Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
 
 
 
 


158 
7.4. Marketing tadqiqotlarida mikro va makro muhiti 
Marketing muhiti – tashkilotdan tashqari holda faol ta’sir o‘tkazadigan 
sub’ektlar va kuchlar yig‘indisi bo‘lib, bozor ishtirokchilari va xaridorlar bilan 
bo‘ladigan barcha munosabatlarga va ularning shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi.
 
Marketing faoliyatini boshqarish jarayoni korxonaga uning ichkarisida ham, 
tashqaridan ham ta’sir ko‘rsatuvchi elementlar yig‘indisiga bog‘liqdir. Ushbu 
elementlar yig‘indisi «korxonaning marketing muhiti» deb nomlanib, uni tashqi va 
ichki muhitga ajratish mumkin.
Tashqi muhit bu – tashkilot va uning marketing bo‘limi tomonidan boshqarib 
bo‘lmaydigan elementlardir.
Ichki muhit esa tashkilotning o‘zida, xususan, marketing bo‘limi tomonidan 
nazorat qilinuvchi elementlarni qamrab oladi. 
Tashqi muhitni maqsadli xaridorlar, ta’minotchilar, raqobatchilar, vositachilar 
va maqsadli doiradan iborat bo‘lgan mikromuhit hamda iqtisodiy, ilmiy-texnik, 
madaniy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy, ekologik va siyosiy-huquqiy 
omillardan iborat bo‘lgan makromuhitga taqsimlash mumkin. 
Marketing muhiti tashkilot doirasidagi va keng ta’sir doirasidagi belgisiga 
ko‘ra mikro va makromuhitlarga bo‘linadi. 
Mikromuhit tarkibiga tashkilot tomonidan o‘z imkoniyatlari va mavjud 
salohiyati vositasida ta’sir etuvchi sub’ektlar va kuchlar kiradi. Jumladan, 
ta’minotchilar, raqobatchilar, mijozlar va xaridorlar, marketing bo‘yicha vositachilar 
(agar ular tashkilotga bevosita maslahatlar berayotgan bo‘lsa), muloqotdagi jamoa – 
mikromuhit elementlari hisoblanadi. 
Ushbu mikromuhit elementlari va makromuhitni tashkil etuvchi kuchlar 
olimlar tomonidan turlicha turkumlanadi. Masalan, D.Evans va B.Berman fikrlariga 
ko‘ra, marketing amalga oshirilayotgan muhitni firma rahbariyati va marketing 
mutaxassislari tomonidan nazorat etiladigan va nazorat etilmaydigan omillar 
guruhiga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Ushbu yondoshishni D.Evans va 
B.Berman firma rahbariyati va marketing mutaxassislari tomonidan amalga 


159 
oshirilayotgan Amaliy hatti-harakatlarda, boshqarish sohasidagi chora va tadbirlarda 
deb asoslaydilar va baholaydilar. 
Bizning fikrimizcha, ushbu ilmiy yondoshishi va amaliy tahlil ijobiy jihatlarga 
ega va u izlanishning asosiy mezoni sifatida marketingni tashkil etish va boshqarish 
vazifalarini birlamchi qilib qo‘yadi. Marketingni makro va mikromuhitlarga 
turkumlab o‘rganish klassik tarzda bo‘lib, u tashqi o‘zgarishlar ko‘lamini o‘ta tartibli 
tizimga solib o‘rganish va inobatga olish imkonini beradi. 
Marketing faoliyatini amalga oshirishda tashkilotning barcha funksional 
bo‘linmalari (buxgalteriya, moliya, ishlab chiqarish, sotish, marketing, ilmiy-tadqiqot 
va hokazo) yetakchi ahamiyat kasb etadi. Bo‘linmalarning tashkiliy tuzilishi, 
bo‘ysunishi esa tashkilotning boshqarish tuzilishidan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlab 
o‘tish joizki, marketing maqsadlari va vazifalari bevosita boshqarish tizimining 
shakllanishini belgilashi lozim, aksincha emas. 
Shu nuqtai nazardan, marketing faoliyatining shakllanishi va mikromuhitda 
tasir etuvchi kuchlar ta’sirini e’tiborga olish zarur hisoblanadi. 
Tashkilot 
makromuhitini 
o‘rganish 
ta’minotchilardan 
boshlanadi. 
Ta’minotchilar – alohida olingan tashiklot. Uyushma, shaxslar yig‘indisidan tarkib 
topib, firmani moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bilan ta’minlaydi, muayyan 
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun sezilarli ta’sir o‘tkazadi. 
Ta’minotchilarni o‘rganish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tashkilot uchun 
ta’minotchi bo‘lgan firma, uning raqobatchisi uchun ham ta’minotchidir. Ta’minotchi 
ham o‘z faoliyatida erkin bo‘lib, uning talablar va ehtiyojlarini tabiiyki, nazarda 
tutish lozim. 
Masalan, A – firmaning ta’minotchisiga nisbatan munosabatini olaylik. 
Yetkazib berilgan tovar uchun pul to‘lovlarining kechiktirilish, shartnoma 
kelishuvlarining tez-tez buzib turilishi, nafaqat undan mahrum bo‘lish xavfini, balki 
barcha ta’minotchilar o‘rtasida ushbu A – firmasiga nisbatan salbiy mulohazalar 
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Eng ko‘ngilsiz oqibat sifatida esa, qayd etilgan 
ta’minotchini A – firmaning Raqobatchisi manfaatlarida xizmat qilishi va uning 
doimiy ta’minotchisiga aylanishini misol qilish mumkin. 


160 
Marketing bo‘yicha vositalar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlariga 
yetkazish. Sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. Ular jumlasiga 
savdo vositachilari (dilerlar, distribyuterlar, savdo markazlari va hokazo), tovar 
yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar (transport xizmati ko‘rsatuvchi 
tashkilolar, portlar, aeroportlar, omborlarga ega bo‘lgan tashkilotlar vash u kabi tovar 
harakatini ta’minlovchilar, vositailar), kredit-moliya muassasalari (banklar, sug‘urta 
kompaniyalari va hokazo) kiradi. 
Marketing mikromuhiti – doimiy ravishda o‘zgarib turadigan, asosan tezkor 
(operatsion) xarakterga ega bo‘lgan kuch va omillarning faoliyat sohasi. Marketing 
mikromuhitiga quyidagilar kiradi: 

firma va uning bo‘linmalari; 

ta’minotchilar, ya’ni firmaga tovar sotuvchi shaxslar va tashkilotlar; 

tovarlarni qayta sotuvchi marketing vositachilari; 

mijozlar, ya’ni tovar buyurtmachilari yoki xaridorlari; 

raqobatchilar, ya’ni tovarni eng foydali narxda sotib olish uchun kurashga 
kirishgan shaxslar va tashkilotlar. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish