GLOSSARIY
“Adabiyot” (Literatura, Literature) - arabcha so‘z bo‘lib, u “odob” (ko‘plik shakli “adab”) so‘zidan olingan.
“Adabiyotshunoslik” (Literaturovedinie, Literary studies) - so‘zi ham ikki qismdan iborat bo‘lib, u “adabiyot bilan shug‘ullanish”, “adabiyotni o‘rganish” ma'nosini anglatadi. Bundan ayon bo‘ladiki, adabiyotshunoslik adabiyot haqidagi fandir.
“Adabiyot tarixi” (Istoriya literatura, History of literature) - adabiyotning taraqqiyoti tamoyillarini, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini, ijodkorlarning ijodiy faoliyatini o‘rganadi.
“Adabiyot nazariyasi” (Teoriya literaturo‘, Theory literature) - adabiyot va ijtimoiy hayot orasidagi bog‘liqlikni, so‘z san'atining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanishini, adabiy tur va janrlar tabiatini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, badiiy asar tuzilishi, uni tashkil etuvchi qismlarni, asarning tili, ifoda uslubini, badiiy-tasviriy vositalarni, adabiy yo‘nalish, adabiy uslub, adabiy maktab, ijodkorning badiiy mahorati kabi masalalarni o‘rganadi.
“Adabiy tanqid” (Literaturnaya kritika, Literary criticism) - joriy adabiy jarayonni tahlil qiladi. Yaratilayotgan asarlarning g‘oyaviy-estetik qimmatiga baho beradi. Adabiy jarayonda paydo bo‘layotgan o‘zgarish, yo‘nalish, uslublarni aniqlaydi. Asarlarning kishilar did, tafakkuriga ta'siri haqida fikr bildiradi.
Adabiy qahramon (Literaturno‘y geroy, Culture hero) – asar personajlari tizimida muhim o‘rin egalab, g‘oyaviy-badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifodalashda muhim rol o‘ynovchi shaxs obrazi.
Aruz (Aruz, aruz) arabcha so‘z bo‘lib “chodir ushlab turadigan o‘rtaga qo‘yilgan yog‘och” demakdir. Aruz she'r tizimi – qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib, takrorlanishiga asoslangan metrik she'r tizimidir. Manbalarda aruzga VIII asrda Aruz vodiysida yashagan arab olimi Xalil ibn Ahmad asos solgani, “aruz” atamasi shu joyning nomlnishidan olingani, “Qur'on” arab tilida nozil qilingani, shu bois tilining mavqyei yuksak bo‘lgani, islom dinining ta'siri tufayli aruz musulmon sharqida uzoq asrlar davomida yetakchi she'r tizimi bo‘lib kelgani, dastlab arab adabiyotida paydo bo‘lgan ushbu she'r tizimi IX asrda fors adabiyotida qo‘llana boshlagani qayd etiladi. Fitrat Hijriy 462 yilda Qashqarda yozilgan “Qutadg‘u bilig”ni turkiy adabiyotda aruzda bitilgan dastlabki asar sifatida ko‘rsatadi. Aruz IX asrdan XIX asr oxiri – XX asr boshigacha o‘zbek adabiyotida asosiy she'r tizimi bo‘lib kelgan. Aruz mexanik tarzda emas, balki fors va turkiy til xususiyatlariga moslashtirib o‘zlashtirilgan. Mumtoz aruzshunoslikda aruzning ritmik birliklari sifatida harf, juzv, rukn va bahr ko‘rsatiladi. XX asrda Fitrat o‘zbek tilining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, hijo, rukn va bahr turkiy “o‘zbek” aruzining ritmik birliklari ekanligini asoslab bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |