Тадбиркорликни ривожланишида маркетингни ўрни
Marketingni asosi nimada?
Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning
eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-
fan hisoblanadi.
Marketing
(inglizcha: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) —
korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda
boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida
Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat
faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika
Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning
yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar
hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi
mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi.
1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi
ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator
yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki
boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama,
haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan
shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda
Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy
uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing
federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa
jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing
tashkilotlari tuzildi.
Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va
istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish
marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash
bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot
assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan
tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish
marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.Marketingni bir qancha
tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari
martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar
almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki
xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat
uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni
saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini
qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini
aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra
yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu
kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning
natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning
umumiy foydasini oshirishdir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi,
ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha
amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy
adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan
marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan
bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan
iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi,
narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va
sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida
qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday
degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish
tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi:
«Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va
xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali
qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir
vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan
shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali
iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri -
bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish
jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy
kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj
(xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va
xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing
tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini
biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning
madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid
quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.
Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:
• talabni o'rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovarni o'rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o'rgatadi:
• bozorni o'rganishni;
• uni taqsimlashni;
• tovarini joylashtirishni;
• marketing siyosatini olib borishni;
• tovar siyosatini;
• narx siyosatini;
• taqsimot siyosatini;
• siljitish (yo'naltirish) siyosatini;
• yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan
keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment,
shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Mareting tadbirkorlarning quroli desak ham bo’ladi. Qancha ko’p
marketingga pul sarflansa shuncha ko’p daromad olish mumkin. Qisqa
qilib aytsak marketing tadbirkorlar orasidagi raqobatda yutishga yordam
beradi. Misol uchun siz va men bir xil ruchka ishlab chiqaruvchi 2
zavodning egasimiz. Bu yerda raqobat vujudga keladi. Men hoki siz
raqobatda yutishimiz uchun 3 xil yo’l bor. 1. Ruchkani sifatini ko’tarish;
2.Ruchkani sifatini saqlagan holda narxini tushirish; 3. Mahsulotni
yaxshiroq va ko’proq reklama qilish. Haridor bozorga borganida 2 xil
ruchkani ko’radi va u reklamada ko’rgan ruchkasini oladi bu fakt. Hozirgi
kunda marketologlar inson miyyasiga ta’sir qiluvchi reklamalar ishlab
chiqishmoqda . Ularni neyromarketolog desak ham bo’ladi. Ba’zida uyga
kelasizu toʻsatdan kayfiyat koʻtarilishi, gʻamginlik, qoʻrqinch, boshqalardan
ajralib turish, horgʻinlik, muloqotga chanqoqlik singari oʻtkinchi hislar
domiga tushib, mutlaqo keraksiz хarid qilganingizni anglaysiz. Bu bejiz
emas. Chunki marketologlar хaridorlar hissiyotiga ta’sir koʻrsatish
usullarini yaхshi oʻrganib olishgan. Ular ogʻriqli nuqtalarni aniqlab, qay
birini bossa, ogʻriq kuchliroq boʻlishini oʻrganishadi – maqsad esa bitta –
yanada koʻproq хarid qilishga undash. Aynan shu bois odamlar oʻzlariga
aslida kerak boʻlmagan narsalarni sotib olishadi: masalan, ayollar “moda”
deb oʻzlariga yarashmagan liboslarni, kuchli jins vakillari esa yeb-ichmasa,
kiymasa ham yangi rusumdagi telefonni olish uchun jonlarini jabborga
berishga tayyor.Marketologlar hattoki inson miyasida roʻy berayotgan
tabiiy jarayonlarni aniqlash va ulardan marketing maqsadida foydalanishni
oʻrganib olishdi. Aynan shu neyromarketing deb ataladi.
Neyromarketing haqidagi ma’lumotlarni ushbu havoladan olishingiz
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |