ldiriladi: 
– Ustun 1 – omil mansub bo‘lgan guruh: iqtisodiy, sotsial va madaniy, 
demografik, geografik, siyosiy va yuridik, texnologik va raqobat guruhi tanlanadi; 
– Ustun 2 – ekspert nuqtai nazardan muhim makromuhit omillari, shuningdek 
kompaniya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim hodisalar yoziladi. 
– Ustun 3 – har bir ajratilgan omil yoki hodisa bo‘yicha uning xavf-xatarga 
aylanib salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi, agar mumkin bo‘lsa, “–” 
belgisi qo‘yiladi. 


182 
– Ustun 4 – har bir ajratilgan omil yoki hodisa bo‘yicha uning imkoniyatga 
aylanib ijobiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi, agar mumkin bo‘lsa, “+” 
belgisi qo‘yiladi. 
– Ustun 5 – tahlilga kiritilgan har bir omilning salmog‘i (omillar guruhi ichida) 
korxonaning faoliyatiga mumkin bo‘lgan ta’sir kuchi jihatdan (1 – eng pastdan 5 – 
eng yuqorigacha) baholanadi. 
– Ustun 6 – tahlilga kiritilgan har bir omil va hodisaning muhimlik reytingi 
o‘rnatiladi (tahlil shartlariga ko‘ra ular jami 15 ta bo‘lishi kerak) mos ravishda 1 – 
eng pastdan 15 – eng yuqorigacha. 
– Ustun 7 – omil yoki hodisaning korxona strategiyasiga jamlanma ta’siri 
hisoblanadi. 
Formula: omilning salmoq miqdorini (4-ustun) reyting ko‘rsatkichiga (5-ustun) 
ko‘paytiriladi. Olingan natija belgisi (- yoki +) 3- yoki 4-ustunda tanlangan 
miqdoriga bog‘liq. Bitta omil yoki hodisaning o‘zi bir vaqtda ham xavf-xatar ham 
imkoniyat yaratishi mumkin bo‘lganda ikkala variant ko‘rib chiqiladi. Bunda uning 
ballardagi bahosi doim salmoq va reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi. 
Jadvalning “Jami” qatorlari barcha omillar guruhining korxona strategiyasiga 
ta’sirini umumiy bahosini aks ettiradi. 
5. Makromuhit omillari ta’sirini baholashning yakuniy shaklini tayyorlash. 
Shaklning ehtimoliy varianti 7.4-jadvalda berilgan. Shunday qilib, har bir ekspertning 
modul bo‘yicha ish natijalari bo‘yicha eng muhim uchta makromuhit omili tanlanadi 
va ushbu natijalardan keyinchalik rejalashtirish va operativ boshqarish jarayonida 
foydalanadi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish