Kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularni kreditlash
hajmining oshishi sohani rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 2009 yilda
sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun
yagona soliq to’lovi stavkasining 8 foizdan 7 foizga tushirilishi natijasida 23,6
mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ mazkur korxonalar ixtiyorida qoldirildi.
Shu yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 1 trln. 850 mlrd.
so’mdan ortiq kreditlar ajratildi (11.1.2-rasm). Bu 2001 yilgiga nisbatan qariyib
11 marta, 2005 yildagiga nisbatan 4 marta ko’p.
Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlarning 462 mlrd. so’mi
«Mikrokreditbank» hissasiga to’g’ri keldi. Soha rivoji uchun shu yili Osiyo
taraqqiyot banki,
Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki (KfV),
XXR Hukumati va boshqa xorijiy investorlar mablag’lari hisobidan jami 121,8
mln. doll. yoki 2008 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortiq kredit resurslari jalb
qilindi.
2010 yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida
chora tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida
faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7
foizga tushirilgan bo’lsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha
kichik biznes korxonalari uchun joriy etildi.
Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog’liq
ravishda kichik biznes
sub’ektlari quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:
-
2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilgan ta’mirlash-qurilish
tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni
to’lashdan ozod qilingan;
-
2014 yilning 1 yanvarigacha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarning yagona soliq to’lovi stavkasi 50 foizga
kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona
to’lovlaridan ozod qilingan;
-
2014 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig’i va
mulk solig’i, yagona soliq to’lovlari va Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy
ajratmalar to’lashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda
foydalaniladigan
uskunalarini import qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilingan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar
sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini
ish bilan bandliligi va
daromadlarining o’sishidagi roli yanada kuchayishi hamda YAIM, eksport va
tarmoqlar hamda sohalarning ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridagi
ulushi ortib
borishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: