Тадқиқотга Миркарим Осим, Одил Ёқубов, Явдат Илёсов, Зоҳир Аълам, Хайриддин Султонов, Алишер Ибодинов, Шаҳодат Исахонова, Исфандиёр, Мирзапўлат Тошпўлатов ва бошқа ёзувчиларнинг халқимиз ўтмишига, буюк фарзандлари ҳаёти


IKKINCHI MAVZU: INSONNI ANGLASHDA TARIX TUYG‘USI VA BADIIYAT



Download 1,11 Mb.
bet5/23
Sana28.05.2022
Hajmi1,11 Mb.
#613597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`zbek tarixiy qissachiligi-O`UM

IKKINCHI MAVZU: INSONNI ANGLASHDA TARIX TUYG‘USI VA BADIIYAT


REJA:

  1. Badiiy to‘qima – yozuvchi mahoratining mezoni

2. Individual uslub qirralari
3. Tarixiylik – bosh mezon


Tayanch so‘z va iboralar:
Badiiy to‘qima, individual uslub, tarixiylik, badiiylik, yozuvchi mahorati, uslub qirralari, syujet, badiiy tasvir vositalari.


Asosiy matn
Badiiy adabiyotda shaxslar o‘z tabiatidagi butkul fazilatlari — yu, kemtiklari, boshqalardan farqli xususiyatlari, ijtimoiy va shaxsiy hayoti, takrorlanmas individual belgilari majassamlashgan holda badiiy tipga aylanadi. Shu nuqtai nazardan sirtdan qaraganda, bunday shaxslar obrazidan badiiy tiplar yaratish osondek tuyulishi mumkin. Demak, hayotiy qahramonlarning badiiy obrazga aylanishi uchun yozuvchining mahorati, kuchli fantaziyasi, ijtimoiy yoki falsafiy g‘oyasi, badiiy umumlashmasi, shuningdek, keng tasavvur va hofiza ko‘lami katta rol o‘ynaydi. Olis moziy mavzuidagi asarlarda, xususan, tarixiy — biografik qissalarda tarixiy shaxs xarakteri va u yashagan ijtimoiy muhitni qayta jonlantirish jarayoni yozuvchilar oldiga fakt va ma’lumotlarni, davrni atroflicha o‘rganishlikni, nafaqat bosh qahramon, shuningdek, yon —tevaragidagilar tabiatini ham bilishlikni, ijodiy tasavvur yordamida qayta tiklashlikni taqozo etadi.
Asarda tasvirlanayotgan zamon bilan yozuvchi yashayotgan makon o‘rtasidagi davr bir necha asrlarni tashkil etadi. Biroq, shunga qaramasdan, ko‘plab tarixiy fakt — ma’lumotlar, voqea — hodisalar asosida, yozuvchi fantaziyasining maxsuli o‘laroq, go‘zal, badiiy barkamol asarlar yuzaga keladi. Bu asarlarda olis moziy xaqiqatining badiiy xaqiqatga aylanishi, muayyan estetik qimmat kasb etishi, ijtimoiy axamiyatga ega bo‘lishi, shubhasiz, yozuvchi mahorati bilan bog‘liq xodisadir.
Ko‘rinadiki, badiiy ijodning muhim shartlaridan biri badiiy to‘qimadir. Ijodkor biror — bir asar yaratar ekan, xoh tarixiy, xoh zamonaviy mavzuda bo‘lsin, avvalo, hayotiy faktlarni saralaydi; ularni badiiy g‘oya atrofida yagona, yaxlit xolga keltirib mujassamlashtiradi, Biroq voqea — hodisalar manzarasi, turli fe’l—atvorli odamlar qiyofasi xuddi hayotda kechgandagidek asarga kiritiladi, tasvirlanadi. Bular yozuvchi fantaziyasining maxsuli bo‘lib, u ana shularning xammasiga kitobxonni ishontirishga harakat qiladi.
Yozuvchi ijodiy faoliyati davomida qahramoni psixologiyasini yoritish uchun, kechmagan voqea—xodisalarni xuddi hayotda bo‘lgandagidek ishontira olishi uchun xar —xil badiiy to‘qimalarni xayol qila bilishi muhim axamiyatga ega. Bu haqda rus mutafakkiri DA.Pisarev shunday degan edi: «Mening xayolim voqealarning tabiiy o‘sib borishidan o‘zib ketishi ham mumkin; yoki butunlay boshqa tomonga, voqealarning tabiiy oqimi burilmaydigan o‘zanlarga qarab nishabini olib ketishi xam mumkin. Birinchi holatda xayol hech qanaqa zarar keltirmaydi; u xatto zahmatkash ijodkorga madad bo‘la oladi, uning kuchiga kuch, g‘ayratiga shijoat qo‘shib yuboradi. Bu xomxayollarning gul — chechaklari emas. Yo‘q, aslo, odam ijodiy xayolning mantiqiga, hayot voqeligi jarayonlariga jiddiy suratda ishonsa, borliqqa diqqat bilan nazar tashlasa, turmushda ko‘rganlarini o‘z orzu—xayollari bilan solishtirsa va umuman, o‘z xayolida shakllangan idealini, ko‘ngil azmoyishlarini ruyobga chiqarish yo‘lida astoydil ishlasa, xayol bilan haqiqat o‘rtasidagi ziddiyat zarar keltirmaydi. Xayol bilan hayot o‘rtasidagi yaqinlik u «yolg‘onmga odamlarni ishontiradi. Bu san’atkor maxoratining qutlug‘ samarasidir»54.
San’atkorning mustaqil nuqtai nazari, tabiiyki, ijodiy tasavvurning samarali, keng qamrovli va teran bo‘lishini asoslaydi. Kuzatish va o‘rganish tufayli ijodkor ongida voqelikning umumlashma xolatda aks etishi yozuvchining ijodiy tajribasi, iqtidori, aql —zakovati bilan chambarchas bog‘liq.
San’atkor ijodiy tasavvurining boyligi, faolligi sa’jiya — salohiyatidan suv ichadi, quvvatlanadi. Shu bois odaiy, ko‘rimsizdek tuyulgan fakt yoki biron —bir narsa kutilmagan ijtimoiy mazmunni keltirib chiqaradi. Yoxud ma’naviy — axloqiy ibratga aylangan ma’nodorlik kasb etadi. Bu narsani yozuvchi Xayriddin Sultonov iqtidori va ijodiy izlanishlari misolida yanada yaqqolroq ko‘ramiz. Ayniqsa, «Saodat soxili» qissasi bu borada badiiy kashfiyot sanaladi. Qissani o‘qir ekanmiz, mahzun va tushkun, o‘ychan va dono, zakiy Bobur siymosi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Adib Bobur obrazini yaratar ekan, o‘ziga zamondosh salaflari va badiiy to‘qima obrazlar bilan chambarchas bog‘liq holda aks ettiradi. Shuningdek, obrazlar faoliyat ko‘rgizayotgan XVI asr ruxini, hayot girdibodlarini, o‘pqonlaru o‘pirilishlarni haqqoniy kartinalarda yoritadi. Bu borada o‘tmishni xis etish — tarix tuyg‘usi moziy voqeligi bilan Bobur shaxsini bir butunlikda aks ettirish imkonini bergan.
Tarixdan ma’lumki, Bobur Shayboniyxondan talofat ko‘rib, o‘z yurtini tark etadi. Avval Afg‘onistonni, so‘ng Hindiston o‘lkalarini o‘ziga qaratib, katta imperiya tuzadi. Bu haqda tarixiy asarlarda va «Boburnoma»da ancha keng, mufassal ma’lumotlar berilgan. Biroq, mazkur tarixiy voqealarning qanday kechganligi bizga qorong‘u. Yozuvchi asarida tasvirlangan tarixiy shaxs prototipini kuzatish imkoniyati ham yo‘q. Shu tufayli adib xarakter yaratish jarayonida badiiy to‘qimadan foydalanishi tabiiy. «Saodat sohili»da ayni shu ijodiy izlanishning qultug‘ samarasini ko‘ramiz. Xususan, asarning ayrim o‘rinlarini eslaylik. Yozuvchi qissaning bir necha saxifalarida qahramonning tushkun holatini tasvirlaydi. Bu lavhalar bizga buyuk olim va hukmdor siymosini tasavvur qilish imkonini beradi.
Hayotning ming bir zarbalarini ko‘targan, tiriklikning turfa shevalariga duch kelgan, chuqur iztiroblar girdobiga tushgan inson obrazini chizadi: «Bog‘ etagida, azim shamshod va dafna daraxtlari orasida qad ko‘targan muazzam toqi ravoqda Bobur yolg‘iz o‘ltirar edi. Umrining so‘nggi yillarida u saroydagi xushchaqchaq suron bilan to‘la bazmu tomoshalardan sovigan, jon oluvchi hind raqqosalarining sitamkor ishvalari ham, bulbuliguyo shoirlarning shon —shuhrat ko‘yida o‘rtanib aytuvchi dilrabo baytlari ham endi ko‘ngilga zavq bag‘ishlamas edi. U ko‘p vaqtini ko‘zdan yiroq, xilvat shu toqi ravoqda tanho o‘tkazar, ahyon — ahyon, xushi kelgan chog‘lardagina Yusufiyni chaqirib, chog‘ir buyurar edi. Bunday paytlarda Bog‘i Nurafshonga teran sukunat cho‘kar, olampanohning dardmand, miskin kayfiyatini sezgan saroy ahli, mulozimlari un chiqarmaslikka tirishar edilar»55.
Bu — Boburning tushkun va mahzun, fojeali holatini kitobxon ongiga etkazib bera oladigan, qalbida Bobur shaxsiga nisbatan xayrixohlik tuyg‘ularini uyg‘otadigan ajib lavhalardir. Bobur qissada tasvirlangan voqea —xodisalar izdixomida fan va madaniyat namoyandalarining taqdiri to‘g‘risida xam muttasil qayg‘uradi. Yozuvchi bu holatni Boburning Hofiz Ko‘ykiyga ko‘rsatgan marxamatlari misolida yoritishga erishgan: «G‘oyat mushkul yumushga qo‘l uribsiz, mavlono, — dedi u.
— Xayr, Olloh madad bersin, yo‘lingiz oq, yo‘ldoshingiz xaq bo‘lsin. Illo bu bebaqo dunyoda faqat haq so‘z boqiy qolur. Qasrlar emirilur, saltayatlar to‘zar, as’asayu dabdabalar yitar... Yorug‘ jahonda qirq sakkiz yil umrguzaronlik qilib anglagan yagona haqiqatim shu, mavlono. Shunday mashaqqatli bir ishni uxdangizga olgan ekansiz, imkonimiz etgan ko‘makni bermoq biz uchun farzul vojibdur. Marhamat, xonadonimizning xam, kutubxonamizning ham to‘ri sizniki»(88 —bet).
Bobur, o‘zga yurtlarda shoh bo‘lsa —da, o‘z yurtiga qaytmoqni orzu qilgani, yurt hajrida iztirobda yurgani tarixiy asarlar orqali bizga ma’lum. Yozuvchi qahramonning mana shunday holatlarini o‘z fantaziyasi orqali ishonarli, kitobxon qalbini larzaga soladigan tasvirlarda aks ettiradi. Bobur o‘quvchi ko‘zi o‘ngida hukmdordan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘layotgan voqealar girdobida iztirob chekayotgan oddiy bandai mo‘min sifatida namoyon bo‘ladi: «Hofiz Ko‘ykiy qarshisida ko‘ngil yorib istig‘for keltirayotgan muztarib bu kimsaga ich —ichida ollohdan shafqat va muruvvat tilar edi.
— Angladimki, bu o‘lkada alarning yolg‘iz jismlarini bo‘ysundira olur ekanman, ruxlarini itoat ettirmakka hargiz qudratim etmas ekan... Va yana angladimki, alar o‘z yurtlaridan tiriklayin judo bo‘lmoqdin ko‘ra o‘limni afzal ko‘rdilar. Men esa, ne yuz qarolig‘kim, o‘zga yurtni o‘z yurtimdan afzal bildim...» (101-bet).
Qissada Bobur betimsol shaxs sifatida dunyoqarashi shakllangan inson sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyat yurgizadi. U ma’rifatparvar hukmdor sifatida hayotini butunlay hokimiyat va fan xizmatiga bag‘ishlagan buyuk shaxs timsolini o‘zida mujassam etadi: «Bobur ilk uchrashuvdayoq musofir alloma siymosida ota yurtt*dan duoi salom keltirgan mehmonni emas, balki ulkan tafakkur sohibini ko‘rdi, ahli donish bilan suhbatni har qanday vaqtichog‘likdan afzal bilgani sababli, uni har oqshom huzuriga chorlab, do‘stona izzat —ikrom va lutf — karamlar ko‘rsata boshladi. Hofiz Ko‘ykiy suhbat asnosi buyuk hukumdor qarshisida o‘tirganini deyarli unutib qo‘yardi: Bobur Mirzoning teran salohiyati, favqulodda teran xofizasi, fikridagi mantiq qudrati unga umrini yolriz ilmu fanga baxsh etgan, mubohasada benazir nuroniy allomani eslatar edi» (91 — bet).
Yozuvchi voqea — hodisalarni saralash bilan kifoyalanib qolmay, balki tanlangan kichik —kichik holatlar manzarasiga ham jon baxsh etadi. Ularga tarixiy muxit koloritini yorituvchi ranglar berish barobarida g‘oyaviy — badiiy niyatni ifodalovchi ijtimoiy ma’nodorlik, badiiy umumlashma fikrlar ham bag‘ishlaydi.
Asarda Hofiz Ko‘ykiy Boburning eng yaqin kishisi, maslaxatdoshi, hatto ustozi darajasidagi shaxs sifatida . tasvirlanadi. Bunga kitobxon ishonadi. Vaholanki, Hofiz Ko‘ykiy Boburning shoxlik davrida Hindistonga bir martagina borgan, xolos. Asarda Bobur xarakterining turli qirralarini ochish, Hofiz Ko‘ykiy shaxsiyatini, olim va odam sifatidagi benazir xususiyatlarini yoritish maqsadida yozuvchi badiiy to‘qimadan ancha keng foydalanadi. Bu bilan yozuvchi tarixiy voqelikni zinxor soxtalashtirmaydi, aksincha, oydinlashtiradi: «Olampanoh... — Hofiz Ko‘ykiy shohga qimtinibgina murojaat qiladi. — Mening qutlug‘ xuzuringizga kelmoqdin maqsadim, avvalo, siz zoti shariflarni ziyorat etmoq bo‘lsa, so‘ng shuhrati etti iqlimga mashxur allomalaringiz bilan tanishmoqdur. Kutubxonangizdagi noyob durdonalardan baxramand bo‘lmoqlik umidi xamdir»(85 —bet). Hofiz Ko‘ykiy bilan bo‘lgan suxbatlar asarning boshidan oxirigacha davom etadi. Bunda Boburning shoh sifatidagi qiyofasi kitobxonga yanada yorqin namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, yozuvchi asarda har bir so‘zni shunday ishlatganki, guyo har bir qahramon siz bilan yonma —yon turganday, ularning so‘zlarini o‘z qulog‘ingiz bilan eshitganday bo‘lasiz. Bu yozo‘vchi Xayriddin Sultonov maxoratidan nishona, albatta.
Asarda badiiy to‘qimadan uzukka ko‘z qo‘ygandek ustalik bilan foydalanish, tarixiy shaxs qiyofasini yanada yaqqolroq aks ettirish kabi xususiyatlarni yozuvchi Isfandiyor ijodida ham kuzatish mumkin. U «Qasamyod» qissasida Spitamen obrazini tarixiy manbadarga suyangan holda badiiy to‘qima orqali ishonarli qilib chizib beradi: • «So‘g‘dga ko‘plab sarkardalar va jasur jangchilarni etkazib bergan qadim aslzodalar qavmidan bo‘lmish o‘ttiz yoshli Spitamen hamrohlariga etib olishlari uchun otining tizginini qo‘yib yubordi»56.
Ushbu parchadan kuzatish mumkinki, yozuvchi talqinida Spitamen xarakteri kuchli, sobit irodali, jasur va o‘ktam ma’naviyat sohibi sifatida to‘laqonli ifodasini topgan. Asardagi mana shunday tasvirlar qahramon shaxsiga juda mos tushgan.
Adib Spitamen obrazini yaratishda Arrian, Plutarx, Shoufman, Kvint Kurtsiy Ruf va Strabon singari muarrixlarning tarixiy asarlaridan foydalanganligi tabiiy. Ularning moziy solnomalarida ma’lumot berishicha, Turonga bostirib kirgan Aleksandr Makedonskiyga qarshi qattiq zarba bergan Spitamen o‘zining yovqurligi, mardligi bilan tarixda buyuk shaxs sifatida nom qozongan. Spitamenning o‘limi tafsilotlari esa bu asarlarda turlicha talqin qilingan.
Isfandiyor qissada Spitamenning o‘ldirilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni yoritishda Kvint Kurtsiy Ruf va Strabon bergan ma’lumotlarga tayanadi. Spitamen obrazi aks ettirilgan Mirkarim Osimning «Iskandar va Spitamen», Yavdat Ilyosovning «So‘g‘diyona», Maqsud Qorievning «Spitamen» asarlarida bu hodisa tarixiy haqiqatga mos asoslanib, turlicha talqin qilinadi. «Qasamyod» asarida esa bu vaziyat muallifning badiiy to‘qimasi bilan to‘ldirilganligi tufayli qahramon faoliyatiga ham, xotini Gulruxsor shaxsiga ham soya tushmaydi. Spitamenning xotini tomonidan o‘ldirilishi holati ancha ishonarli, badiiy lavhalarda dalillanib ko‘rsatiladi: «Uning oldida Iskandar askarlarining yuragiga dahshat solgan eri yotardi. Mana, bir necha kundan beri u hech kimni tanimaydi. Spitamen alahsirab baqirar va yosh boladan ham ojiz edi. Gulruxsor sevimli yoriga tikildi va sarhush xayoliga dahshatli bir fikr keldi.
— Spitamen, — dedi u. — Spitamen, meni eshityapsanmi?
U bir qimirlab qo‘ydi va uyqu aralash behol, tushunarsiz ravishda nimadir deb g‘uldiradi. Gulruxsor Spitamenning bosiriqdan yorilib ketgan issiq lablarini siladi.
— Qasamyod qilamanki, jonginam, agarda shunday daqiqalar kelsa, sening ko‘zlaringni hech kim yumolmaydi. Bu ishni men — sening xotining, do‘sting va ishonchli safdoshing bo‘lmish men qilaman! Eshityapsanmi?» (247 —bet).
Spitamen serqirra xislat — xususiyatlarga ega obraz. Birinchi navbatda u o‘z Vatanining jasur himoyachisi.
Spitamendagi bu xislat asarning boshidan oxirigacha qizil ip bo‘lib o‘tadi. Spitamen bergan zarbalar Aleksandrni esankiratib qo‘yadi. Uning xarbiy tadbirkorligi oldida chora topolmagan Aleksandr sarosimaga tushib, dovdirab qoladi. Ba’zan Spitamen oldida ojizligini sezadi, bu narsa uning gap —so‘zlaridan, hatti — harakatlaridan sezilib turadi:
«Bir necha kun o‘tdi. Orqaga qaytish vaqti bo‘lgan edi. Aleksandr Malika bilan xayrlashish uchun saroyga keldi. Xizmatkor uni muxtasham saroyga boshlab kirdi. U erdan kimningdir o‘ktam ovozi eshitilardi.
— Malikaning oldida kim bor, — so‘radi Aleksandr
do‘stidan.
— Aslzoda Spitamen, tashvishlanmang, — javob berdi
Kandavl.
— Spitamen? — Aleksandr hayrat, qiziqish va g‘azab jo‘sh
urgan ovozini yashira olmadi.
— Sen uni bilasanmi? — so‘radi Kandavl hayratlanib.
— Biz shaxsan tanish emasmiz. Ammo mening askarlarimga bu nom juda tanish, — dedi u o‘ychan o‘ng‘aysiz holatda» (247 — bet).
Yozuvchi Spitamen qiyofasini yanada oydinlashtirish, Vatan taqdiri bilan uning taqdiri mushtarak ekanligini ko‘rsatish uchun atrof—tevaragidagi yaqinlari, safdoshlari bilan suhbatlarini beradi. U og‘ir vaziyatda qolib yaralanganda, darmondan ketganda ham niyatidan qaytmaydi. Hammaslaklarining taslim bo‘lish haqidagi rejalariga qarshi chiqadi. Bundan ko‘ra o‘limni afzal biladi: «Spitamen qo‘llari bog‘liq holda yotarkan, hali xam o‘zi ishongan aslzodalarga qaradi.
— Endi nima qilasan? — dedi aslzodalardan biri.
— Skiflar oldiga borish kerak, — dedi Spitamen.
— Foydasi yo‘q, — dedi Vaxshunvart boshini chayqab.
— Sen nimani taklif qilasan? Makedoniya podshohining oldiga bosh egib borishimiznimi?» (195—196 —betlar).
Qissada Gulruxsor obraziga xam ancha keng o‘rin berilgan.
Bu ayol obrazi o‘ziga xos qat’iyatli tabiati bilan ajralib turadi. Undagi o‘ziga nisbatan ishonch, baland g‘urur tarixiy sharoit va yashash tarzi bilan bog‘liq vujudga kelgan xususiyatlar sifatida ishonarli aks ettirilgan: « — Spitamen, — dedi Gulruxsor qaddini rostlab. — Men ham charchadim: qon xididan, doimiy quv — quvlardan toliqdim. Bu qachongacha davom etadi. Axir men xam tirik jonman — ayolmanku!
— Sen Makedoniya shoxining shirin va’dalariga uchib, eslanib qoldingmi?
— Yo‘q, Spitamen! Sen yaxshi bilasanki, bizning taqdirimiz ajralmas, et bilan tirnoq!
— Sen qaerda bo‘lsang, men xam o‘sha joydaman! Ertangi kunimiz qorong‘u. Bunday yashash esa og‘ir! Kel, yaxshisi Aleksandr jangchilari topa olmaydigan uzoq — uzoqlarga ketib, yashirinaylik» (237-bet).
U eriga vafodor, Spitamen hayotining issig‘ida xam, sovug‘ida ham xamroh, hamnafas. Asarda Gulruxsor va Spitamen o‘rtasidagi suxbatlar Vatan mustaqilligi, ona yurt taqdiri haqida kechadi. Yozuvchi bunday holatlarni xuddi o‘zi chekkada turib eshitib turgandek, kuzatib tasvirlaganday taassurot qoldiradi «—Spitamen, yana bir bor o‘ylab ko‘r. Biz bu erda qololmaymiz, axir! — dedi Gulruxsor erini quchoqlaganicha.
— Bu erda o‘ylaydigan hech vaqo yo‘q, — dedi Spitamen charchoq bir ovozda. — Meni o‘z xolimga qo‘y, iltimos.
— Spitamen!
— Agar xoxlasang, ketishing mumkin! — beixtiyor birdaniga baqirib yubordi Spitamen. — Seni ushlab turgan joyim yo‘q. Sen ozod qushsan.
Gulruxsor birdan boshini ko‘tardi, qo‘rqa —pisa erining yuziga tikildi:
— Seni tashlab qaerga ham ketaman? Spitamen, jonginam, o‘zingdan o‘zing nimalar deyapsan!..» (241—bet).
Yozuvchi Spitamen shaxsiyati, psixologiyasi va harbiy faoliyati bilan bog‘liq hayoti sahifalarini, xarakteri qirralarini badiiy to‘qima vositasida haqqoniy gavdalantirishga harakat qiladi. Qahramon hayotining eng muxim jihatlarini badiiy taxlil etib, yoritishga muvaffaq bo‘ladi.
Xuddi shunday holatlarni Shahodat Isaxonovaning «Intiqom» qissasidagi Jaloliddin obrazida ham kuzatishimiz mumkin. Yozuvchi Jaloliddin shaxsiga oid ma’lumotlarni tarixiy manbalardan chetga chiqmagan holda, badiiy to‘qima asosida tasvirlaydi. Shuning hisobiga tarixiy materialni boyitadi, to‘ldiradi va ichki mazmunini ochadi. Muallif badiiy mahoratini yana shunda ko‘rish mumkinki, u Jaloliddin xarakteridagi xalqparvarlik fazilatini ta’kidlash niyatida uning Vatan taqdiri uchun kuyib — yonishini jonli lavxalarda aks ettiradi. Ayni paytda, ichki dunyosini, psixologik kechinmalarini detallashtirib, aniq yoritadi va kitobxon qalbida oliyjanob his —tuyg‘ular uyg‘otadi. Mo‘g‘ullar tovoni ostida ezilgan eli, yakson etilgan yurti taqdiri Jaloliddin yuragiga o‘t qalaydi. Va bu ayanchli ko‘rgiliklar ildizini qidiradi:
«yo rab!? Taqdirning bu o‘yini nedin ogox? Kindik qoning to‘kilgan tuproqni g‘animlar toptab, or —nomusing, qadr — qimmating er bilan yakson etilgan damlarda valiahdlikni talashgan og‘a —inilarga Tangri taolo tomonidan yuborilgan jazomi bu? Nechun dorussaltanatimiz bu qadar ayanchli inqirozga yuz tutdi. Bu fojiaga qay birimizning gumrohligimiz sabab bo‘ldi? Yoki padari buzrukvorim...»57
Shahodat Isaxonova qissada faqat tarixiy material bilan cheklanmay, balki unga aniqliklar kiritadi. Voqea — hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni topadi, xayotiy mantiq taqozo etishi mumkin bo‘lgan lavhalar, holatlar, kechinmalarni xayolot mevasi — badiiy to‘qima bilan to‘ldiradi, jonlantiradi. Tarixiy faktlarga quvvat bag‘ishlovchi badiiy to‘qima orqali Jaloliddin obrazining hayotiyligiga, jonliligiga erishadi. Qahramonning ichki monolog‘i tarzida berilgan yuqoridagi lavha mana shunday ijodiy izlanish samarasidir; tarixiy haqiqatning yozuvchi badiiy to‘qimasi bilan birikib ketganidir.
Asar boshidan oxirigacha Jaloliddinning vatanparvarlik his—tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan; jonli badiiy ifodasini topgan; tarixiy hujjatlar, manbalardan olingan fakt — ma’lumotlarga me’yori bilan badiiy to‘qima qo‘shilib boradi. Natijada tarixiy faktning mohiyati badiiy to‘qima bilan aniq tasvirlanadi, sof badiiy to‘qimada tarixiylik nafasi sezilib turadi:
«Sulton Jaloliddinning boshi quyi egildi. — Nadomatlar bo‘lsinki, bizning fojiamiz ham ana shundadur, — Sulton nigohini shamning nimtatir yorug‘ida ulkanlashib, talvasaga tushgan ko‘rshapalak kabi chodir devorlarida aks ettirgan parvonalar soyasiga qadagancha, hasratli so‘zladi... — Tangri barcha bandasini teng qilib yaratgan, insonga ulug‘likni esa el berur. Bir ota, bir onadan bino bo‘lgan turkiy elning urug‘ talashgani — o‘lim talashgani. Qadimgilar bilib ayturlar: «Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri». Illo turkiyning boshi birlashmas ekan, umrbod o‘nglanmaydur. Insondan faqat nom qolur. Yiqqan molu mulklarimiz nasib etganniki. Tanimiz esa o‘limning tegishi. Afsuski, bul oddiy xaqiqatni anglab etmoqdin ko‘pchiligimiz mosuvomiz. Qayg‘u—g‘am aslida elni birlashtirur erdi. Yo darig‘, bu katta g‘am ham ko‘r ko‘zlarimizni ochmayapti»58.
Qahramon tilidan aytilgan ushbu so‘zlar, uning qalbida mavj urgan vatanparvarlik mayllari, insonparvarlik tuyg‘ulari bilan uyg‘un holda tasvirlanadi. Shuningdek, yozuvchi talqinida, huddi et bilan tirnoqni bir —biridan ajratib bo‘lmaganidek, tarixiy haqiqat bilan badiiy to‘qimaning mosligi, birligi ta’minlangan.
Shahodat Isaxonova qissada Jaloliddinning adolatli, mohir lashkarboshi va haqiqatni o‘zining quroli deb bilgan kurashchi sifatidagi jonli obrazini yaratgan. Asarni o‘qir ekansiz, zulm va haqiqat, adolat va johillik o‘rtasidagi kurashning to‘laqonli kartinasi ko‘z oldingizga keladi. Dushman qurshovida qolgan, tushkun kayfiyatdagi lashkarlariga xitob qilib, ularda o‘zlariga ishonch va dushmanga nafrat tuyg‘usini uyg‘otadi:
«Birodarlarim, — u xalqasimon shaklda osmonga o‘rlab, tobora yaqinlashayotgan chang —to‘zonga tikilganicha bir daqiqa jim qoldi. So‘ng sanoqligina qolgan fursatni qo‘ldan boy bermaslik uchun dilidagi bor gaplarni ikki og‘iz jumlaga jam etdi: — Ayni lahzalarda ortiqcha so‘zlamakka xojat yo‘qdir. Garchi achchiq esa —da, nafsulamr, bul muqotalada biz mag‘lub o‘ldik. Illo, bu qiyomat — qoyim degan so‘z emas. Tangri taolo nasib etsa, inshoollo, hali g‘oliblik libosini kiyurmiz... Bul so‘zimning ma’nosi uldirkim, ayni lahzalarda ko‘rib turib, o‘zni o‘tga urmakdin va besamar shahid o‘lmakdin naf hechdir. Shul bois men barchangizga parvardigori olamdan panoh tilagaymen!»59
Ma’lumki, tarixiy mavzuda yozilgan har qanday asarda o‘sha moziy voqeligi bilan bugungi kunning ma’naviy — axloqiy, ijtimoiy masalalarini bog‘laydigan jihatlari bo‘lmasa, o‘sha asarning tarbiyaviy kuchi ham, ma’rifiy ahamiyati xam zaif bo‘ladi. Asardan keltirilgan yuqoridagi parchadagi qahramon nutqida, har bir kechinmadagi fikrlar bugungi mustaqil yurtimiz ma’naviy—axloqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi tabiiy. Zero, o‘tmishni unutmaslik, buyuk shaxslar taqdirini bugungi hayotimiz mazmuniga aylantirish mustaqillikning mag‘zini belgilagan ma’nolardandir. Shu nuqtai nazardan, Jaloliddin Manguberdi xayoti aks ettirilgan «Intiqom» qissasini o‘qib o‘rganish xozirgi kunimiz uchun nixoyatda muximdir.
Shahodat Isaxonova qissada Turkon xotun obrazi vositasida mo‘g‘ullarning yovuzligini, shafqatsizligini, zulm — istibdodning xar qanday shakl va ko‘rinishi inson shaxsini xor etishga qaratilganligini ochib beradi. Tarixiy manbalarga tayangan holda bu obrazning butun borlig‘ini kitobxonga etkazishga intiladi. Xalq boshiga tushgan xunrezlikning begunoh qurbonlari orqali millatning fojeali xayoti sahifalarini aks ettiradi. Turkon xotun dushman qo‘liga asir tushib, qarindosh — urug‘lari, nabiralari bilan daxshatli azoblarni boshidan kechirsa —da; o‘z yurtiga, eliga sodiq qoladi. Yurtdoshlarimizga xos matonat, kuchli iroda, bardoshni mana shu obraz misolida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur ko‘rgulik aniq lavhalarda, detallashtirilgan xolatlarda beriladi. Badiiy to‘qimalar Turkon xotun obrazini shunday jonlantiradiki, dahshatli manzaralar qahramonga nisbatan xayrixohlik, muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi: «Chingizxon malikaning holatini kuzatarkan, tilmoch tomon o‘tirilib, yana nimadir dedi. Kulgudan tilmochning yakkam — dukkam tukli iyaklari beo‘xshov titrab, yupqa lablari supra
quloqlariga etkuday bo‘ldi.
— Kishvar kushoy Chingizxon, o‘zlari saridin etilg‘on bul marxamatni Siz zoti kubro Turkon xotunga bo‘lg‘on mehru muxabbatlari ramzi deb qabul aylashingizni so‘rab durur...
Turkon xotunning nursiz ko‘zlari olayib, qorachiqlari kengaydi. Ajinlari ko‘pligidan ko‘karib ko‘rinayotgan yuzlariga istehzoli, achchiq bir ifoda qalqdi.
— Ul Karixuz zotga etkazgilki, aning bul muborak to‘qimini, garchi andak eskirgan esa—da, beqasam ko‘rpachadin ham ziyod deb qabul etgaymen!». (58 —59 —betlar).
Bu — Chingizxon tomonidan hibsga olingan, poygakda eski xurjun ustidan joy olgan Turkon xotunning javobi edi. Dunyoning deyarli yarmini taqimi ostiga olgan, nigoxidan qon tomgan Chingizhonga aytilgan bunday javob egasini o‘lim kutayotganligini u yaxshi bilardi. Shunday esa —da, o‘z sha’ni, saltanat shavkatini xar narsadan ulug‘ qo‘yadi.
Detallar, holatlar, xatti—harakat va faoliyat tafsilotlari yozuvchining badiiy to‘qimalari tarzida Turkon xotun xarakter xususiyatlariga mos tushgan. Uning har bir xarakati, gap so‘zilari xarakter mantig‘idan kelib chiqqan.
Ko‘rinadiki, tarixiy asar muallifi fantaziyasiz, badiiy to‘qimalarsiz o‘tmishni so‘zlata olmas, tarixiy xarakterlarni tilga kirita bilmas ekan. Badiiy to‘qimalar moziyning qalamga olingan davri mohiyatini to‘la —to‘kis ochib berishda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekan. Shuningdek, muallifning davr hayoti va ma’naviy — intellektual madaniyatini, til xususiyatlarini puxta o‘rganganligi, o‘zlashtirganligi ham muhimdir. «Malikaning evarasi yutoqib kemirayotgan suyaklarda Chingizxonning sarg‘ish, so‘yloq tishlari orasidan sizib chiqqan so‘laklar qolganini his qilib, ko‘ngli behuzur bo‘ldi. O‘qchib yubormaslik uchun ko‘zlarini shahzodaning olti oydan beri almashtirilmagan qirrati, zarbof to‘niga tikdi. Xuddi ana shu manzarani bundan olti oy ilgari, xatto tushida ko‘rganda ham malikaning dardi dunyosi tunga aylangan bo‘lardi. Hozir esa yuragida hech narsa tuymadi. Go‘yo shaxzoda dunyoga kelgan paytda xam xuddi shu tun bilan tug‘ilganday nigohi qilt etmadi. Keyin esa xammasini unutdi. Chingizxonning sariq, so‘yloq tishlari orasidan sizib chikqan so‘laklari xaqidagi xayolini, shahzodaning egaidagi qirrati zarbof to‘nni, hamma —hammasini... va shaxzoda tozalab tashlagan suyaklarni olib boshqatdan shimiy boshladi"(92 — bet).
Mazkur holat yozuvchi fantaziyasining mahsuli. U tarixan aynan shu taxlitda kechganligi biz uchun qorong‘u. Yozuvchining mahorati shundaki, u Xorazmshohlar fojiasini, inqirozini Turkon xotun bilan nevarasining dushman qo‘lidagi xo‘rliklari, boshiga tushgan sho‘r ko‘rguliklarini ishonarli tasvirlagan. To‘qimadagi tarixiy material bilan yozuvchi fantaziyasi yaxlit uyg‘unlikda o‘tmish haqiqatini oydinlashtirayotir.
Ko‘rinib turibdiki, yozuvchi ajdodlarimiz obrazini yaratishda tarixiy asarlardagi ma’lumotlarga ijodiy yondashgan: ularni obraz to‘qimasiga singdirib yuborgan. Har bir tarixiy shaxs (Chingizxon va uning o‘g‘illari, Sulton Muhammad Xorazmshoh va farzandlari) obrazini yaratishda qissa muallifi tanlagan ijodiy yo‘l — faqatgina tarixiy manbalarga bog‘lanib qolmagayligidan, balki shu asosda jonli, xayotiy, badiiy lavhalar manzarasini chizishga ham muyassar 'bo‘lganidan dalolat beradi.
Bu o‘rinda gap, asosan, olis o‘tmish mavzusini haqqoniy yoritishda, tarixiy shaxslar qiyofasini ishonarli chizib berishda badiiy to‘qimaning roli beqiyosligi haqida bormoqda. Tarixiy koloritni tiklashda, asar qaxramoni xarakterini ochishda badiiy to‘qimadan samarali foydalanilgan asar sifatida Nasrullo Qobulning «Yog‘iy»60 qissasini eslab o‘tish o‘rinlidir. Qahramon ruhiyatini ochib berishda, asar badiiy salmog‘ini oshirishda badiiy to‘qimalar ahamiyatining guvohi bo‘lamiz. Tarixdan ma’lumki, Amir Muzaffarxon Zirabuloq yaqinidagi jangda rus qo‘shinlaridan engilgan; xarbiy jihatdan ustun Fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo‘lgan. Biroq, bu voqea tafsilotlari qanday yuz berganligi, keng xalq ommasi uni qanday qarshi olganligi haqida aniq —to‘liq tasavvurga ega emasmiz. Qissada esa, badiiy to‘qima kuchi bilan ana shu tarixiy voqelik ochib berilgan. Muallif real moziy voqeligiga bugungi kun nuqtai nazaridan yondoshadi. Tarixiy materialni haqqoniy aks ettiradi. Qissa boshida kitobxon Amir Muzaffar xaqida to‘g‘ri muloxaza yuritishi, uning kimligini, qanday odam ekanligini tassavur qilishi uchun inon — ixtiyorni o‘quvchi ko‘ngliga havola
etadi:
«Ey parvardigor, shayton qutqusidan o‘zing saqla». Amir Muzaffar yoniga o‘girilib yotdi. Necha kundan beri uyqu ko‘rmagan qovoqlari igna sanchganday simillardi. «Axir, — deb o‘yladi u, — ota — bobolarimiz ming yildan beri dinimizning pokligi uchun kurashmadilarmi? Odamlar ongini nafs balosidan tozalashga, ko‘ngillaridagi fisqu fasodni, g‘urur — xashamni yo‘qotishga intilmadilarmi? Nihoyat Parvardigorning inoyati bilan bu baxt bizga nasib qildi» (21—bet).
Bu xil ibratli fikrlar amirning ma’naviy dunyosini ochgan. Albatta, bu xildagi detallashtirilgan tasvir yozuvchining badiiy to‘qimasidir. Muallif, qahramonning ichki monologi, ko‘ngil nidolari vositasida amir Muzaffarxonga xos yuksak axloqiy, ruhiy fazilatlarni namoyish qilgan. Yozuvchi talqinida amir Muzaffarxon kuchli irodali, teran tafakkurli, ma’nan boy shaxs qiyofasida ifodasini topgan. Yuqoridagi parchada kuzatilgan badiiy to‘qima tasviri Muzaffarxon shaxsiga mos tushgan.
Shuningdek, yozuvchi qahramon obrazini chizishda dastlab tarixiy manbalardan to‘la foydalangani, tarixiy haqiqatni o‘z badiiy to‘qimasi bilan to‘ldirgani yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Tarixiy shaxs — Amir Muzaffarxon xarakteri, ichki dunyosini, dunyoqarashini tevarak atrofini o‘ragan boshqa odamlar bilan bevosita munosabatda, voqea — hodisalar jarayonida ochishga intiladi. Xususan, birgina Abdumalik obrazini olsak, muallif uni bir tomondan amirning o‘g‘li, ikkinchi tomondan esa otasiga butunlay qarama —qarshi inson sifatida tasvirlaydi. Shu tariqa adib o‘sha moziyda kechgan ichki qarama — qarshiliklar tabiatini ko‘rsatganday, yuzaga kelishi sababini kuzatganday bo‘ladi. Kaufman bllan sulx tuzganligi uchun Abdumalik otasidan nafratlanadi. Ba’zi og‘makash fitnachilar yo‘rig‘iga kirib, amirga qarshi qing‘ir ishlarda xam ishtirok etadi: «Qushbegi ketdi. Yolg‘iz qolgan amir hayajonini bosa olmas, hozirgina eshitgan, bilganlarini hech bir yo‘sin miyasiga sig‘dira olmas, chindan bo‘lgan ishlar, deb o‘ylashga aqli bovar qilmas edi» (23 —bet).
Amir Muzaffarxonning ichki monologlarida, dil iztiroblarida o‘z fikrida qat’iyatli, sobit qaxramon ovozini eshitgandek bo‘lamiz.
Demak, moziy mavzuida asar yaratishdagi murakkablik, qiyinchilik tarixiy voqealar bag‘rida yashagan, o‘ylagan, yongan — kuygan odamlar obrazini xam maromiga etkazib tasvirlashga borib taqaladi. Tarixiy davr koloritini ochib berish, nafasining haroratini his etish, qaxramon xarakter xususiyatlarini, xatti — xarakatlarini, gap — so‘zlarini moziyga mos ravishda chizish yozuvchidan juda katta mehnatni talab qilar ekan. Demak, sermazmun badiiy to‘qimalar tarixiy xaqiqatni jonlantirganligi, moziy davr ruhi va moxiyatini to‘laqonli, haqqoniy yoritishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish